• WiMAX tarmog‘ining ishlash rejimlari
  • Wimax tizimlarining ishlash printsiplari




    Download 1,11 Mb.
    bet2/4
    Sana24.05.2024
    Hajmi1,11 Mb.
    #252379
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Simsiz tarmoqlar Abdullayev F — M1

    Wimax tizimlarining ishlash printsiplari WiMAX tizimi quyidagi ikki asosiy qismlardan tashkil topgan: 1. WiMAX bazaviy stansiyasi baland ob’ektda yoki minoradi joylashishi mumkin. 2. WiMAX qabullagichi : qabullagichli antenna (1.1-rasm). Bazaviy stansiya va mijoz qabullagichi orasidagi bog‘lanish O‘YuCh 2-11 GGs diapazonda amalga oshiriladi. Bu bog‘lanish ideal sharoitlarda ma’lumotlarni 20 Mbit/sekund tezlikda uzatish imkoniyatini beradi va stansiya foydalanuvchidan ko‘rish zonasi masofasida bo‘lishini talb qilmaydi. WiMAX bazaviy stansiyasining bu rejimi keng ishlatiladigan 802.11 (Wi-Fi) standartga yaqin, bu WiMAX da ham chiqarilgan mijoz qurilmalarining moslashishiga ruxsat etadi.
    1.1-rasm. WiMAX arxitekturasi
    Qo‘shni bazaviy stansiyalar orasida to‘g‘ri ko‘rinishdagi 10-66 GGs o‘ta yuqori chastotalardan foydalanishli radioaloqa doimiy bog‘lanish o‘rnatiladi. Bu bog‘lanish ideal sharoitlarda ma’lumotlarni 120 Mbit/sekund tezlikda uzatish imkoniyatini beradi. To‘g‘ri ko‘rinish bo‘yicha chegaralash, tabiiyki, avzallik emas, lekin u faqat tumanni butunlay qamrab olishda qatnashadigan bazaviy stansiyalarga qo‘yiladi, bu qurilmalarni joylashtirishda ishlatilishi mumkin stansiyalardan biri .
    Minimum darajada bazaviy stansiya keng polosali katta tezlikli bog‘lanish orqali provayder tarmog‘iga doimiy ulanishi mumkin. Qancha ko‘p stansiyalar provayder tarmog‘iga ulanishga ega bo‘lsa, mu’lumoilrni uzatish tezligi va ishonchliligi shunchalik katta bo‘ladi. Lekin, hatto nuqtalar soni uncha katta bo‘lmaganda ham tizim sotali topologiya hisobiga yuklamani aniq taqsimlashga qodir bo‘ladi.


    WiMAX tarmog‘ining ishlash rejimlari
    Hozirgi kunda keng tarqalgan va asosiy standart hisoblanuvchi WiMAX standartining ikkita versiyasi mavjud: IEEE 802.16d va IEEE 802.16e IEEE 802.16d standarti qayd etilgan aloqali simsiz ulanishni tavsiflaydi va uzoqlashtirilgan stasionar abonentlar ulanishi uchun mo‘ljallangan. O‘z texnik xarakteristikasiga ko‘ra (o‘tkazish polosasi 20 MGs chastota polosasida 75 Mbit/sek. gacha yetadi, aloqa masofasi 50 kmgacha), bu standart turli variantdagi simli keng polosali abonent ulanish usullarining alternativ varianti hisoblanadi.
    IEEE 802.16e standarti harakatdagi foydalanuvchilar uchun keng polosali “mobil” xizmatlarni ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Ushbu standartda maksimal ma’lumot uzatish tezligi 5 MGs chastota polosasida 20 Mbit/sekundni tashkil etadi, aloqa masofasi – 5-10 kmga teng. IEEE 802.16e standarti BS va AQ (abonent qurilmasi) orasida bog‘lanishda mobillik (harakatchanlik) jihatdan ayniqsa takomillashgan hisoblanib, shuningdek avvalgi barcha standartlarning imkoniyatlarini ham o‘z ichiga oladi va quyidagi rejimlarda ishlaydi.:
    Fiksatsiyalangan aloqali (bir joydan qo‘zg‘almay yoki stasionar holatda) ulanish (ingl. Fixed WiMAX);
    Seansli ulanish (ingl. Nomadic WiMAX);
    Ko‘chma yoki siljish rejimidagi ulanish (ingl. Portable WiMAX);
    Mobil ulanish (ingl. Mobile WiMAX). 54 WiMAX tarmog‘i ishlash rejimlarini batafsil ko‘rib chiqamiz.

    Download 1,11 Mb.
    1   2   3   4




    Download 1,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Wimax tizimlarining ishlash printsiplari

    Download 1,11 Mb.