SHAHARLARNING RIVOJLANISHI




Download 3.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/51
Sana06.07.2023
Hajmi3.01 Mb.
#76352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
Uy-joy kommunal xo`jaligi va servis asoslari
Fayllar tizimida ishlash test, pedagogik texnalogiya, HTML QOLLANMA, kenguru 2012 class 2, 3 kurs ekanomika, Kompyuter kimyo, Raqamli hisoblash mashinasi - Vikipediya, Sana 14-mart Sinf 8,,B’’ Fan Chizmachilik Mavzu Modelning be, 00 Бизнес режа нима, jadval bo`yicha, optika, bayonnoma 2 ko`chirma, Asinxron mashinalar, 2022 Fermentlar maruza (2), Academic-Data-341201109566 (1)
1. SHAHARLARNING RIVOJLANISHI 
Uy-joy kommunal xo’jaligining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati 
 
Uy-joy kommunal xo’jaligining islohoti dastlabki kunlardan (1990) davlatning 
ijtimoiy va iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. O’tish 
davrida uy-joy sohasini isloh qilish jarayoni me’yoriy-huquqiy jihatdan va xo’jalik 
yuritishning yangi mexanizmlarini sinovdan o’tkazish bo’yicha etarli darajada izchil 
va samarali tashkil etildi. Bu yillar davomida ijtimoiy iqtisodiyotning ushbu 
sohadagi o’zgarishlarining asosiy maqsadlari belgilandi, qonunchilik va me’yoriy-
huquqiy asos shakllantirildi va bozor munosabatlariga o’tishning zaruriy sharoitlari 
yaratildi. Sohada ko’rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirishda aholining kam 
daromadli toifalarini ijtimoiy va iqtisodiy qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari ishlab 
chiqildi. Uy-joy kommunal xo’jaligi sohasidagi islohotning ikkinchi muhim bosqichi 
xususiy uy-joy jamg’armasidan foydalanish va kommunal xizmat ko’rsatish 
korxonalarining mustaqil tizimini tashkil etish bo’ldi. 
Uy-joy kommunal xo’jaligi tizimining o’ziga xos xususiyati shundaki, u bir 
vaqtning o’zida ko’pgina chegaralangan imkoniyatlar majmuini qoniqtirishi lozim. 
Avvalo, soha xo’jaligining tarkibiy tuzilmasi, mahalliy shart-sharoit, shaharning 
hududiy kattaligi va geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda shakllanadi. 
Shaharlar shakllanishining muhim belgilaridan biri bu mintaqada joylashgan 
aholi yashaydigan punktlarning ahamiyati va aholining shug’ullanadigan 
mashg’ulotlarining turi hisoblanadi. Shaharlar, shaharchalar, savdo-sotiq bilan
hunarmandchilik bilan shug’ullanadigan qishloqlar mavjud. 
Tarixan, shaharlar darajasiga aholisi 10 mingdan ortiq bo’lgan, maxsus 
hunarmandchilik bilan shug’ullangan, doimiy tarzda faoliyat ko’rsatadigan 
bozorlarga ega bo’lgan qishloqlar kiritilgan. Shaharlar bir mamlakatni boshqa 
mamlakat bilan bog’lovchi tranzit yo’llar yoqalariga, yirik dexqonchilik va 
chorvachilik maydonlari tutashgan yerlarga yaqin joylarda joylashgan. Ular butun 
bir mintaqalarning iqtisodiy, ma’muriy va madaniyat markazlari hisoblangan. 
Farg’ona vodiysida Qo’qon, Andijon, Namangan, Marg’ilon, O’sh, Chust 



shaharlari, Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida Buxoro, Samarqand, Qarshi, 
Shahrisabz, Kattaqo’rg’on shaharlari joylashgan. 
Markaziy Osiyo va Qozog’iston tutashgan yerdagi eng katta shahar Toshkent 
hisoblangan. Ushbu zonada shuningdek Chimkent va Turkiston ham joylashgan. 
Xorazmda joylashgan shaharlar ichida ayniqsa Xiva, Qo’ng’irot, Yangi Urganch, 
Xozarasp alohida ajralib turadi. Farg’ona vodiysi, Toshkent vohasi va Zarafshon 
vodiysi o’rtasidagi tog’li vohalarda O’ra-Tepa va Jizzax shaharlari joylashgan. 
Amudaryoning o’rtasida Chorjo’ shahri joylashgan. Amudaryoning yuqori qismida 
yirik shaharlar barpo etilishiga sharoit bo’lmaganligi sababli, u yerda faqat Ko’lob 
shahri bo’lgan.
X1X asrning ikkinchi yarmida ko’pgina shaharlar federal ko’rinishga ega 
bo’lganlar, ya’ni qal’a devorlari saqlanib qolgan. Xo’jand, Qarshi shaharlarida esa 
ikki qavatli devorlar saqlanib qolgan. Devorlar balandligi 5-10 metr, qalinligi 5 metr, 
yuqori qismi kungura shaklida, tashqi qismi minorachalar bilan bezatilgan. 
Shaharlarning asosiy ko’chalariga katta darvozalar qurilgan bo’lib, kech tushishi 
bilan ular yopilgan. Masalan, Panjikentda 2 ta, Samarqandda 4 ta, Xo’jandda 8 ta, 
O’ra tepada 7 ta, Buxoroda 11 ta, Toshkent va Qo’qonda 12 tadan darvozalar 
bo’lgan. Turkiston o’lkasi Rossiya tomonidan zabt etilgandan so’ng darvozalar o’z 
ahamiyatini yo’qotgan va buzilib ketgan. 
Shaharlarning atrofida devorlar bo’lganda ularning hududi maydon hajmi 
bilan belgilangan. Toshkent shahri atrofidagi devorning uzunligi 14 km, Qo’qonniki 
18 km, Samarqandniki 14 km bo’lgan, maydoni esa 10,4 km bo’lgan, Panjikentniki 
mos ravishda 3 km va 1 km

dan ko’p bo’lgan, Xiva shahri devorining uzunligi 7,6 
km bo’lgan.
Shaharlardagi turar joylar zich joylashgan bo’lib, bir va ikki qavatli uylardan 
iborat bo’lgan, ko’chalar va yo’llar tor, qing’ir-qiyshiq bo’lib, ko’pincha ularni 
boshi berk bo’lgan. 
Shaharlarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri- bu ularning alohida qismlarga 
va dahalarga bo’linishi. Uzoq o’tmish davridan boshlab shaharlar ikki yoki uch 
qismlarga (dahalarga) bo’lingan. Masalan, Xo’jand, O’ra-Tepa, Shahrisabz, 



Turkiston ikki qismdan, Toshkent, Marg’ilon, Qo’qon, Chust, Konibodom, 
Samarqand to’rt qismga bo’lingan. 
Yirik qismlarga bo’linishdan tashqari, shaharlar aholi zich joylashgan 
mahallalarga, guzarlarga ham bo’lingan. Bunday tuzilmalar juda mustahkam bo’lib, 
hozirgi davrga qadar saqlanib qolgan. Dahalar (mahalla, guzar) nafaqat hududiy, 
balki ma’muriy va ijtimoiy birlik hisoblangan. 
Qadimgi shaharlar hunarmandchilik, ma’lum mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 
markazlar ko’rinishida vujudga kelgan va rivojlangan. Hunarmandchilik 
mahsulotlarini ko’pgina qismi o’zi joylashgan hududda va yaqin–uzoqda joylashgan 
hududlarda ham talabga ega (talabgir) bo’lgan. 
Shaharlarning tarhini tuzishda, savdo-sotiq markazlarini asosiy ko’chalar 
kesishgan yerlarda joylashtirishga e’tibor qaratilgan, u yerlarda gumbazli binolar 
(chorsu, tok, tim) qurilib, gumbazlarni tagidan ko’chalar o’tgan, binosini o’zida esa 
savdo do’konlari joylashgan. 
O’tmishdan bizgacha yetib kelgan meros bu tor va qing’ir-qiyshiq ko’chalar, 
sanoat korxonalarining betartib joylashishi, shahar xo’jaligini barcha tarmoqlarining 
qoloqligi, markaz va shahar chekkasi o’rtasidagi keskin farq (tafovut) va h.k. 
Mustaqillikka erishilgach shaharlarning rivojlanishi va rekonstruksiyalanishi uchun
prinsipial (tubdan) yangi shart-sharoitlar yaratildi.
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, davlat mahalliy hokimiyat organlari – 
hokimliklarga hukumat organlari tomonidan chiqarilgan direktiv hujjatlarga amal 
qilgan holda, shaharlarga hududiy, ijtimoiy, iqtisodiy, gigienik, estetik va boshqa bir 
qator xalq xo’jaligi masalalarini yechish imkoniyatini berdi. 
Shaharlarning rivojlanishi va obodonlashtirilishi darajalari aholining bevosita 
mehnat qilish sharoitlariga, turmush tarziga, dam olishiga ta’sir ko’rsatadi, shuning 
uchun shaharlar ham ijtimoiy ham iqtisodiy ahamiyatga ega. 
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, shaharlarning sanitar 
holatini, atrof-muhitni tubdan yaxshilash, sanoat va maishiy oqava suvlar uchun 
(kanalizatsiya) tozalash inshootlarini qurish va rekonstruksiyalash, gazdan tozalash 
va chang yutuvchi moslamalarni o’rnatish, havoni ifloslanishidan saqlash, yoritish 



va ko’kalamzorlashtirish tadbirlarni kuchaytirish, shovqin-suronga qarshi kurashish, 
suv havzalarini va aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash inshootlarini muhofaza 
qilish talab etiladi. 
Jamiyat hayotida shahar – bu ko’p tarmoqli organizm bo’lib, unda murakkab 
iqtisodiy-jug’rofik, arxitektura, muhandislik-qurilish, hamda ma’muriy-madaniy 
kompleksdan (majmuadan) iborat. 
Shahar - bu ko’p sonli aholi yashaydigan yirik punkt, uning aholisi asosan 
sanoatda, transportda, qurilishda, savdo-sotiqda, shuningdek, ilm-fan sohasida, 
xizmat ko’rsatish sohalarida, boshqaruv sohalarida band.
Aholi yashaydigan maskanni ―shahar‖ toifasiga kiritish uchun bir nechta 
mezonlar mavjud. Bularga: 
- aholi soni; 
- u bajaradigan funksiyalar: sanoat-ishlab chiqarish, tashkiliy-xo’jalik, siyosiy-
ma’muriy, harbiy, ilmiy-madaniy; 
- dam olish va davolanish (kurort shaharlar), hamda din. 
Eng ko’hna shaharlar qatoriga Andijon, Buxora, Jizzax, Qo’qon, Qarshi, 
Marg’ilon, Samarqand, Toshkent, Termiz, Xiva kiradi. Yangi shaharlarga -Chirchiq, 
Navoiy (kimyo sanoati markazlari), Olmaliq, Zarafshon, Bekobod (rangli va qora 
metallurgiya markazlari), Angren (ko’mir sanoati markazi), Gazli, Muborak (gaz 
sanoati markazlari), Quvasoy (qurilish materiallari sanoati markazi), Yangiyo’l 
(oziq-ovqat va engil sanoat markazlari) kiradi. 
Shaharlarni guruhlarga ajratish xalq xo’jaligining joriy va kelajakdagi 
(perspektiv) masalalarini tezkor ravishda yechish (amalga oshirish) imkonini beradi. 
Shaharlar quyidagilar bo’yicha tavsiflanadi:
a) tarhlantirish strukturasi (tuzilishi): 
- markazdan shulasimon tarqalgan (Andijon, Namangan, Qo’qon va 
boshqalar); 
- shulasimon-aylanma (Toshkent, Samarqand); 
- to’g’ri burchakli (Farg’ona, Olmaliq, Angren, Navoiy va boshqalar); 
- chiziqli (Chirchiq, Yangiyo’l va boshqalar); 



b) jug’rofik joylashishi bo’yicha: 
- iqlim zonasi; 
- daryolar, kanallar, ko’llarning mavjudligi; 
- joy: o’nqir-cho’nqir tekisliklar, jarlar, temir yo’llar va h.k. 
Shaharlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi shaharning ishlab chiqarish 
funksiyasini belgilovchi, mehnatni hududiy (jug’rofik) bo’linishini paydo bo’lishi va 
chuqurlashishi bilan chambarchas bog’liq. 
Hozirgi zamonda insonni nafaqat qulay turar joy, balki shaharsozlik bilan 
bog’liq bir qator masalalar ham qiziqtiradi, ya’ni: 
- nima sababdan g’ishtli uylar qurilmayapti? 
- nima sababdan turar-joy dahalari noqulay loyihalashtirilmoqda, masalan, tez 
yordam xizmati kerakli uyni topishi qiyin? 
- turar joy dahalarini sharqona uslubda qurilishi uchun nimalar qilish kerak? 
- kelgusida aholini ommaviy dam olish joylarida, shahardan tashqarida 
joylashgan aholi yashaydigan maskanlarda kommunal va maishiy xizmatlar qay 
tarzda tashkil etiladi? 
- shaharni ko’kalamzorlashtirish va yoritish qay tarzda loyihalashtiriladi? 
Shuni esda tutish kerakki, shahar avvalambor inson uchun quriladi va shuning 
uchun shaharlar unda hayot kechirish uchun har tomonlama qulay bo’lishi shart. 
O’zbekiston mustaqil bo’lgandan keyin uning hududida yangi sanoat korxonalari, 
muhandislik inshootlari, uy-joy va jamoat binolari, oliy va o’rta maxsus o’quv 
yurtlari, yirik sport inshootlari, madaniy-oqartuv ob’ektlari va hokazolar shahar va 
qishloqlar qiyofasini o’zgartirmoqda, ijtimoiy-iqtisodiy va aholini madaniy 
saviyasini oshirmoqda, respublikani yanada urbanizastiyalanishiga ulkan imkon 
yaratmoqda. 

Download 3.01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Download 3.01 Mb.
Pdf ko'rish