• Pythonda foydalanuvchi grafik interfeysi bilan ishlash
  • Taqriz yozuvchi: Axmadaliyev D.
  • Pythonda foydalanuvchi grafik interfeysi bilan ishlash




    Download 33 Kb.
    Sana07.02.2024
    Hajmi33 Kb.
    #152518
    Bog'liq
    Курс иши Такриз рахбар хулоса


    Andijon davlat universiteti
    Axborot texnologiyalari va kompyuter injinering fakulteti
    5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi
    4 kurs 3-guruh talabasi Ismoilov Mirzohidning
    Pythonda foydalanuvchi grafik interfeysi bilan ishlash mavzusini
    o’qitish metodikasi” mavzusidagi kurs ishiga
    RAHBAR XULOSASI
    Bugun mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va kundalik hayotga izchil joriy etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
    Shu sababdan hozirgi kunda dasturlash tillarini yuqori saviyada o’rganish, yangi imkoniyatlari bilan tanishish va amaliyotda qo’llay olish uning imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish bugungi kunda korxona xodimlari, o’qituvchi va talabalar, shu soha bilan shug’illanuvchi mutaxassislar, dasturchilar oldida turgan eng muhim va asosiy vazifalardan biridir. Shu ma’noda Python dasturlash tilining “Pythonda foydalanuvchi grafik interfeysi bilan ishlash” mavzusini o’rgatish informatika va axborot texnologiyalari oldida turgan muammolaridan biridir.Ushbu fikrlardan ma’lum bo’ladiki, tanlangan kurs ish “pythonda o’zgaruvchilarni tavsiflash” tushunchasi juda kerakli mavzu hisoblanib. Ta’lim yo’nalishi sohasidagi masalalarni yechishda, tajriba natijalarini qayta ishlashda, hozirgi kundagi insonlarni o’yga solib turgan muammolarni hal etishda, turli sohalarda meditsina, biznes, qurilish va boshqa bir qancha sohalarda insonlarni qo’l mehnatini va ko’p vaqtini olib kelayotgan ishlarni tez va oson eng asosiysi mukamal hal etishda dasturlashdan foydalanish hozirgi davr talabi hisoblanadi.
    M.Ismoilovning kurs ishi mavzusini mustaqil ravishda bajarganligi,internet ma’lumotlaridan keng foydalanganligini hisobga olib, ushbu kurs ishini ijobiy bahoga himoya qilishiga ishonch bildiraman.

    Ish rahbari: Temirova G.

    Andijon davlat universiteti


    Axborot texnologiyalari va kompyuter injinering fakulteti
    5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi
    4 kurs 3 -guruh talabasi Ismoilov Mirzohidning
    Pythonda foydalanuvchi grafik interfeysi bilan ishlash mavzusini
    o’qitish metodikasi”dan kurs ishiga
    T А Q R I Z
    Mustaqilik yillarining dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda axborotlashgan jamiyat qurish borasida keng isloxotlar olib borilayotgan davrda yoshlarning axborot madaniyatini shakllantirish ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biridir. Barchamizga ma’lumki, XXI asr- Globallashuv davri, texnika asri deyiladi. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda bu esa dasturlash tillarini yuqori saviyada o’rganish, yangi imkoniyatlari bilan tanishish va amaliyotda qo’llay olish uning imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish bugungi kunda korxona xodimlari, o’qituvchi va talabalar, shu soha bilan shug’illanuvchi mutaxassislar, dasturchilar oldida turgan eng muhim va asosiy vazifalardan biridir. O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti tomonidan axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni it-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to’g’risidaO’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4851-son qarori va shu bo’yicha qilinadigon chora tadbirlartashkil etish zarurligi ta’kidlangan.
    Rеspublikamizda kompyutеr va axborot tеxnologiyalari, tеlеkommunikatsiya ularni dunyo standartlariga yetkazish va shu asosda axborotlashgan jamiyat sari jadal intilish maqsadida kеng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
    O`quvchilarning «Informatika» fani mazmunini mustaqil o`zlashtirishlarida va o`quv jarayoni sifatining oshishida nazorat topshiriqlarining o`z o`rni bor. O’qituvchi tomonidan ishlab chiqilgan dasturlar va dasturlashga oid savollaridan dars mashg`ulotlarida foydalanish natijasida o`quvchilar bevosita Python dasturi bilan ishlashga o`rgatilib borilsa ularning bilim darajasi oshadi, dastur bilan ishlay olish malkalari yanada ortadi. Buyuk faylasuf olim Konfutsiy aytganidek,Eshitganimni unutaman, Ko`rsam eslay olaman, Mustaqil bajarsam, tushunib etaman.
    Bu o`z o`rnida aytilgan fikrlardan bo`lib, albatta o`quvchilarga mustaqil ishlashlari uchun turli ko`rinishdagi topshiriqlar berib borilsa Python dasturi imkoniyatlarini eslab qolish bilan birga ular bilan ishlay olish malakasi ortadi.
    Umumаn оlgаndа ushbu kurs ishi rеfеrаtiv xаrаktеrgа egа bo’lib, kurs ishigа qo’yilgаn bаrchа tаlаblаrgа jаvоb bеrаdi dеb hisоblаymаn.
    Ismoilov Mirzohidning o’z ishini mustаqil rаvishdа bаjаrgаnligi, pedagogik dasturiy vositalar, internet ma’lumotlaridam keng foydalanganligini hisobga olib, ushbu kurs ishini ijobiy bahoga himoya qilishiga ishonch bildiraman.
    Taqriz yozuvchi: Axmadaliyev D.
    Download 33 Kb.




    Download 33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pythonda foydalanuvchi grafik interfeysi bilan ishlash

    Download 33 Kb.