|
I I BOB.
SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI |
bet | 51/265 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | | | #233465 |
Bog'liq 11-sinf yangi 2022 (2)I I BOB.
SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI
SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI
76
Voznyak hamda shu sohada ko‘zga ko‘ringan 3000 nafar olimlar tomonidan
avtonom ravishda harakatlanuvchi qurollarni ishlab chiqarish, ulardan
foydalanishni taqiqlash bo‘yicha ochiq xat imzolandi.
2016-yilda inson ko‘rinishidagi Sofiya ismli robot yaratildi. Boshqa
gumanoidlardan farqli ravishda, Sofiya ko‘rish (tasvirlarni taniy olish), yuz
mimikasi va insonlar bilan mustaqil muloqot o‘rnata olish imkoniyatlariga
ega edi.
2017–2020-yillarda Google, Alibaba, Samsung, Facebook kabi yirik
kompaniyalar o‘z dasturlarida sun’iy intellektdan foydalanishni boshladi. Bu esa insonlar
uchun yanada qulay xizmatlarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Bugungi kunda sun’iy intellektga asoslangan yordamchi vazifasini bajaruvchi ko‘p funksiyali
chatbotlar yangi avlodi, jamiyat hayotida qashshoqlikni bartaraf etuvchi ekspert tizimlari,
davlat boshqaruvi sohasida shaffoflik va qonun ustuvorligini ta’minlashga yordam beruvchi
tizimlarning yaratilishi; tabiiy tilni qayta ishlovchi vositalar hamda mashinalarni o‘qitishda
avtomatlashgan tizimlarning yanada rivojlanishi, avtomobil sanoatida o‘zini-o‘zi boshqaruvchi
avtomobillarning yanada takomillashishi hamda kvant kompyuterlarining ishlab chiqarilishi
kutilmoqda.
Sun’iy intellektga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishimiz lozim?
Masalan, eng yirik Internet-do‘kon hisoblanmish Amazon bizga
mahsulotlarni tavsiya qilishdan avval bizning xarid qilish salohiyatimiz
to‘g‘risida ma‘lumot to‘playdi, bizning kim ekanligimizni, nimalarni
yoqtirishimizni aniqlab oladi. So‘ngra bizga yoqadigan mahsulot yoki
xizmatlarni tavsiya etadi. Bunda barcha jarayonlar sun’iy intellekt
texnologiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Bu esa sotuv hajmini
oshirishga yordam beradi. Sun’iy intellektning oldindan taxmin qilish qobiliyati matematik
tahlil, matritsa nazariyasi, regressiv tahlil va vaqt qatorlarini tahlil qilish kabi matematik
usullarga asoslanadi. Bu usullar orqali o‘tgan zamon xatti-harakatlari asosida kelgusida
qanday xaridlar amalga oshirilishi taxmin qilinadi.
Sun’iy intellekt biz tushunadigan nazariya va protseduralar asosida qurilgan texnologiya
hisoblanadi. U sehr yoki jodu emas, balki ma‘lumotlarga ishlov berish qobiliyatiga
asoslangan matematik algoritmlar to‘plamini hayotga tatbiq etish jarayonidir.
Download |
| |