|
Toshkent amaliy fanlar universiteti
|
bet | 1/3 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 383,29 Kb. | | #150320 |
Bog'liq Mustaqil ish (4)
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI
Axborot texnologiyalari fakulteti
Kompyuter injiniring yo’nalishi 2-kurs talabasi Baxtiyorov Sirojiddinning kiberxavfsizlik asoslari fanidan
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: | Baxtiyorov Sirojiddin | Qabul qildi: | Normuminov Anvar |
Toshkent -2023
Mavzu:Elektron raqamli imzo
Reja:
Kirish
1.Elektron raqamli imzo
2.Kriptografik kalitlar tushunchasi
3.ERI afzaliklariva cheklovlari
4.Rad etishdan himoyalash
5.Imzo qoyish va shifrlash muammosi
Xulosa
Kirish
Ochiq kalitli shifrlash algoritmlari asosida ma’lumot yaxlitligini tekshirish va rad-etishdan himoyalash bo’limda ochiq kalitli kriptotizimlar va xesh funksiyalar asosida ishlovchi – elektron raqamli imzo tizimlari haqida tanishamiz.
Elektron raqamli imzo (ERI) — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o’zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikasiya qilish imkoniyatini beradigan imzo.Elektron raqamli imzo oddiy qo’lda qo’yiluvchi imzo kabi bo’lib, faqat elektron hujjatlarda qo’yiladi va imzo qo’yilgan ma’lumotning yaxlitligini ta’minlaydi va imzolovchini qo’yilgan imzodan bosh tortmasligini (rad etmasligini) kafolatlaydi. Axborot xavfsizligida rad etish muammosi mavjud bo’lib, unga ko’ra foydalanuvchi hujjatni imzolaganini rad etadi (ya’ni, men imzolamadim deb turib oladi). Mazkur muammoni oldini olish uchun aynan elektron raqamli imzo tizimlari foydalaniladi.
MAS tizimlarida xesh qiymatni qayta hisoblay olmaslik uchun, matnga kalit biriktirilgan bo’lsa, ERI tizimlarida ma’lumotning xesh qiymati shaxsiy kaliti bilan “shifrlash” amalga oshiriladi va ERI hosil qilinadi. Ushbu xabarni “deshifrlash” uchun esa tomonning ochiq kalitini bilishning o’zi yetarli. Demak, oddiy imzo tizimiga o’xshash (oddiy imzo tizimida bir kishi imzo qo’yadi va qolganlar uning haqiqiyligini tekshirishi talab etiladi) ERI tizimida ham shaxsiy kalit egasi xabarni imzolaydi, qolganlar esa uni ochiq kalitidan foydalangan holda imzoni haqiqiyligini tekshiradi. Agar A tomon xabar 𝑀 ga imzo qo’ygan bo’lsa, u holda imzo 𝑆 = [𝑀]𝐴 shaklida ifodalanadi (xuddi ochiq kalitli kriptografiyada shaxsiy kalit bilan deshifrlash kabi). ERI tizimlari ikkita jarayondan iborat: ERIni shakllantirish va ERIni tekshirish
|
| |