II-BOB.ZAMONAVIY O’ZGARUVCHAN BOSIM ASOSIDA GAZ VA SUYUQLIKLAR SARFINI O’LCHASH ASBOBLARI




Download 2,2 Mb.
bet6/13
Sana13.05.2024
Hajmi2,2 Mb.
#229486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
sardor

II-BOB.ZAMONAVIY O’ZGARUVCHAN BOSIM ASOSIDA GAZ VA SUYUQLIKLAR SARFINI O’LCHASH ASBOBLARI.
2.1.Suyuqlik manometrlari
Suyuqlik manometrlarining ishlash prinsipi o‘lchanayotgan ishchi suyuqlikning balandlik ustuni kattaligini tenglashtirishga asoslangan.
Ishchi suyuqlik sifatida o‘lchanadigan ortiqcha bosim va siyraklashuv kattaligiga, shuningdek o‘lchanadigan moddalarning kimyoviy xususiyatiga bog‘liq ravishda quyidagilar qo‘llaniladi: suv, spirt, simob, uncha yuqori yopishqoqlikka ega bo‘lgan madanli moylar.
Gidrostatik usulda ishlashga asoslangan ushbu asbob konstruksiyasining oddiyligi va ishonchliligi, shuningdek yetarlicha yuqori aniqligi – laboratoriya uchun hamda yuqori bo‘lmagan ortiqcha bosimni, siyraklashishni, ikkita bosim farqini, atmosfera bosimini o‘lchash uchun ulaning keng qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.Namunali suyuqlik asboblari ba’zi turdagi manometrlarni, vakuummetrlarni, yuk o‘lchagichlarni, bosim o‘lchagichlarni, barometrlarni, differensial manometrni tekshirish uchun xizmat qiladi.
Tuzilishi bo‘yicha U – simon asbob (2.1.1 – rasm) eng ko‘p tarqalgan va oddiyligidir.U harfi ko‘rinishida egilgan shisha 4 naychadan tashkil togan bo‘lib, taxminan yarmigacha ishchi 3 suyuqlik bilan to‘ldirpilgan. Halqa 1 yordamida naycha 2 taxtaga mahkamlangan bo‘lib, naycha tarmoqlari orasida 5 shkala joylashtirilgan. U – simon asbobning tuzilish sxemasi 2.1.1-rasmda keltirilgan. P1 va P2 bosimlar teng bo‘lganda U – simon naychaning chap va o‘ng tarmog‘idagi suyuqlik sathi shkalaning nol belgisiga qarama – qarshi holda bo‘ladi. Bosimlar teng bo‘lmaganda, masalan, P1>P2, chap tarmoq sathi tushadi, o‘ng tarmoq sathi esa ko‘tariladi.Tajribani ikki mart bajarish kerak: noldan pastga chap tarmoq sathigacha va noldan yuqoriga o‘ng tarmoq sathigacha; olingan qiymatlarni qo‘shish kerak (ularning yig‘indisi h ga teng). Buni ishlashni tavsiya etadi, chunki asbobning ikkala tarmog‘i naychalari diametri bo‘yicha ozgina farqlanishi mumkin. Ushbu holda suyuqlik tarmoqlarda turli miqdorlarda tushadi (chapdagi) va ko‘tariladi (o‘ngdagi). Asbob shkalasi bo‘yicha o‘lchanayotgan kattaliklar qiymatlari (P1 va P2 bosimlar farqi) aniqlanadi:
P1 – P2=hpg,
(bu yerda h – suyuqlikning balangllk farq hajmi; p – ishchi suyuqlik zichligi; g – og‘irlik kuchi tezlanishi.)


Download 2,2 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 2,2 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-BOB.ZAMONAVIY O’ZGARUVCHAN BOSIM ASOSIDA GAZ VA SUYUQLIKLAR SARFINI O’LCHASH ASBOBLARI

Download 2,2 Mb.