Toshkent arxitektura qurilish instituti




Download 3.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/51
Sana06.07.2023
Hajmi3.01 Mb.
#76352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
Uy-joy kommunal xo`jaligi va servis asoslari
Fayllar tizimida ishlash test, pedagogik texnalogiya, HTML QOLLANMA, kenguru 2012 class 2, 3 kurs ekanomika, Kompyuter kimyo, Raqamli hisoblash mashinasi - Vikipediya, Sana 14-mart Sinf 8,,B’’ Fan Chizmachilik Mavzu Modelning be, 00 Бизнес режа нима, jadval bo`yicha, optika, bayonnoma 2 ko`chirma, Asinxron mashinalar, 2022 Fermentlar maruza (2), Academic-Data-341201109566 (1)
Taqrizchilar: 
―ShQX‖ kafedra dotsenti, t.f.n. Qosimova S.T. 
OOO «PROEKT DOMINANTE» direktori muovini,
t.f.n. dotsent Shodjalilov Sh. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil, 
28-iyundagi 434-sonli buyrug’iga asosan turdosh ta’lim muassasalari uchun o’quv 
qo’llanma sifatida nashr etishga tavsiya etildi (grif № 434-038) 



KIRISH
Bozor munosabatlariga o’tish davrida har bir shaharning rivojlanishi va uning 
obodonlashtirilishi darajalari keng aholi qatlamining farovonligi va madaniyat 
darajasini oshishini asosiy dastagi hisoblanadi. Bu insonning yashashi, mehnat 
qilishi, dam olishi bilan bog’liq sharoitlar va vositalar majmuasini yuzaga keltirish 
bilan chambarchas bog’liqdir. Ushbu borada respublikamiz prezidenti I.A.Karimov
tomonidan aytilgan gaplar e’tiborga loyiqdir: ―Kommunal xo’jaligi - bu davlat 
oldida turgan asosiy vazifalarning yettinchi ustunidir‖. 
Xalq xo’jaligining bir tarmog’i sifatida uy-joy-kommunal xo’jaligi sohasiga: 
uy-joydan foydalanish, markazlashtirilgan suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari
shahar transporti, kommunal energetika, yo’l-ko’prik xo’jaligi va aholi yashaydigan 
punktlarni obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish, yo’llar va hududlarni sanitar 
tozalash, ko’chalarni yoritish, hammomlar, kir yuvish ishxonalari va boshqa 
kommunal korxonalar, mehmonxonalar xizmatlari va h.k. faoliyat turlari kiradi. 
Insonning hayot kechirishi, dam olishi, mehnat qilishi uchun qulay shart-
sharoitlarning yaratilishi oxir-oqibatda uning mehnat faoliyatiga, ish unumdorligiga 
o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu o’z navbatida ish kuchini qayta ishlab chiqarish, ya’ni 
malaka oshishi, dunyoqarashining kengayishi bilan bog’liq bo’lib, xalq xo’jaligining 
hech bir tarmog’i texnik va texnologik yuksalishsiz oldinga qarab harakatlanmaydi.
Uy-joy kommunal xo’jaligi sohaning turli tarmoqlariga tegishli bo’lgan 
korxonalar, tashkilotlar, uyushmalar va hokazo xo’jaliklar yig’indisidan tashkil 
topadi va umumiy qoida-qonuniyatlar hamda oldiga qo’yilgan maqsad-vazifalariga 
asoslangan holda yagona tizim sifatida faoliyat ko’rsatadi. 
O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning tub 
mazmun-mohiyati xalq farovonligini yuksaltirishdan iborat bo’lib, eng avvalo, 
ijtimoiy sohaning muhim qismi bo’lgan uy-joy kommunal xo’jaligi sohasini yangi 
texnologiyalar manbaida rivojlantirishdan iborat bo’lib kelmoqda. 
Uy-joy kommunal xo’jaligi – murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo’lib, 
aholining hayotiy ehtiyojlarini qondiradi, xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga 



tegishli bo’lgan korxona va tashkilotlarga ichimlik va issiq suv, oqava suvlarni 
chetlatish, issiqlik, gaz, elektr energiyasi kabi zarur resurslarni etkazib berish bilan 
birga katta miqdorda mehnatga layoqatli aholini ish o’rinlari bilan ham ta’minlaydi. 
Uy-joy kommunal xo’jaligi tizimi aholi turar-joylari, ishlab chiqarish, xalq 
xo’jaligining turli sohalarida foydalanilayotgan bino va inshootlar, qurilish, 
transport, energetika va hokazo turli tovarlarni ishlab chiqaruvchi va xizmatlarni 
amalga oshiruvchi mustaqil korxonalardan tashkil topgan. Uning keng qamrovli 
faoliyatini pirovard natijasi – insonning hayoti va faoliyatini tashkil etuvchi, shahar 
infratuzilmasini rivojlantiruvchi va ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qiluvchi 
soha ekanligi hisoblanadi. 
Uy-joy-kommunal xo’jaligining rivojlanishi bir qator ko’rsatkichlar bilan 
tavsiflanadi: kommunal xizmatga ega bo’lgan shaharlar soni, kommunal korxonalar
quvvatlarining o’shishi, aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar (ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlar) hajmi, aholi jon boshiga iste’mol qilinayotgan kommunal xizmatlar va 
h.k. Ushbu ko’rsatkichlar nafaqat kommunal xizmat ko’rsatuvchi korxonalarning 
rivojlanishini baholashga imkon yaratadi, balki ularni ham tarmoq ham hududlararo 
mutanosibligini (proporsionalligini) aniqlash imkonini beradi. Sifat ko’rsatkichlari 
ikkita asosiy guruhga bo’linadi: xizmatlar va aholiga xizmat ko’rsatish, kommunal 
xo’jalik korxonalarini ekspluatatsiya qilish. Birinchi guruh ko’rsatkichlari uy-joy-
kommunal xo’jaligini har bir tarmog’i faoliyati sifatini tavsiflaydi. Ikkinchi 
guruhning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari bu ishlab chiqarish quvvatlaridan 
foydalanish darajasi, mehnat samaradorligi, mehnatni mexanizatsiyalashtirish 
darajasini oshirish, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning malakasi va h.k. tasvirlaydi. 
Tarmoqning kelajakda rivojlanishi, ya’ni aholiga xizmat ko’rsatish 
hajmlarining oshishi, xizmatlar va xizmat ko’rsatish sifatini oshirish, qishloq 
joylarda ko’rsatiladigan xizmatlar darajalarini shaharlardagi ko’rsatkichlarga 
tenglashtirish albatta qo’shimcha ish kuchi talab qiladi. Shuning uchun uy-joy-
kommunal xizmat xo’jaligining barcha sohalarida mehnat samaradorligini oshirish 
tarmoqni yanada rivojlantirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.




Download 3.01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Download 3.01 Mb.
Pdf ko'rish