2
Muallif: D.Sh.Inoyatova.
"Qurilishda menejment" darslik.
Darslik 5340900 – Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni
boshqarish, 5340300 –
Shahar qurilishi va xo‘jaligi hamda 5111000 – Kasb ta’lim: 5610100 – Xizmatlar
sohasi (uy-joy kommunal xo‘jaligi va maishiy xizmat ko‘rsatish) mutaxassisliklar
bakalavrlari, shuningdek, menejment masalalarini o‘rganuvchi
xodimlarni qayta
tayyorlash markazlari, ilmiy muassasalar xodimlari uchun mo‘ljallangan.
“Qurilishda menejment” darsligida menejmentning maqsadi va vazifalari,
menejmentni
nazariy va uslubiy asoslari, qurilishda ishlab chiqarishni tayyorlash
va
tashkil etish, qurilish menejmentining uyushtirilishi va boshqaruvi,
tashkilotni
boshqarish asoslari, tashkilot
tuzilmasini loyihalash, qurilish menejmentida
axborotli va texnologik vositalar hamda xizmat ko‘rsatish, investitsion loyihalarni
moliyaviy va iqtisodiy baholash, qurilish ishlab chiqarishda tenderni tashkil etish,
korxona va firmalar bilan shartnomalar
tuzish tamoyillari, qurilishda moddiy
resurslarni boshqarish, qurilishda marketingni boshqarish xususiyatlari,
qurilishda
mahsulot sifatini
boshqarish va sertifikatlash, motivlashtirish darajasi, qurilishda
boshqaruv samaradorligi kabi mavzular yoritib berilgan.