|
Texnik manometr (-0,1)-(+24) кгс/sм2 МVPZ-Um
|
bet | 9/13 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 2,2 Mb. | | #229486 |
Bog'liq sardor2.6.Texnik manometr (-0,1)-(+24) кгс/sм2 МVPZ-Um
A gressiv bo'lmagan, kristallanmaydigan suyuqliklar, bug', gazlarning (shu jumladan kislorod) ortiqcha va vakuum bosimini o'lchash uchun mo'ljallangan. Qo'llash sohasi:issiqlik ta'minoti; suv ta'minoti; mashinasozlik.
Maxsus xususiyatlar
|
Parametrlar
|
Suyuqlik harorati
|
maksimal + 55 ° C
|
Ish bosimi (maksimal)
|
To'liq o'lchov 70% dan oshmasligi kerak.
|
Xat yozish
|
МVPZ-Um
|
|
|
Aniqlik klassi
|
CL 2.3
|
Atrof-muhit harorati
|
- 15 ... + 55 ° C
|
Himoya toifasi
|
IP65
|
Mexanik tebranish sinovi
|
10Hz-150Hz 1 oktava/min - 3 eksa
|
Mexanik zarba sinov yuki
|
14 g
|
Maxsus xususiyatlar
|
Parametrlar
|
Haddan tashqari bosimni
|
>40 bar PN x 1,15
|
cheklash
|
<40 bar PN x 1,25
|
Saqlash harorati
|
-15 ... +65 ° C
|
Strukturaviy xususiyatlar
|
|
O'rnatish turi
|
Pastki ulanish
|
Masshtab birliklari
|
bar (psi)
|
Masshtab diapazoni (PN)
|
0/0,6 0/1 0/1.6 0/2,5 0/4 0/6 0/10 0/16 0/25 0/40 0/60 0/100 0/160 0/250 0 - 315 0/400 0/600
|
Maxsus xususiyatlar
|
Parametrlar
|
Vakuum shkalasi diapazoni
|
-760 / 0 mmHg
-10 -1 / +0,6 -1 / +1,5 -1 / +3 -1 / +5 - 1 / +9 -1 / +15 -1 / +24
|
Ramka
|
zanglamaydigan po'lat AISI-304 po'latdir
|
Masshtabli jant
|
zanglamaydigan po'lat AISI-304 po'latdir
|
Mexanizm
|
Guruch
|
Oyna
|
Polikarbonat
|
Namlangan qismlar
|
mis qotishmasi
|
Ulanish
|
G 1/2'' B
|
Soat yuzi
|
alyuminiy
|
Pointer
|
Plastik
|
Payvandlash
|
Lehimlash
|
suyuqlik bilan to'ldiring
|
Glitserin
|
III-BOB.O’ZGARMAS BOSIM VA SUYUQLIK SARFINI O’LCHOVCHI ASBOBLAR TAHLILI.
3.1.Suyuqlik manometrlarining metrologik tahlili.
Bosimni o'lchash asboblari o'lchanayotgan kattalikning turiga va ishlash usuliga ko'ra tasniflanadi. O'lchanayotgan kattalikning turiga ko'ra bosimni va siyraklanishni o'lchaydigan asboblar quyidagilarga bo'linadi: barometrlar -atmosfera bosimini o'lchash uchun mo'ljallangan; manometrlar - ortiqcha bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan; differensial manometrlar - bosimlar farqini o'lchash uchun mo'ljallangan; vakuummetrlar - siyraklangan bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan; manovakuummetrlar - ortiqcha hamda siyraklashgan bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan. Kichik hajmdagi (40 kPa gacha) bosim, siyraklanish va bosimlar farqini o'lchash uchun mo'ljallangan asboblar naporomerlar, tyagomerlar va tyagonaporomerlar deyiladi. Ishlash usuliga ko'ra bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan asboblar to'rt guruhga bo'linadi: 1. Suyuqlikli manometrlar, ularda o'lchanayotgan bosim suyuqlik ustuni hosil qilgan bosim bilan muvozanatlashib, uning balandligi bo'yicha bosim qiymati aniqlanadi. 2. Deformatsion (prujinali) manometrlar, bu asboblarda o'lchanayotgan bosim turli konstruksiyadagi egiluvchan elementlarning deformatsiyalanish qiymati yoki ularda hosil bo'ladigan kuch qiymati bilan aniqlanadi. 3. Yuk porshenli manometrlar, ularda o'lchanayotgan bosim porshen massasi yoki qo'shimcha yuklar hosil qiladigan bosim bilan muvozanatlashadi. 4. Elektrik manometrlarning ishlashi ma'lum materiallarning ularga tashqi bosim ta'sir etganda elektrik xususiyatlarining o'zgarishiga asoslangan.
Suyuqlik manometrlari tahlili.
3.1.1-rasm.Suyuqlik manometrlarining turlanishi.
3.1.1-rasmda suyuqlik manometrlarining uch xil turlari ta’svirlangan: a) U simon; b) kosali; d) qiya trubali maxsus kosali.
U simon manometr U shaklida buklangan shisha trubkadan iborat bo'lib, shisha trubka ishchi suyuqlik bilan sathi ikkala trubkada ham bir xil balandlikka ega bo'ladi (ya'ni daraja ko'rsatkichining 0 belgisida bo'ladi). Shisha trubkaning bir uchi bosimi P o'lchanishi kerak bo'lgan muhitga ulanadi, ikkinchi uchi esa atmosfera bilan tutashadi.Ko'rsatish darajasi bo'yicha hisob bajariladi.
Trubkalardagi sathlar farqi h,ishchi suyuqlikning zichligi ρ hamda atmosfera bosimi bilan birgalikda suyuqlikning balandligi hosil qilgan kuch yordamida ortiqcha bosim Portaniqlanadi:
;
U simon manometrlarning yuqori o'lchash chegarasi 10 kPa gacha bo'lib, o'lchash xatoligi 2 % dan oshmaydi. U simon manometrlar siyraklanish va bosimlar farqini o'lchash uchun ham qo'llaniladi. Har bir o'lchashda ikki marta (ikki shkalada) hisob olib borilishi ularning kamchiligi hisoblanadi.
3.1.2-rasm.U-simon bosim o’lchagich.
Yuqoridagi kamchilik ikki xil turli diametrli idishdan iborat kosali manometrlarda qisman bartaraf etiladi.O'lchanayotgan bosim P ta'sirida kosada suyuqlik sathi h balandlikka kamayadi, trubkada esa h balandlikka ko'tariladi (trubkaning diametri kosaning diametriga qaraganda bir necha marta kichik). Sathlar farqi h kosali manometrlarda asosan ingichka trubkada ishchi suyuqlik h1 > h2 holatni ta'minlaydigan darajada so'rish natijasida erishiladi.Kosali manometrlarning yuqori o'lchash chegarasi 10 kPa bo'lib, o'lchash xatoligi 0,4...0,25%nitashkil qiladi.Kichik hajmdagi ortiqcha bosim va siyraklanishlarni aniq o'lchashda qiya trubkali maxsus kosali manometrlar ishlatiladi. Trubka burilish burchaginino'zgarishi h balandlikning kichik qiymatlarida ham ko'proq aniqlikda o'lchash imkonin yaratadi.Shishali suyuqlikli manometrlar ko'rsatishini yozish va uni masofaga uzatishga moslanmagan. Shuning uchun ham ulardan faqat mahalliy o'lchovlarda hamda boshqa sistemadagi manometrlarni tekshirish va darajalashda foydalaniladi.
40>
|
| |