• Toshkent 2024 “ Simsiz tarmoqlar ” fandan Mavzu: Wi-Fi simsiz texnologiyalarining yangi standartlari. Wi-Max simsiz texnologiyalari. Reja
  • Toshkent axborot texnologiy




    Download 1,11 Mb.
    bet1/4
    Sana24.05.2024
    Hajmi1,11 Mb.
    #252379
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Simsiz tarmoqlar Abdullayev F — M1


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    Simsiz tarmoqlar”
    fanidan
    MUSTAQIL ISH
    Bajardi: 0140-21 guruh talabasi Abdullayev F.
    Qabul qildi: Isroilov J.


    Toshkent 2024
    Simsiz tarmoqlar” fandan
    Mavzu: Wi-Fi simsiz texnologiyalarining yangi standartlari. Wi-Max simsiz texnologiyalari.
    Reja:

    1. Asosiy xarakteristikalari.

    2. Ishlash printsplari va rejimlari.

    Worldwide Interoperability for Microware Acces (WiMAX, inglizchadan, O‘YuCh diapazonida ulanish bo‘yicha butun dunyo hamkorligi) - bu IEEE instituti (802.16 guruhi) tomonidan standartlashtirilgan katta masofalarda “so‘nggi milya” muammosini («So‘nggi mil» deb abonent uskunasini provayderning (aloqa operatorining) ulanish nuqtasi bilan bog‘lovchi kanal tushuniladi. Masalan, Internet tarmog‘iga ulanishda so‘nggi milya deb provayderning kommutatori portidan to abonentning marshrutizatori portigacha bo‘lgan qism nazarda tutiladi) alternativ yechimi sifatida qayd qilingan simli liniyalar va kabel texnologiyalarini to‘ldiruvchi keng polosali simsiz ulanish texnologiyasidir. WiMAX texnologiyasidan shahar miqyosida keng polosali ulanish tarmoqlarini (ingl. Metropolitan Area Networks, MAN) yaratish, simsiz ulanish nuqtalarini tashkil qilish (“nuqta - ko‘p nuqta” rejimi), bir-biridan olis ob’ektlar orasida yuqori sifatli aloqa tashkil etish (“nuqta - nuqta” rejimi) va shunga o‘xshash masalalarni yechish uchun foydalanish mumkin.
    WiMAX ma’lumot uzatish tezligi bo‘yicha simli tarmoqlar bilan taqqoslana oladigan va unumdorlik hamda qoplash bo‘yicha zamonaviy Wi-Fi tarmoqlaridan yuqoriroq bo‘lgan Internetga tezkor ulanish uchun yaratilgan texnologiya hisoblanadi. O‘z navbatida, aynan Wi-Fi lokal tarmoqlari yoki foydalanuvchilarning turli tijorat va maishiy simli tarmoqlari WiMAX “magistral tarmoqlari”ning davomi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ideal holatda, WiMAX, soha standartlariga asoslangan bo‘lib, shaharlar va qishloqlarda uy foydalanuvchilari, korxonalar va mobil simsiz tarmoqlar uchun yuqori tezlikdagi, shu bilan birga, nisbatan qimmat bo‘lmagan aloqani tashkil etish uchun ishlab chiqilgan texnologiya hisoblanadi.

    Download 1,11 Mb.
      1   2   3   4




    Download 1,11 Mb.