• Himoyalangan operasion tizimni yaratishdagi yondashishlar.
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi




    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet112/191
    Sana13.01.2024
    Hajmi2,72 Mb.
    #136339
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   191
    Bog'liq
    61b762c5e6d666.07483815

    IX bob. OPERASION TIZIM HIMOYASI 
     
    9.1. Operasion tizim xavfsizligini ta’minlash muammolari 
     
     Himoyalangan operasion tizim tushunchasi. Axborotni himoyalashning 
    aksariyat dasturiy vositalari tatbiqiy dasturlardir. Ularni bajarish uchun operasion 
    tizim (OT) tomonidan madadlash talab etiladi. Operasion tizim ishlaydigan muhit 
    ishonchli hisoblash bazasi deb yuritiladi. Ishonchli hisoblash bazasi operasion 
    tizimning, dasturlarning, tarmoq resurslarining, fizik himoyalash vositalarining, 
    hatto tashikiliy muolajalarning axborot himoyasini ta’minlovchi elementlarning 
    to‘liq to‘plamini o‘z ichiga oladi. Bularning ichida eng asosiysi himoyalangan 
    operasion tizim hisoblanadi. 
    Operasion tizim himoyalangan hisoblanadi, agar u tahdidlarning asosiy 
    sinfidan himoyalanish vositalariga ega bo‘lsa. Himoyalangan operasion tizim 
    tarkibida foydalanuvchilarning OT resurslaridan foydalanishlarini cheklovchi 
    vositalar, hamda operasion tizim bilan ishlashni boshlagan foydalanuvchilarning 
    haqiqiyligini tekshirish vositalari bo‘lishi shart. Undan tashqari himoyalangan OT 
    operasion tizimni tasodifan yoki atayin ishdan chiqarishga qarshi ta’sir vositalariga 
    ega bo‘lishi shart. 
    Agar operasion tizim barcha tahdidlardan emas, balki bir qancha 
    taxdidlardangina himoyalanishni ko‘zda tutsa, bunday OT qisman himoyalangan 
    deb yuritiladi. 
    Himoyalangan operasion tizimni yaratishdagi yondashishlar. 
    Himoyalangan operasion tizimni yaratishda ikkita asosiy yondashish mavjud 
    – fragmentli va kompleks. Fragmentli yondashishda avvalo bitta taxdiddan so‘ngra 
    boshqa taxdiddan va h. himoyalanish tashkil etiladi. 
    Fragmentli yondashish qo‘llanilganda OT himoyasi qismtizimi, odatda, turli 
    ishlab chiqaruvchilar taqdim etgan boshqa-boshqa dasturlar to‘plamidan iborat 
    bo‘ladi. Ushbu dasturiy vositalar bir biriga bog‘liq bo‘lmagan tarzda ishlaydi, ya’ni 
    ularning o‘zaro uzviy bog‘lanishini tashkil etishi mumkin emas. Undan tashqari 
    bunday qismtizimning ba’zi elementlari noto‘g‘ri ishlashi mumkin. Natijada tizim 


    240 
    ishonchliligi keskin pasayadi. 
    Kompleks yondashishda himoya funksiyalari operasion tizimga uning 
    arxitekturasini loyihalash bosqichida kiritiladi va uning ajralmas qismi hisoblanadi. 
    Kompleks yondashish asosida yaratilgan himoya qismtizimning alohida elmentlari 
    axborotni himoyalashni tashkil etish bilan bog‘liq turli masalalar echilganida bir 
    biri bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Shu sababli himoya qismtizimining alohida 
    komponentlari orasida ixtilof bo‘lmaydi. Kompleks yondashish asosida himoya 
    qismtizimini shunday qurish mumkinki, hatto OT ishdan chiqqanda ham niyati 
    buzuq shaxs tizimning himoya funksiyalarini o‘chira olmaydi. Fragmentli 
    yondashishda himoya qismtizimini bunday tashkil etish mumkin emas. Odatda 
    kompleks yondashish asosida yaratiluvchi operasion tizimni himoyalash 
    qismtizimi shunday loyihalanadiki, uning ba’zi elementlarini almashtirish mumkin 
    bo‘lsin. 

    Download 2,72 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   191




    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi

    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish