• Tayanch iboralar
  • Toshkent arxitektura qurilish instituti




    Download 3.01 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/51
    Sana06.07.2023
    Hajmi3.01 Mb.
    #76352
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
    Bog'liq
    Uy-joy kommunal xo`jaligi va servis asoslari
    Fayllar tizimida ishlash test, pedagogik texnalogiya, HTML QOLLANMA, kenguru 2012 class 2, 3 kurs ekanomika, Kompyuter kimyo, Raqamli hisoblash mashinasi - Vikipediya, Sana 14-mart Sinf 8,,B’’ Fan Chizmachilik Mavzu Modelning be, 00 Бизнес режа нима, jadval bo`yicha, optika, bayonnoma 2 ko`chirma, Asinxron mashinalar, 2022 Fermentlar maruza (2), Academic-Data-341201109566 (1)
    Nazorat savollari
    1. 
    Shaharlar darajasiga aholisi qancha bo’lgan aholi punktlari va qishloqlar 
    kirgan? 
    2. 
    Farg’ona vodiysiga qaysi shaharlar kiradi? 
    3. 
    Qadimda shaharlar qanday qism va dahalardan tashkil topgan ? Misollar 
    keltiring. 
    4. 
    Shaharga ta’rif bering. Shahar deb nimaga aytiladi? 
    5. 
    Aholi yashaydigan maskanni ―shahar‖ toifasiga kiritish uchun qanday 
    mezonlar mavjud? 
    6. 
    Eng ko’hna shaharlar qatoriga qaysi shaharlar kiradi? 
    7. 
    Yangi shaharlar qatoriga qaysi shaharlar kiradi? 
    8. 
    Shahar xo’jaligi bu qanday tizim? 
    Tayanch iboralar: shahar , shahar xo’jaligi, shaharsozlik, infratuzilma, dahalar. 


    13 
    2. UY-JOY-KOMMUNAL XO’JALIGI 
    Uy-joy-kommunal xo’jaligi faoliyatiga quyidagilar kiradi: 
    - uy-joy fondidan foydalanish; 
    - markazlashtirilgan suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmati; 
    - kommunal energetika (issiqlik, elektr va gaz ta’minoti); 
    - shahar transporti (taksi, avtobus, tramvay, trolleybus, metro); 
    - shaharning tashqi obodonchiligi (yo’l-ko’prik xo’jaligi, ko’chalarni yoritish, 
    ko’kalamzorlashtirish, hududlarni yig’ishtirish va sanitar tozalash); 
    - hammom, kir yuvish va mehmonxona xo’jaliklari. 
    Uy-joy-kommunal xo’jaligi bir qator ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi: 
    - kommunal xizmat korxonalariga ega bo’lgan shaharlar va aholi yashaydigan 
    maskanlar soni; 
    - kommunal korxonalar quvvatlarining ko’payishi (oshishi); 
    - aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar (mahsulotlar) hajmi; 
    - aholi jon boshiga iste’mol qilinadigan kommunal xizmatlar hajmi. 
    Yuqorida keltirilgan ko’rsatkichlar nafaqat kommunal xizmat ko’rsatuvchi 
    korxonalarning rivojlanishini baholashga imkon yaratadi, balki ularni ham tarmoq 
    ham hududlar aro mutanosibligini aniqlash imkonini beradi.
    Uy-joy kommunal xo’jaligi sohasidagi munosabatlarning davlat tomonidan 
    tartibga solinishi, me’yoriy-huquqiy asosning har tomonlama mukammal 
    shakllantirilishi, salmoqli ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lib, quyidagilarni 
    ta’minlashni talab etadi:
    - fuqarolarga ularning ejtiyojlari va imkoniyatlariga ko’ra uy-joy qurish 
    (qurilish uchun yer maydonlarini ajratish), uni xususiy mulk qilib sotib olish va 
    ijaraga berish imtiyozlarini berish
    - fuqarolarning uy-joy binolarida yashash xavfsizligi (uy-joy binolari texnik 
    foydalanishida davlat standartlarini qo’llash, sanitariya, ekologiya va yong’in 
    xavfsizligi qoidalariga rioya qilish) ni kuchaytirish


    14 
    - kommunal xizmatlarga bo’lgan zarur ehtiyojlarni qondirish va iste’mol 
    qilishni (me’yorlar, sifat andozalari va foydalanish qoidalarini belgilash) ta’minlash; 
    - kam daromadli oilalarni ijtimoiy-iqtisodiy qo’llab-quvvatlash; 
    - uy-joy kommunal xizmatlar bozorining rivojlanishi uchun shart-sharoitlar 
    yaratish;
    - monopoliya korxonalari (ichimlik suvi, isitish, elektr yoritish, gaz va x.k) 
    xizmatlari narxlarini pasaytirish yo’l-yo’riqlarini izlash. 
    Aholining turmush darajasini oshirish va farovonligini yuksaltirishda ijtimoiy-
    iqtisodiy infratuzilma, jumladan, uy-joy kommunal xizmatlarining roli beqiyosdir. 
    Shu bois, mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. 
    Keyingi yillar ichida uy-joy kommunal xo’jaligida ahamiyatli muvaffaqiyatlar 
    qo’lga kiritildi, ammo sohada dolzarb muammolar haligacha talaygina, ular o’z 
    yechimiga yangi texnologiyalar bilan bog’liq bo’lgan chora-tadbirlar qo’llanishini 
    kutmoqda. 
    Shaharlarning muhandislik tarmoqlari va jihozlari bilan ta’minlanganligi 
    quyidagilar bilan tavsiflanadi:

    Download 3.01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




    Download 3.01 Mb.
    Pdf ko'rish