• Kelib chiqi sh i sababi ( sharoiti)ga ko‘ra
  • O‘lchash sharoiti tartiblariga ko‘ra




    Download 432,4 Kb.
    bet4/6
    Sana14.05.2024
    Hajmi432,4 Kb.
    #233426
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    metrologiya

    O‘lchash sharoiti tartiblariga ko‘ra

    • Statik xatoliklar — vaqt mobaynida kattalikning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan xatoliklar. O‘lchash vositalarining statik xatoligi shu vosita bilan o‘zgarmas kattalikni o‘lchashda hosil bo‘ladi. Agar o‘lchash vositasining pasportida statik sharoitlardagi o‘lchashning chegaraviy xatoliklari ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda bu ma'lumotlar dinamik sharoit- lardagi aniqlikni tavsiflashga nisbatan tatbiq etila olmaydi.
    • Dinamik xatoliklar — o‘lchanayotgan kattalikning vaqt mobaynida o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan xatoliklar sanaladi. Dinamik xatoliklarning vujudga kelishi o‘lchash vositalarining o‘lchash zanjiridagi tarkibiy elementlarning inersiyasi tufayli deb izohlanadi. Bunda o‘lchash zanjiridagi o‘zgarishlar oniy tarzda emas, balki muayyan vaqt davomida amalga oshirilishi asosiy sabab bo‘ladi.

    Kelib chiqi sh i sababi ( sharoiti)ga ko‘ra

      • Asosiy va qo‘shimcha xatoliklarga bo‘linadi.

      • Normal (graduirovka) sharoitda ishlatiladigan asboblarda hosil bo‘ladigani asosiy xatolik deyiladi. Normal sharoit deganda temperatura 20˚C ± 5˚C, havo namligi 65% ± 15%, atmosfera bosimi
        (750±30) mm Hg, ta'minlash kuchlanishi nominalidan ± 2%
        o‘zgarishi mumkin va boshqalar.
        Agar asbob shu sharoitdan farqli bo‘lgan tashqi sharoitda ishlatilsa, hosil bo‘ladigan xatolik qo‘shimcha xatolik deyiladi.
      • Mohiyati, tavsiflari va bartaraf etish imkoniyatlariga ko‘ra:
    • muntazam xatoliklar;
    • tasodifiy xatoliklar;
    • qo‘pol xatoliklar yoki yanglishuv.

    • Munta am xatolik deb, umumiy xatolikning takroriy o‘lchashlar mobaynida muayyan qonuniyat asosida hosil bo‘ladigan, saqlanadigan yoki o‘zgaradigan tashkil etuvchisiga aytiladi.

    Umumiy xatolikni quyidagicha tasvirla- shimiz mumkin.
    Muntazam xatoliklarning kelib chiqish sabablari turli-tuman bo‘lib, tahlil va tekshiruv asosida ularni aniqlash va qisman yoki butkul bartaraf etish mumkin bo‘ladi. Muntazam xatoliklarning asosiy guruhlari quyidagilar hisoblanadi:
      • uslubiy xatoliklar;
      • asbob (qurilma) xatoliklar;

      • subyektiv xatoliklar. O‘lchash usulining nazariy jihatdan aniq asoslanmaganligi natijasida uslubiy xatolik kelib chiqadi.
        O‘lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib chiqadigan xatolik asbob xatoligi deb ataladi. Masalan: asbob shka- lasining noto‘g‘ri darajalanishi, qo‘zg‘aluvchan qismining noto‘g‘ri mahkamlanishi va hokazolar.
        Subyektiv xatolik — kuzatuvchining aybi bilan kelib chiqadigan xatolikdir.

    Download 432,4 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 432,4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘lchash sharoiti tartiblariga ko‘ra

    Download 432,4 Kb.