• UCH LAVHA Aqlli kishilar o‘z ish stollari ustiga uch lavhani joylashtirib qo‘yadilar: Birinchisiga
  • Mulohaza uchun Mulohaza uchun Ma’naviyat xazinasidan Ijodiy faoliyat
  • Toshkent 2021 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining




    Download 3,59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/6
    Sana15.05.2024
    Hajmi3,59 Mb.
    #234270
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    www.idum.uz Tarbiya darsligi 10-sinf.pdf

    35
    Tarbiya. 10-sinf
    Baxt kaliti
    Bir donishmanddan shogirdlari:
    – Nima qilsak, tinch va rohatda umr kechiramiz? – deb so‘radilar. 
    Donishmand:
    – Hech qayerda hech kimga birorta so‘z aytmang, sukut eting, – deb javob 
    berdi. Shogirdlar:
    – Axir doim sukut saqlab bo‘lmaydi-ku! Boshqacha yo‘l ko‘rsating, – deyishdi.
    Donishmand shunday maslahat berdi:
    – Sukut eta olmasangiz, qisqa va ma’noli so‘zlang, og‘zingizdan sira ham no-
    jo‘ya so‘z chiqmasin. Yomon so‘z tinglovchining ko‘nglini xira qiladi, bundan 
    o‘zingizning qalbingizga ham g‘ashlik tushadi.
    Kim baxt kelganda undan foydalanishni bilmasa, u o‘tib ketganda shikoyat 
    qilmasligi kerak. 
    Migel de Servantes
    UCH LAVHA
    Aqlli kishilar o‘z ish stollari ustiga uch lavhani joylashtirib qo‘yadilar:
    Birinchisiga:
    “Buguning haqiqiy kundir” deb yozilgan. Ya’ni bu kun che- 
    garasida yashang.
    Ikkinchisiga:
    “Fikr yurit va shukr qil!” deb yozilgan. Ya’ni sizga berilgan 
    ne’matlar haqida tafakkur qiling va uning shukrini ado eting.
    Uchinchisiga: 
    “G‘azab qilma!” iborasi yozilgan. Bu lavha sizni eng yaqin va 
    oson tarzda baxtga yetaklaydi. Ular sodda, ammo juda foydalidir.
    Doktor Oiz Qarniy, saudiyalik olim, jamoat arbobi
    1. Lug‘at zaxirangiz qanchalik boy va xilma-xil, shu haqda hech o‘ylab 
    ko‘rganmisiz?
    2. “Inson baxti aytgan so‘zi bilan ham shakllanib boradi” degan fikrga 
    qo‘shilasizmi? 
    3. “Ko‘ngil xotirjamligi insonga baxt keltiradi” degan fikrga munosabat 
    bildiring.
    ?
    Mulohaza uchun
    ?
    Mulohaza uchun
    Ma’naviyat xazinasidan
    ?
    ?
    Ijodiy faoliyat


    36
    1. Mazkur gapni mavzuga bog‘lab bering: “Inson hayotidagi eng maqtovli ho-
    lat bu – yiqilganidan keyin o‘zini o‘nglay olishi”.
    2. Inson o‘z yo‘lini topganda baxtni his eta oladimi?
    3. O‘zingiz hurmat qilgan insonlardan birining baxtli onlarini eslang va
    daftaringizga bu haqda yozing.
    Misol uchun: 
    Mening otam yoki onam (yaqinlarim, do‘stim)… baxtli insonlar. Chunki …
    4. O‘zingizning baxt formulangizni yarating (formula yaratishda shakllar soni 
    ko‘payishi mumkin).
    ?

    Download 3,59 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 3,59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent 2021 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining

    Download 3,59 Mb.
    Pdf ko'rish