SHAHAR VA UY-JOY COMMUNAL XO’JALIGI




Download 3.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/51
Sana06.07.2023
Hajmi3.01 Mb.
#76352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
Uy-joy kommunal xo`jaligi va servis asoslari
Fayllar tizimida ishlash test, pedagogik texnalogiya, HTML QOLLANMA, kenguru 2012 class 2, 3 kurs ekanomika, Kompyuter kimyo, Raqamli hisoblash mashinasi - Vikipediya, Sana 14-mart Sinf 8,,B’’ Fan Chizmachilik Mavzu Modelning be, 00 Бизнес режа нима, jadval bo`yicha, optika, bayonnoma 2 ko`chirma, Asinxron mashinalar, 2022 Fermentlar maruza (2), Academic-Data-341201109566 (1)
1.1. SHAHAR VA UY-JOY COMMUNAL XO’JALIGI. 
Shahar xo’jaligi – bu aholining moddiy va madaniy, maishiy ehtiyojlarini 
qondirish uchun belgilangan korxonalar, tashkilotlar, xo’jaliklar va idoralar 
tizimidir.


10 
Shahar xo’jaligining rivojlanish darajasi va sur’atlari qurilish va sanoat 
rivojlanishi darajasi va sur’atlariga bog’liqdir. Ko’p holatlarda shahar xo’jaligi
sanoat korxonalarini o’z mahsulotlari va xizmatlari bilan ta’minlaydi. 
Shahar xo’jaligiga quyidagilar kiradi: 
- uy-joy-kommunal xizmatlar, aholiga maishiy xizmatlar ko’rsatuvchi 
korxonalar, shahar jamoat transporti, aloqa, yo’l-ko’prik qurilishi, savdo-sotiq va 
umumiy ovqatlantirish; 
- xizmatlar va inshootlar, maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy 
ta’minot muassasalari. 
Infratuzilma – bu shahar xo’jaligini umumiy tuzilishini tarkibiy qismi: 
transport va aloqa, maorif, sog’liqni saqlash, ilm-fan va madaniyat, uy-joy, 
kommunal xo’jaligi va h.k., ya’ni jamoat ishlab chiqarishi bilan bog’liq bo’lgan 
sohalar. 
Shahar xo’jaligi tomonidan bajariladigan turli tuman funksiyalar ko’p qirrali 
(yo’nalishli, sohali) turli-tuman korxonalar va tashkilotlarni mavjudligini taqazo 
etadi. 
Shahar xo’jaligi o’z faoliyatini: 
- shaharning tasdiqlangan bosh plani; 
- bozor, iqtisodiy qayta qurishlar; 
- asosiy fondlar va aylanma mablag’lardan foydalanish; 
- ishlab chiqarish jarayonida xalq xo’jaligining asosiy tarmoqlari ishchilarini 
faoliyatiga yaqin bo’lgan mehnatdan foydalanish asosida amalga oshiradi. 
Shahar xo’jaligi korxonalarining mahsulotlari, u moddiy ko’rinishga egami, 
yoki xizmat ko’rinishidami undan qat’iy nazar yalpi ijtimoiy mahsulotning bir qismi 
hisoblanadi va xalq xo’jaligi aylanmasida ishtirok etadi. 
Shahar xo’jaligining ko’p turdagi funksiyalari - bu aholini bekamu-ko’st 
yashashi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Bu esa ushbu sharoitlarni 
yaratadigan, aholining ehtiyojlarini qondiradigan ko’p sonli maxsus korxonalar, 
tashkilotlar va xo’jaliklarni yaratish zaruratini keltirib chiqaradi. 


11 
Shahar qanchalik katta bo’lsa (hududi, aholisi soni, sanoat korxonalari soni), 
unda xizmat ko’rsatuvchi korxonalar soni, ular ko’rsatadigan xizmatlar va ishlab 
chiqaradigan mahsulotlar ham kishi boshiga, ham turi bo’yicha shuncha ko’p 
bo’lishi tabiiydir (suv, issiqlik, elektr energiyasi va h.k.). Aholining ham moddiy, 
ham ma’naviy farovonligini oshirishning asosiy dastagi hisoblangan shahar 
xo’jaligining barcha tarmoqlarini rivojlantirish, davlat tomonidan doimiy nazoratga 
olingan. 
Shaharning bosh plani aholining soni, shaharni planini tuzish, shahar 
hududini rekonstruksiyalash, tashkil etish va qurish, obodonlashtirish, sanitariya-
texnik, energetika xo’jaliklarini, shahar transportini, boshqa kommunal va sanoat 
korxonalarini rivojlantirish masalalarini ko’rib chiqadi. 
Shaharlar va aholi yashaydigan punktlarni rivojlantirish loyihalari ishlab 
chiqarish kuchlarini joylashtirilishini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan xalq 
xo’jaligini rivojlantirishning istiqboldagi rejalariga asosan ishlab chiqilishi kerak. 
Aholini optimal tarzda joylashtirish, mehnat qilish va dam olish joylarini
to’g’ri tanlash – Bosh planni ishlab chiqishda shahar aholisining har tomonlama 
qulay yashashi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 
Yirik shaharlarda yangi sanoat korxonalarini qurish yoki amalda faoliyat 
ko’rsatayotgan korxonalarni kengaytirishga yo’l qo’yilmaydi. Shaharsozlik 
obyektlari va aholiga xizmat ko’rsatuvchi korxonalar bundan mustasno. Yangi 
sanoat korxonalari va komplekslari kichik va o’rta shaharlarda, ya’ni ularni 
rivojlantirish uchun sharoitga ega bo’lgan joylarda quriladi.
Shahar aholisining soni, uning jinsi va yoshi bo’yicha tuzilmasi, oilaviy 
tarkibi butun shahar xo’jaligining rivojlanish va foydalanish darajasini belgilovchi 
ko’rsatgich hisoblanadi.
Shahar aholisini hisobi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi: 


12 
Bunda: N – istiqboldagi shahar aholisining soni, ming kishi.
K – shahar tashkil etuvchi soha ahamiyatiga ega bo’lgan ishchilar, oliy va 
maxsus o’rta ta’lim o’quv yurtlari talabalari soni, 27 : 35 % qabul qilinadi.
P – ishchi va talabalar shahar aholisining umumiy sonidan ulushi 27-35 % 
qabul qilinadi.
Aholi soni, shuningdek ijtimoiy, iqtisodiy, hududiy, sanitariya-gigiyena, 
estetik va boshqa bir qator masalalar bozor munosabatlari sharoitida shahar xo’jaligi 
infratuzilmasini takomillashtirishni yangicha amaliyotini taqazo etadi. Bunday 
o’zgartirishlarning bazasi (asosi, negizi) bo’lib aholining mehnati, turmushi va dam 
olishi xizmat qiladi. Inson yaxshi, qulay sharoitda mehnat qilishni xohlaydi, turar 
joyi ham shinam bo’lishi kerak. Insonga shu bilan birga suv va issiqlik, stadionlar 
va tennis parklari, dam olish maskanlari kerak. Odamlar shahardan shuningdek 
go’zallikni talab qiladilar. Shahardagi binolar chiroyli, bog’lar soya-salqin, ko’chalar 
keng va yorug’ bo’lishini talab qiladilar. 
Hulosa qilib aytganda, shahar xo’jaligi tarkibidagi sohalarning kelajakda 
o’sishi – yangi axborot texnologiyalarini joriy etish asosida aholiga xizmat 
ko’rsatishni yuksaltirish, hajmini oshirish va sifatini yaxshilash kabi omillar bilan 
ifodalanadi. Shu sababli shahar xo’jaligining barcha sohalarida mehnat 
unumdorligini kuchaytirish shaharlar rivojlanishida asosiy dolzarb talab
hisoblanadi. 

Download 3.01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Download 3.01 Mb.
Pdf ko'rish