Toshkent arxitektura qurilish instituti




Download 3.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/51
Sana06.07.2023
Hajmi3.01 Mb.
#76352
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   51
Bog'liq
Uy-joy kommunal xo`jaligi va servis asoslari
Fayllar tizimida ishlash test, pedagogik texnalogiya, HTML QOLLANMA, kenguru 2012 class 2, 3 kurs ekanomika, Kompyuter kimyo, Raqamli hisoblash mashinasi - Vikipediya, Sana 14-mart Sinf 8,,B’’ Fan Chizmachilik Mavzu Modelning be, 00 Бизнес режа нима, jadval bo`yicha, optika, bayonnoma 2 ko`chirma, Asinxron mashinalar, 2022 Fermentlar maruza (2), Academic-Data-341201109566 (1)
2.1. KOMMUNAL XIZMATLAR 
 
Kommunal xo’jalikda ikki guruh sifat ko’rsatkichlari mavjud: 
- aholiga xizmat ko’rsatish; 
- kommunal xo’jalik korxonalarini ekspluatatsiya qilish (foydalanish).
Birinchi guruh ko’rsatkichlari uy-joy-kommunal xizmat korxonalarining har 
birini faoliyat turini sifatini tavsiflaydi. 
Ikkinchi guruh ko’rsatkichlari ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 
darajalarini, mehnat samaradorligini, mehnatni mexanizatsiyalashtirish darajasini 
oshirish, xizmat ko’rsatuvchi xodimlar malakasini va h.k. tavsiflaydi. 
Kommunal xizmatda asosan 4 xizmat turi mavjud. Bular: 
1. Alohida olingan shaxsga emas, balki shaharning barcha aholisiga 
ko’rsatiladigan xizmatlar. Bularga ko’chalar va yo’llarni, maydonlar, hiyobonlarni 
saqlash, 
ko’chani 
yoritishi, 
yo’l-ko’prik 
xo’jaligi, 
obodonlashtirish, 
ko’kalamzorlashtirish, muhandislik inshootlari va moslamalari kiradi. 
2. Uy-joylarni ichki qismiga ko’rsatiladigan xizmatlar. Bularga zinapoyalar
liftlar, axlat tashlanadigan quvurlar, umumiy teleantenna, turar joyga tutashgan 
hudud, daraxtlar va gullar ekilgan maydonchalar, cherdaklar, tashqi yoritish, bolalar 
maydonchalari, trotuarlar, irrigatsiya inshootlari va h.k. kiradi. 
3. Xonadon ichkarisida ko’rsatiladigan xizmatlar: sovuq va issiq suv 
ta’minoti, kanalizatsiya, isitish, gaz ta’minoti, telefon aloqasi xizmatlari, radio-
televideniya. 
4. Shahar jamoat transporti xizmatlari, ushbu xizmatlarni uchinchi guruhga 
kiritish mumkin, sababi ular o’ziga hos xususiyatga ega. Biroq, ushbu xizmatlar ham 


21 
jamoat xizmatlari hisoblanadi, sababi aholiga shaharning markazlashtirilgan 
muhandislik tizimlari xizmat ko’rsatadi.
Kommunal xizmatlar sohasida talab va taklif mexanizmi yo’q. Bu quyidagilar 
yordamida izohlanadi: 
Birinchidan, bu iste’molning zaruriyligi va kam uchraydigan tavsifga egaligi, 
ya’ni narx oshishi yoki pasayishidan qat’iy nazar, iste’mol qilinadigan xizmatlardan 
voz kechib bo’lmaydi, ularni kamaytirib bo’lmaydi. 
Buning teskarisi bo’lishi ehtimoli ham mavjud, ya’ni iste’molchi kiyim-
kechak, oziq-ovqat va boshqa sarflarni kamaytirsa ham, issiq va sovuq suv, issiqlik, 
gaz va elektr energiyasi iste’molini kamaytirmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, 
narxlarning o’zgarishi kommunal xizmat iste’moli hajmiga o’z ta’sirini 
ko’rsatmaydi. 
Ikkinchidan, kommunal xizmatlarni tovardan farqlantiruvchi xossalari – 
ularning hammabopligi va ehtiyoj sezilganda hamma vaqtda iste’mol qilinishi. 
Demak, xizmatlarning uzluksizligi va ishonchliligi turar joylarni shinam va qulay 
qiladi. Narxlarning o’zgarishi holatlarida xizmatlar hajmini cheklanishi narxlarni 
aholini ijtimoiy kamsitilishi instrumentiga aylantiradi. 
Uchinchidan, iste’molni to’liq xajmda ta’minlash imkoniyati, bu iste’molni 
to’yinganlik hususiyati hisoblanadi - bu esa kommunal xizmatning muhim 
ko’rsatkichidir. 
Muhandislik jihozlari tizimsi azaldan u yoki bu davrda ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar haqiqiy iste’molga to’g’ri keladigan qilib 
hisoblangan. Shuning uchun kommunal xizmatlar bozori qancha xizmat 
ko’rsatilganidan qat’iy nazar doimo muvozanatda bo’ladi. 
Yuqorida qayd qilingan sabablarga ko’ra kommunal sohada narxlar o’zini 
obyektiv xarakterini yo’qotadi va bozorni o’z-o’zini tartibga solishni mezoni bo’la 
olmaydi (kuzata olmaydi, o’lchay olmaydi). 


22 

Download 3.01 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   51




Download 3.01 Mb.
Pdf ko'rish