8-MAVZU: BAXT MANZILLARI
1. Baxtni qanday tasavvur etasiz?
2. Nazaringizda baxtning shakli, ko‘rinishi, xususiyat va belgilari
qanday
namoyon bo‘ladi?
3. Yaqinlaringizga qanday baxt ulasha olasiz?
4. O‘zingizni baxtli his etgan kuningizni eslab ko‘ring.
ota-ona
baxt
farzand
sog‘liq
qarin-
doshlar
halol
rizq
o‘zi istagan
kasb
?
?
Baxtni har kim o‘zicha, har xil tasavvur qiladi, biroq bu tushuncha qam-
rovi bizning tafakkur doiramizdan ancha keng va uni birgina so‘z bilan ifoda-
lab bo‘lmaydi. Aytaylik, insonning dunyoga kelishi – baxt! Kim uchundir sevgan
insoni bilan oila qurish – baxt! Farzandli bo‘lish – baxt! Kimgadir mehr qo‘ygan
kasbi bilan shug‘ullanish – baxt! Ota-ona duosini olish – farzand uchun baxt!
Avtoulovga, o‘z uyiga ega bo‘lish, to‘y qilish, boshqa orzusiga erishish… Bular ham
kimlar uchundir baxt. Odamlar baxt deb biladigan bu holatlarni istalgancha davom
ettirish mumkin.
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
?
?
Ijodiy faoliyat
Chizmaga e’tibor bering va
uni davom ettirib dafta-
ringizga yozing. Yana ni-
malarning mavjudligi bilan
inson o‘zini baxtli his etishi
mumkin?