|
Elektron o‘lchash asboblarini o‘lchash usullari
|
bet | 2/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 432,4 Kb. | | #233426 |
Bog'liq metrologiyaElektron o‘lchash asboblarini o‘lchash usullari
Umuman o‘lchash juda xilma-xil yo‘sinda o‘tkazilishi mumkin. Bu, albatta, o‘lchanadigan elektrik va noelektrik kattaliklarning ko‘pligiga, ularning vaqt bo‘yicha har xil xarakterda o‘zgarishiga, o‘lchash aniqligiga, qo‘yiladigan har xil talablarga va o‘lchash natijalarining har xil yo‘l bilan olinishiga bog‘liqdir.
Metodologik nuqtayi nazardan o‘lchash natijasi qanday usulda olinishiga qarab, o‘lchash quyidagi turlarga bo‘linadi:
Bevosita o’lchash
Bilvosita o’lchash
Birgalikda o’lchash
Bevosita o‘lchash — natija bevosita tajriba orqali olinsa, bunda bevosita o‘lchashni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
X = Y
bu yerda: X — o‘lchanadigan kattalik, Y — tajriba natijasi.
Bilvosita o‘lchash. Bunda natija bevosita o‘lchashlar asosida topiladi.
X = f (Y ); X = f (Y1, Y2, ..., Yn).
Birgalikda o‘lchash. Izlanayotgan kattalik tenglamalar sistemasi- ning yechimidan topilib, bunda tenglamaning parametrlari bevosita va bilvosita o‘lchashlar natijasida hisoblanadi:
Y1(Y1 Y2 Y3, ..., X 1', X 2', X 3', ...) = 0;
Y2(Y1 Y2 Y3, ..., X 1", X 2", X 3", ...) = 0;
- Masalan, tarozi toshi yordamida massani aniqlash. O‘lchov bilan taqqoslash usulining bir nechta turlari mavjud:
- Ayirmali o‘lchash (differensial) usuli — o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib, o‘lchanayotgan kattalikning va o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasi (farqi)ning o‘lchash asbobiga ta'sir qilish usuli. Misol qilib uzunlik o‘lchovini qiyoslashda uni kom- paratorda namunaviy o‘lchov bilan taqqoslab o‘tkaziladigan o‘lchashni keltirish mumkin. Yoki, voltmetr yordamida ikki kuchlanish orasidagi farqni o‘lchash, bunda kuchlanishlardan biri juda yuqori aniqlikda ma'lum bo‘lib, ikkinchisi esa izlanayotgan kattalik hisoblanadi:
-
- ΔU = U0 — Ux; Ux = U0 — ΔU.
- Ux bilan U0 qancha yaqin bo‘lsa, o‘lchash natijasi ham shunchalik aniq bo‘ladi.
Nolga keltirish usuli — bu ham o‘lchov bilan taqqoslash usulining bir turi hisoblanadi. Bunda kattalikning taqqoslash asbobiga ta'siri natijasini nolga keltirish lozim bo‘ladi. Masalan, elektr qarshiligini qarshiliklar ko‘prigi bilan to‘la muvozanatlashtirib o‘lchash
O‘rindoshlik usuli — o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib, o‘lchanayotgan kattalikning o‘lchov orqali yaratilgan ma'lum qiymatli kattalik bilan o‘rin almashishiga asoslangan. Misol, o‘lchanadigan massa bilan tarozi toshini bir pallaga galma-gal qo‘yib o‘lchash yoki qarshiliklar magazini yordamida tekshirilayotgan rezistorning qarshiligini topiladi
|
| |