|
Gaz va suyuqlik sarfini o`lchash asboblari
|
bet | 5/13 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 2,2 Mb. | | #229486 |
Bog'liq sardor1.2.Gaz va suyuqlik sarfini o`lchash asboblari
Suyuqlikli manometrlar bilan o’lchanadigan bosimning yuqori chegarasi asbobning katta-kichikligiga bog’liq.
Tajribada asboblar 0,196 MN/m2 (2 kgk/sm2) dan oshmaydigan bosimni o’lchash uchchun ishlatiladi.
Mikromanometrlar. Juda kichik bosimlarni o’lchash uchun og’ma naychali mikromanometrlar ishlatiladi.
Naychaning holati og’ma bo’lgani sababli o’lchanayotgan bosimni muvozanatlaydigan suyuqlik ustunining uzunligi:
h = n • sina ,
bunda n- suyuqlik meniskining shkala bo’yicha siljishi, m.
Bunday asboblar 157...980 N/m2 (16...100 mm suv. ust.) chegaradagi bosimlarni o’lchashga muljallangan. Bu asboblarning hatosi ±1,0% dan oshmaydi.
Qalqovichli difmanometrlar. Qalqovichli difmanometrlarning ishlash prinsipi kosali manometrlarnikiga uxshash, ammo ularda bosimni o’lchashda kosadagi suyuqlik sathining o’zgarishi natijasida qalqovichning siljishidan foydalaniladi.
Uzatish qo’rilmasi yordamida qalqovichining siljishi strelkaga uzatiladi. Bu asboblar ko’pincha bosimning o’zgarishini o’lchash uchun ishlatiladi.
1.2.1-rasm. Qalqovichli difmanometr chizmasi.
1.2.1-rasmda qalqovichli difmanometr chizmasi ko’rsatilgan. Katta bosim beriladigan idish musbat, kichik bosim beriladigan idish manfiy deyiladi. Musbat idishga P1 >P2 bosim berilganda undagi suyuqlik sathi h2 ga pasayib, manfiy idishdagi sath h1 ga kutariladi. P1 -P2 bosimlar ayirmasi suyuqlik ustunining h uzunligi orqali muvozanatlashadi:
tizimning muvozanat sharti quyidagi formula orqali ifodalanadi:
P1-P2 =AP = hg • (P-P1)
bunda ЛР - bosimlarning o’zgarishi, N/m2; P- difmanometr ichidagi
suyuqlikning zichligi, kg/m3.
Silindr shaklidagi idishlar uchun bu shart quyidagi tenglama orqali ifodalanadi.
S1h = S 2 h2
h = h + hr...
bunda Si - manfiy idish kesimining yuzasi, m2; S2 - musbat idish kesimining yuzasi, m2;
yoki
nd2/4 = h ^D2/4
bu erda d va D - manfiy va musbat idishlarning diametri, m.
h = h2D2 / d2
(9) ni (6) ga qo’yamiz:
P - P =AP = h2g(1 + D2/d2)
Ma‘lumki asbob uchun (1 + D2 /d2) va (P -P) kattaliklar doimiy bo’lgani uchun ularni K va Ki orqali ifodalaymiz.
P - P = AP = KKh
Shunday qilib, difmanometr idishlaridagi bosimlar ayirmasi
qalqovichning siljishi bilan ta‘riflanadi. Agar musbat idishning hajmi o’zgarmas bo’lib, manfiy idishning diametri va uzunligi o’zgartirilsa. Bosimlar farqini o’lchash chegaralarini o’zgartirish mumkin. (4) va (8) tenglamalarni birgalikda Echamiz tenglamadan D, h va h2 larning berilgan qiymatlaridagi ingichka idishning kerakli diametri aniqlanadi.
Qung’iroqli asboblar kichik bosim va siyraklanishni o’lchashda tyagometr va naporometrlar hamda differensial manometrlar sifatida qo’llaniladi. Ferrodinmaik datchik bilan ta‘minlangan qung’iroqli asbob chizmasi 3-rasmda keltirilgan. Asbobning sezgir unsuri qung’iroq, 4 ning ochiq, tarafi bilan q isman moyga chuktirilgan. Asbobga ikkita naycha ulangan katta bosim qung’iroq ustida, kichik bosim esa uning ichiga beriladi qung’iroq, quzg’almas bachok 3 da joylashgan burchakli richag 1 ga ilinadi qung’iroq hosil qilgan zuriqish prujina 5 orqali muvozanatlanadi. Qung’iroq siljishi bilan bosimning o’zgarishi natijasida richag 1 va ferrodinamik datchik 7 ning ramka o’qi 9 da joylashgan maxsus shesterenka 8 bilan qattiq bog’langan sektori 2 buriladi. Shunday qilib, datchik ramkasining burilish burchagi, binobarin, uning EYK qung’iroqqa ta‘sir ko’rsatuvchi bosimlar farqiga proporsional. Prujina 5 ning tarangligi vint 6 orqali rostlanadi.
Hozirgi paytda bosimning siyraklanishini va bosim o’zgarishlarini o’lchash uchun qung’iroqli asboblarning katta nomenklaturasi chiqariladi. Ko’rsatishlarni masofaga uzatish elektr hamda pnevmatik tizimlar orqali bajariladi. Bosimni o’lchashning chegarasi 98,1 dan 392,4 N/m2 gacha, aniqlik sinfi esa 1,5. Asbobning ikkilamchi asbob shkalasi bo’yicha yo’l quyiladigan asosiy hatosi ±2%.
Xalqali asboblar. Xalqali asboblar kichik bosim, siyraklanish va bosimlar farqini o’lchash uchun muljallangan. Bu asboblarning ishlashi «xalqali tarozi» prinsipiga asoslangan. Bu asboblarning asosiy qismi kovakli metall xalqa 1 dan iborat. Uning prizma uchi harakatsiz tayanchga o’rnatilgan va yarimgacha suyuqlik (suv, moy yoki simob) bilan to’ldirilgan. Xalqaning pastiga 6 og’irlikdagi yuk biriktirilgan. Tusiq 2 va xalqadagi suyuqlik bush joyni 1 va 11 bushliqlarga bo’ladi. Bosim yoki siyraklanishni o’lchaganda xalqa bushliqlaridan biriga elastik naycha ulanadi, ikkinchi bushliq atmosferaga chiqdi. Bosimlar farqini o’lchash kerak bo’lsa xalqa bushliqlarining ikkalasiga ham naychalar ulanadi. Agar 1 va 11 bushliqlaridagi bosim bir xil (Pi =₽2) bo’lsa, tusiqqa ikki tomondan ko’rsatiladigan kuch ham teng bo’ladi. Unda xalqa muvozanat holatda bo’ladi , a)
Masalan, 1-bushliqdagi bosim, 2-bushliqdagi bosimdan kattaroq, (Pi >P2) bo’lsa, bosimlar farqi (Pi -P2) ning tusiq yuzasi 5 ga ko’rsatadigan ta‘siri natijasida aylantiruvchi moment hosil bo’ladi:
M aün = (P - P2)SR
bu erda S - tusiq yuzasi; R- xalqaning urtacha radiusi.
Shu aylantiruvchi moment tufayli xalqa tayanch nuqtasi atrofida soat strelkasi yo’nalishida aylanadi.
|
| |