• I I BOB. SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI 74
  • Toshkent 2021 Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 11-sinfi uchun darslik



    bet49/265
    Sana14.05.2024
    Hajmi
    #233465
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   265
    Bog'liq
    11-sinf yangi 2022 (2)

    Sun’iy intellekt 
    ikkita asosiy tarkib
    Mashinani o‘qitish
    – taqdim etilgan ma‘lumotlarni mustaqil o‘rganish va tahlil qilish asosida 
    mashina (tizim)ning o‘z tajriba va bilimlarini oshirib borish jarayoni. 
    Chuqur o‘rganish
    – kompyuterni inson singari nutq yoki tasvirni tanib olish kabi vazifalarni 
    bajarishga o‘rgatish uchun chuqur neyron tarmoqlardan foydalana oladigan mashinani o‘qitish 
    turi. 
    DIQQAT
    Mashinani o‘qitish 
    (Machine Learning)
    Sun’iy intellekt 
    Chuqur o‘rganish 
    (Deep Learning)


    I I BOB. 
    SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI
    SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI
    74
    SUN’IY INTELLEKT TARIXI
    Qadim zamonlardan faylasuflar kelajakda sun’iy mavjudotlar, mexanik odamlar 
    hamda turli avtomatik qurilmalar yaratilishiga ishonishgan. Qadimgi Misr va 
    Yunonistonda sun’iy intellekt xususiyatlarini bayon qiluvchi afsonalar Xudolar 
    bilan bog‘liq bo‘lgan. Zamonlar o‘tib, minglab yillar mobaynida insonlar aqliy 
    jihatdan rivojlandi va yangi fanlarni kashf etdi. 1700-yillarga kelib allomalar inson 
    tafakkurini sun’iy ravishda qanday mexanizatsiyalashtirish, aqlli mashinalar 
    yaratish haqida jiddiy bosh qotira boshladi. Shu davrdan boshlab badiiy so‘z 
    ustalari tomonidan robotlar yoki insondan ustun turuvchi aqliy qurilmalar haqida ko‘plab 
    fantastik asarlar bitildi. 
    Sun’iy intellektning amaliy fan sifatida rivojlanishi Alan Tyuring nomi bilan bog‘liq. 1950-yilda 
    Tyuring kelajak mashinalari imkoniyatlari va ularning aql bobida insoniyatni ortda qoldirishi 
    bo‘yicha muammoli savollarni o‘rtaga tashlaydi. Jumladan, “Turing testi” nomli protsedurani 
    taklif etadi. Bu protsedura sun’iy intellekt tafakkurini inson tafakkuriga taqqoslash orqali ularni 
    baholash imkonini berdi. 
    1951-yilda Marvin Minskiy va Dekan Edmunds SNARC (Stochastic Neural Analog Reimforc 
    Calculator) nomli sun’iy neyron tarmoqlariga asoslangan sun’iy intellekt mashinasini ishlab 
    chiqdi. 
    1956-yilda AQSHda sun’iy intellekt 
    masalalariga bag‘ishlangan Dartmut 
    konferensiyasi tashkil etiladi. 
    Konferensiyada o‘sha davrning mashhur 
    olimlari Marvin Minskiy, Jon Makkarti, 
    Klod Shennon, Natan Rochester va 
    boshqalar ishtirok etishadi hamda sun’iy intellekt sohasi bo‘yicha 
    rivojlanish nuqtalarini belgilab olishadi. Konferensiya natijasi o‘laroq, 
    Marvin Minskiy tomonidan sun’iy intellekt atamasi fanga ilk bor rasman 
    kiritiladi. 
    1958-yilda Jon Makkarti tomonidan sun’iy intellekt uchun dasturlar 
    tuzishga mo‘ljallangan Lips dasturlash tili yaratiladi. O‘sha davrdan boshlab sun’iy intellektga 
    asoslangan qurilmalar sanoatda qo‘llanila boshlaydi. 
    Xususan, 1961-yilda Genaral Motors kompaniyasining avtomobil ishlab chiqarish zavodida 

    Download
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   265




    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent 2021 Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 11-sinfi uchun darslik