Toshkent arxitektura qurilish instituti




Download 3.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/51
Sana06.07.2023
Hajmi3.01 Mb.
#76352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
Uy-joy kommunal xo`jaligi va servis asoslari
Fayllar tizimida ishlash test, pedagogik texnalogiya, HTML QOLLANMA, kenguru 2012 class 2, 3 kurs ekanomika, Kompyuter kimyo, Raqamli hisoblash mashinasi - Vikipediya, Sana 14-mart Sinf 8,,B’’ Fan Chizmachilik Mavzu Modelning be, 00 Бизнес режа нима, jadval bo`yicha, optika, bayonnoma 2 ko`chirma, Asinxron mashinalar, 2022 Fermentlar maruza (2), Academic-Data-341201109566 (1)
Sovuq suv ta’minoti. Turar-joy binolari, korxona, tashkilot, muassasa va 
barcha xo’jaliklar faoliyatini suv ta’minotisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Suv xo’jaligi 
tarkibiga suv havzalari, suvni yig’ish, tindirish va tozalash inshootlari, nasos 
stantsiyalari, artezian quduqlar, suv to’plagich minoralari, suv magistrallari va 
uzatish tarmoqlari kiradi. Suv ta’minotida ushbu vazifalarni mustaqil korxonalar 
amalga oshiradi. Ularning boshqa korxonalar bilan hamjihatlikdagi faoliyati uzluksiz 
suv ta’minotini amalga oshirish imkonini beradi. 
Jizzax viloyatining Zomin tumanida suv tozalovchi inshootlar ishga 
tushirilgan, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida 28,1 
km vodoprovodlar qurilgan. 
Respublikada umumiy qiymati 275,8 mln AQSh dollari hajmida 5 yirik 
investistion loyihalar amalga oshirilmoqda.
Buxoro va Qarshi shaharlarida 15 kilometrlik, Samarqandda 39 kilometrlik 
vodoprovod tarmoqlari foydalanishga topshirilgan. 36 ta maxsus texnika va nasoslar 


15 
o’rnatilgan. Buxoro shahrini ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida suv 
to’plovchi inshootlarda 22 ta chuqurlik nasoslari ishga tushirildi. Gulistonda xajmi 
10 ming. m

bo’lgan toza suv rezervuari ishga tushirildi. Shuningdek, turar joylarga 
o’rnatish uchun tarmoq bo’yicha 38 mingta suv sarfini o’lchagichlar o’rnatildi, 
vodoprovod tarmoqlari rekonstruksiyalandi, nasoslar ta’mirlandi. 
Bularning hammasi yashovchilari soni 2,6 mln. bo’lgan 1259 qishloq 
joylaridagi aholi yashaydigan maskanlarni suv bilan ta’minlash holatini yaxshilash 
imkonini berdi Hozirda ushbu xizmatlarni ko’rsatuvchi muqobil (nodavlat) mulk 
shaklidagi korxonalarni tuzish ishlari olib borilmoqda (Namangan, Farg’ona 
viloyatlarida).
Respublika uy-joy fondida 132,1 ming dona (yoki 38,3%) sovuq suv sarfini 
o’lchaydigan o’lchagichlar o’rnatildi. O’tkazilgan monitoringlarning ko’rsatishicha, 
Toshkent shahridagi uy-joylarda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan sovuq suv 330 
l/sutkadan 120l/sutkagacha kamaygan, yakka tartibdagi uy-joylarda esa - 284 dan 
130l/sutkagacha kamaygan. 
Respublikamizda jami 120 ta shahar va 8544 ta qishloq joylaridagi aholi 
yashash markazlari ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Ichimlik suvi tarmoqlarining 
uzunligi shaharlarda 16214 km va qishloq joylarida 30996 km. Aholiga kommunal-
maishiy ehtiyojlar uchun ichimlik suvi berishning o’rtacha yillik darajasi 1.8 mlrd. 
m
3
ni tashkil etadi. Hozirgi kunda tarmoqlarning bir sutkalik quvvati 13562.1 ming 
m
3
, shundan 43% qishloq joylariga to’g’ri keladi.
Shahar va aholi yashaydigan manzillarning o’sishi va ularning farovonligini 
oshishi xo’jalik ichimlik suvi ta’minotini kengaytirish va uning tozaligini, 
takomillashtirish kerakligiga olib keldi. Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash 
yangi markazlashgan tizimlar hisobiga va shuningdek, mavjud avtonom tizimlarni 
kengaytirish va jadallashtirish hisobiga hal qilinmoqda. 

Download 3.01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Download 3.01 Mb.
Pdf ko'rish