48
III bob. AXBOROT XAVFSIZLIGI SOHASIGA OID XALQARO VA
MILLIY ME’YORIY-XUQUQIY BAZA
3.1. Axborot xavfsizligi sohasiga oid halqaro standartlar
Xavfsizlik
standartlarining
asosiy
maqsadi
axborot
texnologiyalari
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va kvalifikatsiyalash bo’yicha
ekspertlar orasida o’zaro aloqani yaratish hisoblanadi.
Ishlab
chiqaruvchilar
uchun
standartlar
axborot
mahsulotlarining
imkoniyatlarini taqqoslash uchun zarur. Undan tashqari
standartlar axborot
mahsulotlari xususiyatlarini obyektiv baholash
mexanizmi hisoblanuvchi
sertifikatsiyalash muolajalari uchun zarur.
Iste’molchilar ehtiyojlariga muvofiq axborot mahsulotini
asosli tanlashga
imkon beruvchi usulga manfaatdordurlar. Buning
uchun ularga xavfsizlikni
baholash shkalasi zarur.
Axborot texnologiyalari mahsulotlarini kvalifikatsiyalash bo’yicha ekspertlar
standartlarni
ularga
axborot
texnologiyalari
mahsulotlari
tomonidan
ta’minlanuvchi xavfsizlik darajasini baholashga
imkon beruvchi instrument
sifatida qabul qiladilar.