|
WiMAX tarmog‘ini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari
|
bet | 4/4 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 1,11 Mb. | | #252379 |
Bog'liq Simsiz tarmoqlar Abdullayev F — M1WiMAX tarmog‘ini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari
IEEE802.16 standarti shahar va rayonlar masshtabidagi simsiz tarmoqlarda keng polosali aloqa tashkil qilish mo‘ljallangan (WMAN). Standartning boshqa vazifasi lokal, hududiy va global tarmoqlar o‘rtasida o‘zaro aloqani ta’minlash hisoblanadi. Bu tarmoqlar shuningdek simsiz shaxsiy tarmoqlar bilan ham birgalikda ishlaydi va simli va simsiz tarmoqlar orasida protokollararo ierarxik bog‘lanishni ta’minlovchi simsiz ko‘priklarni vujudga keltiradi.
Bu vazifalarni bajarish uchun WiMAX tarmog‘ini tashkil etishning turli variantlari ko‘rib chiqilgan. Umumiy holatda WiMAX tarmog‘i topologiyasi quyidagi ko‘rinishda tasvirlanadi (1.2-rasm.): 1.2-rasm. WiMAX tarmog‘i topologiyasi
WiMAX tizimlarida avval magistral liniyalarni tashkil etish uchun 10- 66MGs dastota diapazonidan foydalanish qo‘zda tutilgan, hozirgi foydalaniladigan versiyalarida esa 2 dan 11 MGs dastota diapazonida 3,5; 5; 7,5; 8,75 va 10 MGs kanal kengligida ishlaydi. Bunda ±10-6 chegarada chastota barqarorligini ta’minlash zarur. Tarmoq baza stansiyalari binolar tomlarida yoki machtalarda joylashtiriladi. Shuningdek, turli baland inshootlardan,simyog‘ochlardan va, hattoki, daraxtlardan baza stansiyalarni o‘rnatishda foydalanish mumkin. Biror hududdagi ko‘p sonli abonentlarga simsiz keng polosali ma’lumotlar uzatish xizmatini taqdim etish uchun WiMAX baza stansiyalari abonent uskunalari bilan “nuqta- ko‘p nuqta” topologiyada aloqani amalga oshiradi (1.3-rasm). Bu chizma bo‘yicha BS WiMAX abonenti uskunalari yordamida foydalanuvchilar bilan bog‘lanadilar, keyin signal Ethernet-kabel standarti bo‘yicha yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniq kompyuterga, yoki IEEE 802.11 (Wi-Fi) ulanish nuqtasi orqali qabul qilinadi. Bu WiMAX orqali kabelli ulanishdan simsiz ulanishga o‘tishda mavjud hudud yoki ofis tizimidagi lokal tarmoqlarning infrastrukturasini saqlab qolish imkonini beradi. Bundan tashqari kompyuterlar ulanishi uchun standart texnologiyalardan foydalanuvchi tarmoqlarni yoyishni maksimal darajada kengaytirish imkonini beradi. 1.3-rasm. «Nuqta-ko‘p nuqta» rejimida WiMAX tarmog‘i topologiyasi
Uzoqlashtirilgan ob’ektlar orasida simsiz keng polosali aloqani tashkil qilish uchun «nuqta-nuqta» rejimidan foydalaniladi (1.4-rasm). 1.4-rasm. “Nuqta-nuqta” rejimidagi WiMAX tarmog‘ining topologiyasi
«Nuqta-nuqta» rejimida turli tarmoq ko‘rinishlari va ularning kombinatsiyalaridan foydalaniladi. 1.5-rasmda WiMAX tizimi uchun qo‘llaniluvchi turli ko‘rinishdagi tarmoq topologiyalari tasvirlangan.
1.5-rasm. “Nuqta-nuqta” rejimidagi WiMAX tarmog‘ining ko‘rinishlari
WiMAX tarmoqlarida shuningdek «mesh» rejimida aloqa tashkil qilish mumkin,bunda AU to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir-biri bilan aloqani amalga oshiradi, bazaviy stansiyasi esa asosiy tarmoqlar infrastrukturasi va mesh tarmoqlari o‘rtasida kommutator hisoblanadi. (1.6-rasm). «mesh» rejimini qo‘llash natijasida tarmoqning radioqoplam zonasi yuqori tezlikda ma’lumot uzatishni ta’minlash bilan 50 km gacha oshadi, bu holda bitta BS ning oddiy holdagi radiusi 5-10 kmni tashkil etadi.
WiMAX tarmoqlari «ko‘p nuqta - ko‘p nuqta» rejimida qurilishi mumkin, shuningdek u «nuqta-ko‘pnuqta» rejimini ham ta’minlaydi. (1.7-rasm).
Bunda BS lokal trafikni tashkil qilish uchun radioterminal yoki takrorlagich bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar oqimi abonentga yetib borguncha, bir necha takrorligichlardan o‘tishi mumkin. Bu holatda antenna masofadan sozlanadigan tor yo‘nalishda signal uzatuvchi antenna bo‘ladi. Takrorlagichlar aloqa qilinuvchi nuqtalar orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish imkoni bo‘lmagan vaziyatlarda fo‘llaniladi. Ular BS dan bir yoki bir necha abonent uskunalariga signal uzatadi. WiMAX tizimlari uskunalari o‘z ichiga abonent terminallarini, asosiy tarmoq uskunalarini, tugunlararo kanallarni va takrorlagichlarni oladi.
1.6-rasm. «Mesh» rejimida WiMAX tarmog‘i topologiyasi
1.7-rasm. «Ko‘p nuqta - ko‘p nuqta» rejimidagi WiMAX tarmog‘ining topologiyasi
|
| |