TAKRORLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



bet42/265
Sana14.05.2024
Hajmi
#233465
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   265
Bog'liq
11-sinf yangi 2022 (2)

TAKRORLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
UYGA VAZIFA


I BOB. 
BIG DATA VA DATA MINING
66
Big Data
Taraqqiyot yangi texnologiyalarning yaratilishiga, yangi 
texnologiyalar esa katta ma’lumotlar to‘plamlarining 
paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda 
raqamli ma’lumotlarning to‘xtovsiz o‘sishi insonlar 
hayoti va jamiyatning barcha jabhalarini qamrab 
oldi. Quyidagi raqamlar orqali bu jarayonni aniqroq 
tasavvur qilish mumkin. Yer yuzida har kuni insonlar 
tomonidan 500 million tvitt , 294 milliard elektron xatt , 4 million gigabayt Facebook 
ma’lumotlari, 65 milliard WhatsApp xabarlari va YouTubeda 720 ming soatlik yangi tarkib 
yaratilmoqda. Bu birgina ijtimoiy platformalarda juda katta axborotlar saqlanayotganligini va 
ular kun sayin o‘sib borayotganligini anglatadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2020-yilda dunyodagi 
raqamli ma’lumotlarning umumiy hajmi 59 ZB ga yetgan. Bu 65 milliard gigabaytga tengdir. 
Ma’lumotlarning shu zaylda o‘sib borishi natijasida 2025-yilga kelib raqamli ma’lumotlar 175 
ZB ga yetishi taxmin qilinmoqda. Katta hajmdagi raqamli ma’lumotlarning asosiy qismi Data 
Center (ma’lumot markazi)da saqlanadi. Bugungi kunda dunyoda 600 ga yaqin katta Data 
Centerlar mavjud. Eng ko‘p Data Centerlar AQSHda joylashgan bo‘lsa, eng katta Data Center 
Xitoyda joylashgan. Dunyoda har yili yangi raqamli ma’lumotlarni saqlash uchun 50 ga yaqin 
katta Data Centerlar qurilmoqda. Data Centerlarning asosiy vazifasi Big Data, ya’ni katta 
hajmdagi raqamli axborotlarni saqlashdan iboratdir. 
Axborot o‘lchov birliklari:
1 bit = Binary Digit (eng kichik) 8 bit = 1 bayt 1 MB (megabayt) = 1024 KB
1 KB (kilobayt) = 1024 Bayt 1 TB (terabayt) =1024 GB
1 GB (gigabayt) =1024 MB 1 EB (ekzabayt) =1024 PB
1 PB (petabayt) =1024 TB 1 YB (yotabayt) =1024 ZB
1 ZB (zetabayt) =1024 EB 1 Geop Bayt = 1024 Bronto Bayt
1 Bronto Bayt =1024 YB Geop Bayt – eng yuqori birlik

Download
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   265




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TAKRORLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR