• «____» _______
  • Ilmiy rahbar
  • Toshkent – 2024 MAVZU: IQTISODIYOTNI REAL SEKTORIGA INVESTITSIYALAR JALB ETISH YOLLARI. REJA: KIRISH.
  • XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. KIRISH.
  • Toshkent amaliy




    Download 126.95 Kb.
    bet1/10
    Sana05.04.2024
    Hajmi126.95 Kb.
    #189346
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    IQTISODIYOTNI REAL SEKTORIGA INVESTITSIYALAR JALB ETISH YO\'LLARI. Xusniddinova Umida Faxriddin qizi
    01. Maruza matni, yarimo-tkazgich-materiallarning-fizik-xossalarining-istiqbolli-texnikalarda-foydalanishi, iskandarova mahliyo

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI






    TOSHKENT AMALIY
    FANLAR UNIVERSITETI


    Sirtqi bo`lim



    “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi



    Ro'yxatga olindi №
    «____» _______20__ й

    Ro'yxatga olindi №
    «____» _______20__й

    TARMOQLAR IQTISODIYOTI” KAFEDRASI
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT”
    fanidan

    KURS ISHI


    MAVZU: IQTISODIYOTNI REAL SEKTORIGA INVESTITSIYALAR JALB ETISH YO'LLARI.

    Ilmiy rahbar: Xudayberdiyev Oʻlmasjon Egamberdiyevich.
    Bajardi: Xusniddinova Umida Faxriddin qizi.

    Komissiya a’zolari: ____________________________
    _________________________
    Himoya natijasi: «_____» baho «___» ______________ 20__й.


    Toshkent – 2024
    MAVZU: IQTISODIYOTNI REAL SEKTORIGA INVESTITSIYALAR JALB ETISH YO'LLARI.

    REJA:
    KIRISH.
    1. O’zbekistonda Investitsiya munosabatlarini tashkil etish va tartibga solishning nazariyasi va huquqiy asoslari.
    2. O’zbekistonda Ivestitsiya munosabatlarini tartibga solishning hozirgi holati tahlili.
    3. O’zbekistonda Investitsiya munosabatlarini tartibga solishni takomillashtirish masalalari va istiqbollari.
    4. O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil I choragiga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
    XULOSA.
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
    KIRISH.
    Ma’lumki, mamlakat iqtisodiyotining taraqqiyoti bevosita investitsiyalar oqimiga bog‘liq. Bu borada Harakatlar strategiyasida ilgari surilgan g‘oyalarni hayotga joriy etish, mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish hamda investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi”.
    Darhaqiqat, 2019 yilning o‘zida barcha manbalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalarning qariyb 30 foizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar tashkil etdi. Shuningdek, sanoati rivojlanmagan, olis tumanlarga ham katta investitsiyalar kirib bordi. Umumiy qiymati 
    5,4 milliard dollar bo‘lgan 145 ta tarmoq va 167 ta hududiy loyihalar ishga tushirildi. 2020 yil uchun 1569 ta xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya loyihalari ro‘yxati tasdiqlandi. Mazkur dasturga asosan shu yilda 
    233 trillion 200 milliard so‘m, jumladan 7,1 milliard dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan.
    Investitsiya faoliyatining samarali tashkil etilishi uning huquqiy jihatdan ta’minlanganlik darajasiga ham bog‘liqdir. O‘tgan yillar davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish uchun qulay investitsiya muhitini shakllantirish, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning samarali faoliyat yuritishi uchun bir qator islohotlar amalga oshirildi.
    Ammo, sohada yutuqlar bilan bir qatorda ayrim kamchiliklar ham mavjud. Xususan, amaldagi investitsiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari huquqni qo‘llash amaliyotida ayrim murakkabliklarni keltirib chiqarayotgan edi. Aniqroq qilib aytganda, investitsiya faoliyati va chet el investorlari huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq aksariyat tartib-taomillar tarqoq holda bir nechta qonunlar bilan tartibga solinganligi, aksariyat qoidalarning takrorlanishi, shuningdek ayrim muhim masalalar qonun darajasida emas, balki nizom va yo‘riqnomalar bilan belgilanganligi ular o‘rtasida ba’zi nomuvofiqlik va qarama-qarshiliklarni vujudga keltirayotgan edi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
    PF-5495 sonli Farmonida belgilanganidek, investitsiya kiritish uchun eng qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan, investitsiya faoliyati sohasidagi unifikatsiya qilingan qonun hujjati loyihasini yanada takomillashtirib tez fursatda hayotga tatbiq etish zarur edi. Dastlab investitsiya sohasidagi yagona hujjat sifatida Investitsiya kodeksi konsepsiyasi ishlab chiqilib muhokamaga qo‘yildi. Keyinchalik loyiha “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun nomini oldi.
    Mazkur qonun “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”, “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”, “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”, “Konsessiyalar to‘g‘risida”, “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa hujjatlarda, shuningdek bir qator qonunosti hujjatlarda mavjud bo‘lgan normalarni tizimli ravishda o‘zida mujassamlashtirdi.
    Shu asosda tayyorlangan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
    2019 yil 25 dekabr kuni imzolandi va rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy o‘tgach kuchga kirishi belgilab qo‘yildi.
    Tuzilishiga ko‘ra 12 bob, 69 moddadan iborat bo‘lgan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun ilgari investitsiyaga oid qonun hujjatlarida mavjud bo‘lmagan yangi tartib va qoidalar bilan yanada takomillashtirildi. Xususan:
    · Investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari belgilandi.
    · Qonun hujjatlarining investor uchun noqulay o‘zgarishlariga qarshi kafolatlari yanada mustahkamlandi.
    · Mahalliy davlat hokimiyati organlarining investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini tartibga solish bo‘yicha vakolatlari kengaytirildi.
    · “Investitsiya vizasi” va uni rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha norma kiritildi.
    · O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasi tuzish tartibi belgilandi.
    Qonunda ilk bor investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari mustahkamlab qo‘yildi. Bu esa investitsiya sohasida huquqiy tartibga solishning mazmuni va yo‘nalishlarini belgilab berdi.Mazkur prinsiplar investitsiya qilish va investitsiya faoliyatini amalga oshirish jarayonining barcha bosqichlarida qo‘llaniladi.
    Ushbu pritsiplar qatorida investorlarning vijdonliligi prezumpsiyasi, ularga nisbatan kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik kabilarni alohida ta’kidlash joiz. Bu kabi pritsiplarning qonun darajasida belgilanishi investitsiya faoliyati sub’ektlarining huquq va majburiyatlariga rioya etilishida muvozanatni ta’minlashga xizmat qiladi.
    Ma’lumki ilgari investorlar faoliyatining kafoltlari alohida qonun bilan tartibga solinardi. Shuningdek, ushbu kafolatlar boshqa qonun va qonun osti hujjatlarida ham tarqoq holda berilgan. Bu o‘z navbatida kafolatlar to‘g‘risidagi qoidalarni o‘z ichiga olgan turli normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida takrorlanish va ziddiyatlarni keltirib chiqarayotgan edi.
    Investorlar uchun birinchi navbatda kafolatlanishi zarur bo‘lgan sohalarni huquqiy jihatdan tartibga solishga ehtiyoj sezilayotgan edi.
    Shu maqsadda, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiyalash shartlarini yomonlashtirsa, investitsiya kiritgan sanada amalda bo‘lgan qonun hujjatlari investorlarga nisbatan o‘sha sanadan boshlab o‘n yil mobaynida qo‘llanilishi, shuningdek, ushbu kafolatlarning aynan qaysi holatlarda amal qilishi aniq belgilab qo‘yildi.
    Investorlar huquqlarining davlat tomonidan kafolatlashning bunday turi chet el sarmoyadorlari uchun qulay investitsiya muhitini yaratishda muhim rol o‘ynaydi.
    Bugungi kunda davlatning jamiyat hayotida tutgan o‘rni borasida turli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomarkazlashtirish ko‘zda tutilgan. “Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi”da qayd etilganidek, davlat funksiyalari va vakolatlarining haddan tashqari markazlashganligi hududlarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va aholining eng muhim muammolarini hal qilishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rolining pasayishiga olib kelmoqda.
    Shu boisdan, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda ham mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘z vakolatlari doirasida hududdagi investitsiya muhitini yanada takomillashtirish maqsadida istiqbolli investitsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish borasida tegishli takliflarni ko‘rib chiqish va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash kabi muhim vakolatlar berildi.
    Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga 10 mln. AQSh dollaridan kam bo‘lmagan ekvivalentda chet el investorlari bilan investitsiya shartnomalarini mustaqil tuzish huquqi berildi. Ilgari esa investitsion shartnomalar faqat hukumat darajasida tasdiqlanar edi.
    Mazkur yangi tartibdan hududlardagi rahbarlar samarali foydalanib, chet ellik investorlar bilan turli sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, qator korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘ydilar.
    Qayd etish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
    “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ta’sischilari (ishtirokchilari) va ularning oila a’zolari uchun muddatini mamlakatdan chiqmasdan uzaytirish imkoni bo‘lgan, amal qilish muddati uch yilni tashkil etuvchi “investitsiya vizasi” joriy etilishi belgilangan edi.
    Farmonda belgilangan ushbu vazifa “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda bevosita o‘z ifodasini topdi. Xususan, investitsiya faoliyatini amalga oshirish jarayonida investorlar va chet el investorlari ishtirokidagi korxonalarga chet el fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan mehnat shartnomalarini erkin tuzish huquqi qonun darajasida mustahkamlanib, bunday shaxslarga mehnat shartnomasining butun amal qilish davrida ko‘p martalik vizalarni olgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish va uning hududida bo‘lish huquqi kafolatlandi1.
    Aytish lozimki, bu turdagi viza asosan mamlakatimiz hududida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha korxonalar tashkil qilish uchun 3 million AQSh dollaridan ortiq miqdorda investitsiya kiritgan xorijiy davlatlar fuqarolariga beriladi. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi 10 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ta’sischilariga ham taqdim etiladi.



    Download 126.95 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 126.95 Kb.