|
Shovqin o’lchash qurilmasining elementlari
|
bet | 2/3 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 1,67 Mb. | | #115460 |
Bog'liq chiziqli va akustik o\'lchashlar (2) Asbob shkalasi 5 10.2 − /Nm2 tovush bosimining o’rtacha kvadratik darajasiga nisbatan detsibellarda darajalanadi. Shovqin o’lchash qurilmasi kuchlanishni har 10 yoki 20 detsibeldan keyin bosqichli taqsimlagich – attenyuator bilan jihozlangan.
Chastotasi bo’yicha shovqinlar uch sinfga bo’linadi:
1-past chastotali-350 Gs gacha;
2-o’rta chastotali-350 dan 800 Gs gacha;
3-yuqori chastotali-800 Gs dan yuqori bo’lgan chastotali.
Inson tanasiga ta’siri bo’yicha yuqori chastotali shovqinlar zararli hisoblanadi.
Shovqinlar tovush bosimi, chastotasi, shovqin turi (tonal, keng mintaqali, impulsli) va ta’sir qilish vaqtining uzunligi bilan normalashtiriladi
Ba’zan yuklama oshib ketishining oldini olish uchun ikkita attenyuator qo’llaniladi. Bu esa shovqin o’lchash qurilmasidan 20 dan to 140 dB gacha bo’lgan dinamik o’lchash diapazonda foydalanish imkonini beradi.
Tovush bosimining o’lchanadigan darajasi attenyuatorlar va suyuq kristalli raqamli indikator ko’rsatkichlarining yig’indisi bilan aniqlanadi.
Pulsatsiyalanuvchi, ya’ni sakrab o’zgaruvchi shovqin tebranishlarini baholash uchun shovqin o’lchash qurilmasi raqamli indikator ko’rsatkichlarining “tez” va “sekin” dempfirlash rostlashiga ega.
Bunda muntazam xatolikni bir necha marta kamayishi ta’minlanadi.
. . O.
Akustik o’lchashlarni aniqligi yuqori bo’lishi uchun attenyuatorning kuchlanishni o’zgartirish qadami yetarlicha kichik bo’lishi lozim, binobarin, kuchlanish juda oxista o’zgartiriladi va keyingi o’lchash qurilmasiga uzatiladi
Shovqin o’lchash qurilmasida uch komplekt filtrlar mavjud bo’lib, ular kerakli chastota xarakteristikasi shaklini ta’minlaydi.
1- past tembrli tovushlar uchun ~ 40 fon ( 20 - 55) ;
2- o’rtacha tembrli tovushlar uchun ~ 70 fon (55- 85 fon) ;
3- yuqori tembrli tovushlar uchun ~100 fon (85- 130 fon) fon diapazonida ishlatiladi.
Datchiklarning aniq va ishonchli ishi, butun tizim ishini tegishli asosiy ko'rsatkichlarini belgilab beradi. Datchiklar yuqori ta'sirchanlik (sezgirlik) va aniqlikka, uzoq xizmat muddati va ishda beshikastlikka, kichik o'lcham va og'irlikka, hamda past narxga ega bo'lishlari kerak.
Dаtchiklаr turidаn qаt`iy nаzаr ulаrgа quyidаgi аsоsiy tеxnik tаlаblаr qo’yilаdi: аniqlik, sеzgirlik, tеzkоrlilik, ishоnchlilik, nаrxi, o’lchаmlаri, оg’irligi
Shartli ravishda, datchiklarni qabul qiluvchi, oraliq va ijrochi qismlardan iborat deb hisoblash mumkin. Qabul qiluvchi qismi, kirish x miqdorini o'zgarishiga ta'sirlanib, uni qandaydir oraliq miqdorga o'zgartiradi. Bu miqdor, shunga o'xshash fizikaviy miqdorning etalon (namuna) qiymati bilan taqqoslanadi. So'ngra esa, bu datchikni ijrochi qismiga tasir etib, chiqish y signalini shakllantiradi
Kirish x miqdorini fizikaviy tarkibiga qarab–elektr, issiqlik, mexanik, optik, akustik, suyuqlik va gaz datchiklarini ajratishadi. Elektr datchiklar–tok, kuchlanish, quvvat, chastota, magnit oqimni; issiqlik datchiklar–harorat va issiqlik miqdorini; mexanik datchiklar–kuch, bosim, siljish, tezlik, tezlanish; optik datchiklar–nur kuchi, yoritilishni; akustik datchiklar–tovush kuchi, uni chastotasi, quvvatini; suyuqlik va gaz datchiklari-bosim va tezlikni o'lchashadi
3. Datchik va uning turlari.
|
| |