|
Toshkent 2021 Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 11-sinfi uchun darslik |
bet | 45/265 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | | | #233465 |
Bog'liq 11-sinf yangi 2022 (2)10-DARS
BIG DATA VA DATA MINING
69
Data Mining
– katta ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarni tahlil qilish, ularning o‘xshash va
umumiy xususiyatlarini topish orqali yangi axborotlarni yaratish jarayoni. U katta ma’lumotlar
to‘plamidan kerakli ma’lumotlarni saralashga, shu tariqa to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam
beradi. Data Mining sun’iy intellekt va mashinani o‘qitish imkoniyatlaridan foydalangan holda
yanada rivojlanmoqda.
Data Miningni amalga oshirish jarayoni
Data Mining quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
•
ma’lumotlar to‘plamidan kerakli ma’lumotlarni ajratish;
•
ma’lumotlardan o‘xshash va umumiy xususiyatlilarni saralash;
•
saralangan ma’lumotlar asosida foydali axborotlarni yaratish.
Ma’lumotlar to‘plamidan kerakli ma’lumotlarni ajratish
Odatda, ma’lumotlar bazasi o‘zida katta miqdordagi ma’lumotlarni saqlaydi (masalan, dunyo
mamlakatlari haqidagi ma’lumotlar saqlanadigan BMT ma’lumotlar bazasi). Foydalanuvchiga
esa kerakli so‘rovlarni amalga oshirish uchun ma’lumotlarning ma’lum bir qismi yetarli. Katta
ma’lumotlar bazasidan kerakli ma’lumotlarni ajratish esa ish jarayonini osonlashtiradi.
Kerakli ma’lumotlarni ajratish uchun quyidagi savollarga javob topish lozim:
•
Qaysi jadvallardan foydalanish kerak?
•
Qaysi maydonlarni ajratib olish kerak?
•
Qanday so‘rovlarni yaratish kerak?
Ma’lumotlar to‘plamidan kerakli ma’lumotlar ajratilganidan so‘ng keyingi bosqichga o‘tiladi.
Ma’lumotlardan o‘xshash va umumiy xususiyatlilarni saralash
Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashda oddiy so‘rovlar samarali natijalarga olib
kelmasligi mumkin. Shu sababli qo‘shimcha vositalar asosida murakkab so‘rovlar yaratish
va ma’lumotlarni tahlil qilish lozim. Tahlil esa ma’lumotlar orasidan o‘xshash va umumiy
xususiyatga egalarini topib beradi. Bu, o‘z navbatida, maqbulroq qaror qabul qilish va samarali
strategiyalarni ishlab chiqish uchun yangi ma’lumotlarni taqdim etadi.
|
| |