252
2,0 metrni tashkil qiladi. Etakchi eksponatlar oldida 10-15 metrlik bo‘shliq
qoldirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ko‘rgazma zallari (muvaqqat ko‘rgazmalar zallari) – zamonaviy muzeyning
ajralmas qismi.. Ko‘rgazmada namoyish etiladigan ekspozitsiya mavzusi
chegaralanib, bu ekspozitsiyalar, asosan, axborot tusiga ega bo‘ladilar. Shuning
uchun ham, agar muzeylarning doimiy ekspozitsiyasi 7-10 yilda bir marta
o‘zgartirilsa, ko‘rgazmalar ekspozitsiyasi har 1-2 oyda o‘zgarib turadi.
Ekspozitsiyaning tez-tez o‘zgartirilishi, unga nisbatan talablarning o‘zgarib turishi
ko‘rgazma zallari ekspozitsiya zallariga qaraganda moslashuvchanroq (universal)
bo‘lishi talab qiladi. Ko‘rgazmalar zali turli konstruksiyalar va uskunalar
o‘rnatilishi uchun moslashgan bo‘lishi lozim.Ko‘rgazma zali imkon qadar
vestibyulga yaqin joylashgan yoki mustaqil kirish yo‘liga ega bo‘lishi kerak.
Ko‘rgazma zallari qoshida ekspozitsiyani tashkil qilishda ishlatiladigan
uskunalarni saqlash uchun maxsus xona, eksponatlarni vaqtincha saqlash va turli
tayyorgarlik ishlari uchun alohida xonalar ajratilishi maqsadga muvofiqdir.
Muzeyning hajmiy tuzilmasi unga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘pgina omillar sababli
turlicha bo‘lishi mumkin. Lekin, bu masalani hal qilishdagi eng zamonaviy va
maqbul yechim – moslashuvchan rejaviy tuzilmaga va tezkor o‘zgartirish
imoniyatlariga ega universal maydondan foydalanishdir. Muzey zallari tashqi
muhit uchun ochiq bo‘lib, tabiat bilan ideal bog‘lanishi (galereya usuli) yoki
diqqat-e’tibor faqat ekspozitsiya ob’yektiga qaratilishini ta’minlash maqsadida
tashqi muhitdan ajratilgan bo‘lishi mumkin.