Toshkent arxitektura qurilish instituti




Download 3.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/51
Sana06.07.2023
Hajmi3.01 Mb.
#76352
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51
Bog'liq
Uy-joy kommunal xo`jaligi va servis asoslari
Fayllar tizimida ishlash test, pedagogik texnalogiya, HTML QOLLANMA, kenguru 2012 class 2, 3 kurs ekanomika, Kompyuter kimyo, Raqamli hisoblash mashinasi - Vikipediya, Sana 14-mart Sinf 8,,B’’ Fan Chizmachilik Mavzu Modelning be, 00 Бизнес режа нима, jadval bo`yicha, optika, bayonnoma 2 ko`chirma, Asinxron mashinalar, 2022 Fermentlar maruza (2), Academic-Data-341201109566 (1)
Nazorat savollari 
1. Uy-joy communal xo’jaligi faoliyatiga nimalar kiradi? 
2. UJKX qanday ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi? 
3. Kanalizatsiya bu qanday tadbirlar majmuasi hisoblanadi? 
4. O’zbekistonda dastlabki kanalizatsiya qachon qurilgan? 
5. O’zbekistonda birinchi GES qayerda qurilgan? 
6. Toshkent shahrining asosiy elektr ta’minoti manbasi bo’lib qaysi GRES 
xizmat qiladi? 
7. Uy-joy jamg’armasi bu- nima ? 
8. Uy-joy binolarining asosiy konstruktiv elementlariga nima kiradi? 
9. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati nimadan iborat? 
10. Birinchi shirkatlar qaysi yili paydo bo’ldi? 
11. Mahalla va uning faoliyatiga nimalar kiradi? 
12. Qaysi xujjatlar uy-joy kommunal xizman sohasining asoslari bo’lib xizmat 
qiladi? 
13. Binolar rejalashtirish yechimiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? 
 
Tayanch iboralar: kommunal energetika, kommunal xizmatlar, kanalizatsiya, 
issiqlik energiyasi ta’minoti,gaz ta’minoti, issiqlik stansiyalari, elektr uzatish 
tarmoqlari, uy-joy jamg’armasi, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, binolarining 
asosiy konstruktiv elementlari. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


39 
3. UY-JOY KOMMUNAL XO’JALIGINING SANITAR-TEXNIK VA 
ENERGETIKA KORXONALARI 
 
 
 
 
3.1.SUV BILAN TA’MINLASH 
 
Suv bilan ta’minlash – turli toifadagi iste’molchilar - aholi, sanoat korxonalari, 
qurilish, transport va x.k sohalarini suv bilan ta’minlash bo’yicha tadbirlar 
yig’indisi. 1-rasmda Toshkent shahrining vodoprovod tarmoqlari sxemasi keltirilgan. 
Suv bilan ta’minlash vazifalarini amalga oshiruvchi muhandislik inshootlari 
kompleksi suv ta’minoti tizimi yoki vodoprovod deyiladi. 
Xizmat ko’rsatiladigan obyektlarning tayinlanganligiga qarab vodoprovodlar 
kommunal yoki ishlab chiqarish (sanoat yoki qishloq xo’jaligi) vodoprovodlariga 
bo’linadi. Suvni eng ko’p iste’mol qiluvchilar – metallurgiya, kimyo va neftni qayta 
ishlash korxonalari hisoblanadi. 
Suv bilan ta’minlash uchun suvning tabiiy manbalaridan foydalaniladi: 
bularga yerni yuzasida joylashgan ochiq suv havzalari (dengizlar, daryolar, suv 
omborlari, ko’llar) va yer ostida joylashgan (artezian suvlari, yer osti suvlari, 
buloqlar) yopiq suvlar kiradi. Aholi ehtiyojini qondirish uchun ko’proq yer osti 
suvlaridan foydalaniladi. 
Tabiiy manbalardan suv olish, ularni tozalash va iste’molchiga yetkazishda 
quyidagi moslamalardan foydalaniladi: 
- suv tortuvchi (qabul qiluvchi) inshootlar; 
- I va II bosqich nasos stansiyalari; 
- vodovodlar va vodoprovod tarmoqlari. 
Suv ta’minotining umumiy sxemasi (2-rasm) aniq sharoitlarga qarab ko’rinishini 
o’zgartirishi mumkin. Masalan, agarda manba suvi tozalanishi kerak bo’lmasa, unda 
suvni tozalash bilan bog’liq inshootlar sxemadan chiqariladi. Agarda suv manbasi yer 
yuzasiga yaqin joylashgan bo’lsa, u holda suvni tortib chiqaradigan nasoslarga xojat 
qolmaydi. 


40 
Suv bosimi hosil qiladigan minora va suv rezervuarlari (xovuzlar) joyning relefiga 
qarab joylashtiriladi. 
Suv olish qurilmalari suv manbasini turiga va mahalliy sharoitlarga qarab turli 
moslamalarga ega bo’ladi. 
Yuzada joylashgan suvlarni tortib olishda yuqorida keltirilgan suv olish 
qurilmalaridan foydalaniladi (daryo, ko’l, suv omborlari, dengiz). 
Yer ostida joylashgan suvlarni tortib olishda ularni qanday chuqurlikda 
joylashishiga qarab parmalashga oid quduqlar, gorizontal suv to’playdigan inshoot 
yoki yerni nam saqlaydigan qatlamida joylashtiriladigan galereya (yer osti quvurlari) 
qo’llaniladi. 

Download 3.01 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51




Download 3.01 Mb.
Pdf ko'rish