• I bob. Oilaviy qadriyatlar Mulohaza uchun Ma’naviyat xazinasidan Ma’naviyat xazinasidan
  • Toshkent 2021 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining




    Download 3,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/6
    Sana15.05.2024
    Hajmi3,59 Mb.
    #234270
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    www.idum.uz Tarbiya darsligi 10-sinf.pdf

    31
    Tarbiya. 10-sinf


    32
    Donolar aytadi: “Hayotda uchta mehmon va’dalashmay ham kelaveradi – 
    rizq, muhabbat, baxt”.
    1. Aytaylik, hamma narsangiz bor, lekin baxtingiz tugal bo‘lishi uchun
    nimadir yetmayapti. Bu nima bo‘lishi mumkin?
    2. Baxtni to‘liq his etishingiz uchun nimalar to‘siq bo‘ladi?
    Baxt – maʼnaviy-axloqiy tushuncha. Baxt insonda oʻz faoliyati natijalaridan, 
    hayotda qoʻlga kiritgan yutuqlaridan toʻla qoniqishi, yashash tarzidan mamnun
    -
    ligi, muayyan maqsadga yetishi, orzu-umidining ushalishi, bearmonlik holati sifa-
    tida namoyon boʻladi.
    Inson o‘zida bor narsani qadrlashi kerak. Baxt bu – boshqariladigan tuyg‘u. 
    Bu insonning idroki bilan bog‘liq.
    Baxt bu – ota-ona, aka-uka va opa-singil, chin do‘stlarning borligi.
    Baxt bu – bilim olish imkoniyatiga ega bo‘lish, chunki bilim yetuk inson 
    bo‘lib voyaga yetishga yordam beradi. Keyin boshqa maqsadlar paydo bo‘ladi va 
    ularga erishish ham insonni baxtli qiladi. Shuning uchun insonning kelajakdagi 
    hayoti faqat o‘ziga, o‘zining intilish va harakatiga bog‘liq.
    ?
    Bilasizmi?
    Loqaydlik
    ?
    ?
    ?
    baxtsizlik
    Inson yolg‘iz o‘zi hech qachon baxtiyor bo‘lolmaydi, barcha insonlar baxtli 
    bo‘lgandagina u baxtli bo‘ladi!
    Lev Tolstoy
    I bob. Oilaviy qadriyatlar
    ?
    Mulohaza uchun
    Ma’naviyat xazinasidan
    ?
    Ma’naviyat xazinasidan
    ?
    ?
    Ijodiy faoliyat


    33
    Tarbiya. 10-sinf
    Og‘ir ko‘prik…
    …Mo‘jazgina bo‘lsa-da, lekin mustahkam qurilgan bu ko‘prikning asosiy
    vazifasi olis bir hududni dunyo bilan bog‘lash edi.
    Qachon va kim tomonidan qurilgani noma’lum bo‘lgan ushbu ko‘prik o‘z 
    “gardani”dan nelarni o‘tkazmadi deysiz. Yigirmanchi asrning o‘ttizinchi yillar-
    dan buyon bu yerdan ot-aravalardan tortib yuk mashinalarigacha o‘tdi. Bu yil-
    lar davomida qanchadan qancha odamlar u yoqdan bu yoqqa o‘tib-qaytmadi. 
    Qancha yaxshi-yomonni ko‘rmadi bu qo‘hna ko‘prik. Kimdir uni farzandlariga 
    “hayot ko‘prigi” deb ta’riflasa, yana 
    kimdir olis hududning “xaloskori”-
    ga o‘xshatar edi. Yana kimlardir uni 
    buzib tashlash payida yurardi. Xul-
    las, hayotning barcha “achchiq-chu-
    chugi”ni ko‘rgan bu qadim ko‘prik 
    hamma davrda o‘z “vazminligi”-yu 
    salobatini saqlab qoldi. 
    Insonlar o‘rtasida nizo chiqsa, 
    keksalar yoshi kattasiga: “Sen ko‘pni 
    ko‘rgansan, biroz bosiqroq bo‘lgin, 
    sen axir katta, og‘ir ko‘priksan”, deya 
    bejiz aytishmas ekan.
    1. Bu ko‘prik insonlarning baxtli bo‘lishlariga sababchi bo‘lgan degan fikrga 
    munosabat bildiring.
    2. Nima uchun bu ko‘prikni kimlardir buzib tashlamoqchi bo‘lishgan,
    sabablarini sanab bering.
    3. “Baxt bu – ... ” degan fikrni davom ettiring. Fikringizga asos keltiring.
    Inson hayoti ham uzun ko‘prikka o‘xshaydi. Uni munosib bosib o‘tish har 
    kimning o‘ziga bog‘liq. Munosib bosib o‘tilgan yo‘l mustahkam ko‘prikdek inson 
    taqdirini ham go‘zal qilib boradi. 

    Download 3,59 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 3,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent 2021 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining

    Download 3,59 Mb.
    Pdf ko'rish