• Elektr ta’minoti
  • Toshkent arxitektura qurilish instituti




    Download 3.01 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/51
    Sana06.07.2023
    Hajmi3.01 Mb.
    #76352
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51
    Bog'liq
    Uy-joy kommunal xo`jaligi va servis asoslari
    Fayllar tizimida ishlash test, pedagogik texnalogiya, HTML QOLLANMA, kenguru 2012 class 2, 3 kurs ekanomika, Kompyuter kimyo, Raqamli hisoblash mashinasi - Vikipediya, Sana 14-mart Sinf 8,,B’’ Fan Chizmachilik Mavzu Modelning be, 00 Бизнес режа нима, jadval bo`yicha, optika, bayonnoma 2 ko`chirma, Asinxron mashinalar, 2022 Fermentlar maruza (2), Academic-Data-341201109566 (1)
    Gaz ta’minoti. Gaz ta’minoti xalq xo’jaligining zaruratini qondirish uchun 
    gaz yonilg’isini uzatilishini va raqamlanishini tartibga solingan holda tashkil 
    etishdan iborat. Uy-joy kommunal xo’jaligi tizimida tabiiy gazdan foydalanish 
    masalasi, avvalo respublikamiz hududida tabiiy gaz zahiralari mavjudligiga bog’liq 
    bo’ladi.
    Toshkent shahrida gaz bilan ta’minlangan xonadonlarning soni taxminan
    4456 mingta, qishloq joylarda 2449,3 mingta. 120 ta shahar va 10438 qishloq 
    joylardagi aholi yashaydigan maskanlar gaz bilan ta’minlangan. 
    Gaz tarmoqlarining uzunligi 91653,9 km, shundan shaharlarda 22810,8 va 
    qishloq joylarda - 68843,1 km. Tabiiy gazning o’rtacha yillik iste’moli taxminan
    17,5 mlard. m
    3
    va suyultirilgan gazning iste’moli 12 ming. tonna.* 
    Elektr ta’minoti. 1924 yilgacha O’zbekiston hududida quvvati 3 ming kVt 
    bo’lgan 6 ta unchalik katta bo’lmagan issiqlik elektr stansiyalari bo’lgan. Elektr 
    stansiyalarini rivojlantirishning dastlabki harakatlari GOELARO plani bo’lib, unka 
    ko’ra Turkistonda (Markaziy Osiyo) irrigatsiya va energetika maqsadlarida suv 
    resurslaridan kompleks foydalanish uchun gidroelektrostansiyalar qurilishi nazarda 
    tutilgan. 
    Birinchi GES – Bo’zsu Chirchiq daryosida qurilgan bo’lib, 1926 yilda elektr 
    toki bergan. Undan so’ng 1928 yilda Toshkent, Samraqand, Buxoro, Farg’ona, 
    Termiz, Urganch shaharlarida umumiy quvvati 13 ming kVt bo’lgan issiqlik 
    elektrostansiyalari qurildi. Chirchiq daryosida quvvati 68 ming kVt bo’lgan
    Chirchiq-Bo’zsu kaskadi, Sirdaryoda esa umumiy hashar yo’li bilan 126 ming kVt 
    quvvatga ega bo’lgan Farxod GES qurildi (1943-48 yy.).
    Bundan tashqari, quvvati 20 ming kVt teng bo’lgan kichkina GESlar Bo’zsu 
    kanalida (Toshkent viloyati), Darg’om kanalida (Samarqand), Shahrixonsoyda 
    (Andijon viloyati) va Shimoliy Farg’ona kanalida (Namangan viloyati) ishga 


    18 
    tushirildi. Shuningdek, ko’mir yordamida ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari ham 
    qurildi (Quvasoy, Toshkent, Farg’ona). 
    1955 yilda respublikada 389 mlard. kVt issiqlik energiyasi ishlab chiqarilgan 
    bo’lib, shundan 69% gidroelektrostansiyalar tomonidan ishlab chiqarilgan. 1972- 
    yilda Chorvoq GESi (600ming kVt, 4 energoblok), 1977 yilda - Xojikent GESi (165 
    ming kVt 3 energoblok) ishga tushirildi. 1980- yilga kelib elektr stansiyalarining 
    umumiy quvvati 33,69 mlard. kVt ch. teng bo’ldi, bu ko’rsatkich 1940-yilga 
    nisbatan 70 barobarga ko’p. Bunga sabab, tabiiy gazda ishlovsiz issiqlik 
    stansiyalarining sonini ortgani bo’ldi. Bunday stansiyalarga Angren GRESi (1957-
    63 yy. Umumiy quvvati 600 ming kVt 8 energoblok); Taxiyatosh (1961-77 yy. 362 
    ming kVt, 7 energoblok); Navoiy (1962y. 830ming kVt, 9 energoblok); Toshkent 
    (1963-71yy. 1920 ming kVt, 12 energoblok); Sirdaryo (4400ming kVt, 10 agregat) 
    va Angren-2 (2,4 mln. kVt) kiradi. Quvvat birligi katta bo’lgan issiqlik elektr 
    stansiyalari ( har biri 200-300 kVt) elektr energiyasini ko’p miqdorda ishlab 
    chiqarishga yordam beradi.
    Respublikada elektr uzatish liniyalari (EUL) ham keng rivojlandi. Birinchi 
    EUL 1933 yilda Qodirya-Sharqiy kichik stansiya (Toshkent) qurilib, uning uzunligi 
    35 km. bo’lgan. 220 km uzunlikdagi EUL 1958 -yilda Qoraqum GRES (Tojikiston) 
    va Qo’yliq (Toshkent) qurilgan. Eng katta EUL larga Sirdaryo - Toshkent GRESi 
    (1973y.), uzunligi 500 kv., Toshkent-Chimkent (Qozog’iston) GRESi, Regar-Tuzar-
    Sirdaryo (1979y.) kiradi. Respublikaning barcha elektrostansiyalari O’zbekistonning 
    yagona energotizimsiga kiritilgan va Markaziy Osiyo respublikalarining shunga 
    o’xshash tizimlari bilan o’zaro bog’liq. 
    Respublika miqyosida elektr energiyasi iste’molchilariga ―O’zbekenergo‖ 
    DAK xizmat ko’rsatadi. Uning elektr stansiyalarining belgilangan umumiy quvvati
    48241,3 MVt teng. 
    Elektr tarmoqlarini uzunligi (barcha quvvatdagisi) 23,5 ming km teng bo’lib 
    undan 6,1 ming km - 220kv va 1,7 ming km - 500 kv. Tarmoq transformatorlarining 
    umumiy quvvati - 36,9 MVt. 


    19 
    Respublika bo’yicha issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi issiqlik 
    stansiyalarining soni 38 ta bo’lib, ularning belgilangan quvvati 55 mlard. kVt soat,
    gidroenergetika stansiyalar- 28 ta, belgilangan quvvati - 1420 MVt. Bundan tashqari 
    3ta elektr markazlari bor: Toshkentda, Farg’onada (Kirguli) va Muborakda 
    (Qashqadaryo vil.). 
    Energetika tizimsida 14 mingta sanoat, 21,6 mingta – qishloq xo’jaligi, 13,3 
    mingta kommunal va 4,2 mingta maishiy xizmat iste’molchilariga xizmat 
    ko’rsatiladi.
    Hozirgi kunga kelib respublikada yana 6ta gidroelektrostansiyalari 
    qurilmoqda: 
    1. To’palang GES To’palang suv omborida (Surxondaryo vil.), quvvati 15 
    MVt bo’lgan 2ta agregat; 
    2. Andijon GES Andijon suv omborida quvvati 25 MVt bo’lgan 2ta agregat; 
    3. Oxangaron GES Oxangaron suv omborida (Toshkent vil.) quvvati 10,5 
    MVt bo’lgan 2ta agregat; 
    4. Xisorak GES Xisorak suv omborida (Qashqadaryo vil.), quvvati 22,5 MVt 
    bo’lgan 2 ta agregat; 
    5. Ko’ksu GES Ko’ksu suv omborida (Farg’ona vil.) quvvati 2,2 MVt bo’lgan 
    2ta agregat; 
    6. Darg’om kanalida ―Gulga‖ GESi (Samarqand vil), quvvati 5 MVt bo’lgan 
    2 ta agregat. 
    Toshkent shahrining asosiy elektr ta’minoti manbasi bo’lib Toshkent GRESi, 
    Toshkent issiqlik elektr markazi va Toshkent GESlari kaskadi xizmat qiladi. Uy-joy 
    kommunal qurilish korxonalari va ijtimoiy, madaniy-maishiy obyektlar sonini 
    tobora ko’payib borishi Toshkent shahrida ikki shu’lali sxema bo’yicha 10 kv. 
    o’tishga olib keldi. 
    Shahar hududida zamonaviy elektr jihozlaridan foydalanish hisobiga uy-
    joylar, xonadonlar, jamoat binolari, ko’chalar va yo’llar, hiyobonlar, favvoralar va 
    haykallarni tashqi yoritilishi takomillashmoqda. 


    20 
    Shaharning elektr-yorug’lik arxitektura-dekorativ bezagi shaharni yorug’lik 
    va badiiy tomondan bezashni bir qismi bo’lib, utilitar yoritishni hisobga olgan holda 
    amalga oshiriladi. 
    Tashqi yoritish elementlaridan foydalanish ishlari ―Shahar yoritish‖ 
    kommunal korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. 

    Download 3.01 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51




    Download 3.01 Mb.
    Pdf ko'rish