46
Bunda
marshrut deganda ma’lumotlarni manbadan qabul qiluvchiga uzatishga
xizmat qiluvchi tarmoq uzellarining ketma-ketligi tushuniladi.
Marshrutlar
xususidagi
axborotni
almashishni
unifikasiyalash
uchun
marshrutlarni
boshqaruvchi maxsus protokollar mavjud. Internetdagi bunday protokollarga yangi
marshrutlar xususida xabarlar almashish protokoli – ICMP (Tarmoqlararo
boshqaruvchi xabarlar protokoli) va marshrutizatorlarni masofadan boshqarish
protokoli SNMP (Tarmoqni boshqarishning oddiy protokoli) misol bo‘laoladi.
Marshrutni o‘zgartirish xujum qiluvchi yolg‘on xostni kiritishidan bo‘lak
narsa
emas. Xatto oxirgi obekt haqiqiy bo‘lsa ham marshrutni axborot bari bir yolg‘on
xostdan o‘tadigan qilib qurish mumkin.
Marshrutni o‘zgartirish uchun xujum qiluvchi tarmoqqa tarmoqni
boshqaruvchi qurilmalar (masalan, marshrutizatorlar)
nomidan berilgan tarmoqni
boshqaruvchi protokollar orqali aniqlangan maxsus xizmatchi xabarlarni jo‘natishi
lozim. Marshrutni muvaffaqiyatli o‘zgartirish natijasida xujum qiluvchi
taqsimlangan tarmoqdagi ikkita obekt almashadigan axborot oqimidan to‘la
nazoratga ega bo‘ladi, so‘ngra
axborotni ushlab qolishi, taxlillashi,
modifikasiyalashi yoki oddiygina yo‘qotishi mumkin.
Boshqacha aytganda,
taxdidlarning barcha turlarini amalga oshirish imkoniyati tug‘iladi.
Xizmat qilishdan voz kechishga undaydigan taqsimlangan xujumlar –
DdoS (Xizmat qilishdan taqsimlangan voz kechish) kompyuter jinoyatchiligining
nisbatan yangi xili bo‘lsada, qo‘rqinchli tezlik bilan tarqalmoqda. Bu xujumlarning
o‘zi anchagina yoqimsiz bo‘lgani etmaganidek, ular bir vaqtning o‘zida masofadan
boshqariluvchi yuzlab xujum qiluvchi serverlar tomonidan boshlanishi mumkin.
Xakerlar tomonidan tashkil etilgan uzellarda
DDoS xujumlar uchun uchta
instrumental vositani topish mumkin: trinoo, TribeFloodNet (TFN) va TFN2K.
Yaqinda TFN va trinooning eng yoqimsiz sifatlarini uyg‘unlashtirgan yana bittasi
stacheldraht ("tikon simlar") paydo bo‘ldi.
2.1-rasmda xizmat qilishdan voz kechishga undaydigan xujum vositalarining
xarakteristikalari keltirilgan.