|
Toshkent Axbarot Texnologiyalar Universiteting ”Telekomunikatsiyalar”fakultetining 414-21-guruh talabasi Anorboyev Ramazon metrologiya va standartlashtirish fanidan bajargan ishi. Elektron o‘lchash asboblari
|
bet | 5/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 432,4 Kb. | | #233426 |
Bog'liq metrologiyaElektron o’lchash asboblari
Elektron asboblar elektrovakuumli yoki yarim o‘tkazgichli diodlardan, kuchaytirgichdan va magnitoelektrik o‘lchash mexaniz- midan iborat bo‘ladi. 10.1-rasm a va b da o‘zgaruvchan tok zanjirida ishlatiladigan elektron voltmetrlarning tuzilishi sxemalari keltirilgan.
xemalarning asosiy qismlari T — to‘g‘rilagich, O‘TK — o‘zgar- mas tok kuchaytirgichi, K — o‘zgaruvchan tok kuchaytirgichi va O‘M — magnitoelektrik o‘lchash mexanizmlaridan iborat. 10.1-a rasmda ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha ishlangan voltmetrlar universal asbob sifatida ishlatilib, ularda yuqori chastotali diodlarning qo‘lla- nilishi hisobiga chastota bo‘yicha diapazon 20—30 Hz dan to 100— 300 MHz gacha yetishi mumkin.
10.1-b rasm tuzilishi sxemasi bo‘yicha ishlangan elektron voltmetr- ning sezgirligi va aniqligi yuqori bo‘lsada, chastota diapazoni birmuncha kamroq. O‘zgarmas tok zanjirlarida ishlatiladigan elektron voltmetrlar 10.2-rasmda ko‘rsatilgan.
xemadagi belgilar: M — modulator (o‘zgarmas kuchlanishni o‘zgaruvchan kuchlanishga o‘zgartiruvchi elektromexanik yoki yarim o‘tkazgichli modulator; K — kuchaytirgich; T — to‘g‘rilagich
a — o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektron voltmetri;
b — o‘zgaruvchan tok elektron voltmetrning tuzilishi sxemalari
Elektron voltmetr yordamida o‘zgaruvchan kuchlanishning qanday qiymati o‘lchanishiga qarab, ularni bir-biridan (o‘rtacha qiymatli, ta'sir etuvchi va amplituda qiymatli) farqlash zarur. O‘lchanadigan kuchlanishlar (o‘rtacha qiymatli, ta'sir etuvchi qiymatli, amplituda qiymatli) bir-biri bilan amplituda koeffitsienti K , egri chiziq shakli koeffitsienti Kf bilan quyidagicha bog‘langan bo‘ladi
K = Um/Uo‘r.
O‘rtacha qiymatli elektron voltmetrlar asosan bitta yarim davrli va ikkita yarim davrli to‘g‘rilash sxemalari bo‘yicha ishlanib, ularda volt-amper xarakteristikasining chiziqli uchastkasida to‘g‘rilaydigan yarim o‘tkazgichli diodlar ishlatiladi. huning uchun ham tokning o‘rtacha qiymati o‘lchanadigan o‘zgaruvchan kuchlanishning o‘rtacha qiymatiga proporsional bo‘ladi yoki
Ta'sir etuvchi qiymatli voltmetrlarda esa ularning shkalasi to‘g‘rilagich volt-amper xarakteristikasining kvadratik uchastkasi i = aU 2 bo‘yicha (U > 0 bo‘lganda) darajalanadi. Bu holda, tokning o‘rtacha qiymati bilan kuchlanishning ta'sir etuvchi qiymatining
o‘zaro bog‘liqligi quyidagicha ifodalanadi:
Elektron voltmetrlarda termoelektrik o‘zgartkichlarning ishlatilishi bilan ularning shkalasi tekis darajalanishi mumkin,
o‘lchash natijalarini avtomatik tarzda qayta ishlash, qayd qilish va boshqarishda muhim ahamiyatga ega
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Toshkent Axbarot Texnologiyalar Universiteting ”Telekomunikatsiyalar”fakultetining 414-21-guruh talabasi Anorboyev Ramazon metrologiya va standartlashtirish fanidan bajargan ishi. Elektron o‘lchash asboblari
|