Axborot xavfsizligi talablarini aniqlash. Tashkilot o‘zining axborot
xavfsizligiga bo‘lgan talablarini quyidagi uchta muhim omilni hisobga olib
aniqlashi muhim:
- biznesning global strategiyasi va tashkilotning maqsadlarini e’tiborga olib,
tashkilotda olingan xavflarni baholash yordamida tashkilot aktivlariga tahdidlar
aniqlanadi, tegishli aktivlarning zaifligi va tahdidlar paydo bo‘lish ehtimoli,
shuningdek kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar baholanadi;
-tashkilot, uning savdo sheriklari, pudratchilar va xizmatlarni yetkazib
54
beruvchilar, qoniqtirishi kerak bo‘lgan yuridik talablar, qonun hujjatlarining
talablari, tartibga soluvchi va shartnomaviy talablar, shuningdek, ushbu
tomonlaring ijtimoiy madaniy muhiti boshqa omil bo‘lib hisoblanadi;
-o‘zining ishlashini ta’minlash uchun tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan
prinsiplar, maqsadlar va talablarning maxsus to‘plami yana bir omil bo‘lib
hisoblanadi.
Axborot xavfsizligi xavflarini baholash. Axborot xavfsizligiga qo‘yiladigan
talablar xavflarni muntazam baholash yordamida aniqlanadi. Axborot xavfsizligini
boshqarish bo‘yicha tadbirlarga ketgan sarf-xarajatlar axborot xavfsizligining
buzilishi natijasida tashkilotga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar miqdoriga
mutanosib bo‘lishi lozim.
Ushbu baholashning natijalari axborot xavfsizligi bilan bog‘liq xavflarni
boshqarish sohasida aniq choralar va ustuvorliklarni belgilashga, shuningdek,
ushbu xavflarni minimumga keltirish maqsadida axborot xavfsizligini boshqarish
bo‘yicha tadbirlarni joriy qilishga yordam beradi. Mavjud tadbirlarning
samaradorliligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday o‘zgarishlarni
hisobga olish uchun xavflar tahlilini vaqti-vaqti bilan takrorlab turish kerak.
Axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha tadbirlarni tanlash. Axborot
xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar belgilanganidan va xavflar aniqlanganidan
so‘ng xavflarni qabul qilsa bo‘ladigan darajagacha pasayishini ta’minlaydigan,
axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha tadbirlarni tanlash va joriy etish kerak.
Ushbu tadbirlar ushbu standartdan, boshqa manbalardan tanlab olinishi,
shuningdek, axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha tashkilotning o‘ziga xos
ehtiyojlarini qondiradigan tadbirlar ishlab chiqilishi mumkin. Axborot xavfsizligini
boshqarish bo‘yicha tadbirlarni tanlash xavflarni qabul qilish mezonlariga,
xavflarga baho berish variantlariga asoslangan tashkiliy qarorlarga va xavflarni
tashkilotda qabul qilingan boshqarishga umumiy yondashishga bog‘liq. Ushbu
tanlovni tengishli milliy va xalqaro qonun hujjatlari va normalar bilan
muvofiqlashtirish kerak.
Ushbu standartda keltirilgan axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha ba’zi
55
tadbirlar axborot xavfsizligini boshqarish uchun amal qilinadigan prinsiplar
sifatida qabul qilinishi va ko‘pgina tashkilotlar uchun qo‘llanishi mumkin. Bunday
tadbirlar quyiroqda «Axborot xavfsizligini joriy qilish uchun tayanch nuqta»
sarlavhasi ostida batafsilroq ko‘rib chiqiladi.
Axborot xavfsizligini joriy qilish uchun tayanch nuqta. Axborot xavfsizligini
boshqarish bo‘yicha alohida tadbirlar axborot xavfsizligini boshqarish uchun amal
qilinadigan prinsiplar sifatida qabul qilinishi va uni joriy qilish uchun tayanch
nuqta bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bunday tadbirlar qonun hujjatlarining asosiy
talablariga asoslanadi yoki axborot xavfsizligi sohasida umumiy qabul qilingan
amaliyot sifatida qabul qilinishi mumkin.
Qonunchilik nuqtai nazaridan axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha
asosiy choralar quyidagilar hisoblanadi:
- ma’lumotlarni muhofaza qilish va shaxsiy axborotning konfidensialligi;
- tashkilot hujjatlarini muhofaza qilish;
- intellektual mulkka egalik qilish huquqi.
Axborot xavfsizligi sohasida umumiy qabul qilingan amaliyot sifatida
hisoblangan axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha tadbirlar quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
- axborot xavfsizligi ciyosatini hujjatlashtirish;
- axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarni taqsimlash;
- axborot xavfsizligi qoidalariga o‘qitish;
- ilovalardagi axborotga to‘g‘ri ishlov berish;
- texnik zaifliklarni boshqarish strategiyasi;
- tashkilotning uzluksiz ishini boshqarish;
- axborot xavfsizligi mojarolarini va takomillashtirishlarini boshqarish.
Sanab o‘tilgan tadbirlarni ko‘pgina tashkilotlar va axborot muhiti uchun
qo‘llasa bo‘ladi. Ushbu standartda keltirilgan barcha tadbirlar muhim hisoblansa
ham, qandaydir choraning o‘rinli bo‘lishi tashkilot to‘qnash keladigan muayyan
xavflar nuqtai nazaridan belgilanishi kerak. Demak, yuqorida ta’riflangan
yondashish axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni joriy qilish uchun
56
tayanch nuqta bo‘lib hisoblanishiga qaramay, u xavflarni baholashga asoslangan
axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha tadbirlarni tanlashning o‘rnini bosmaydi.
Muvaffaqiyatning eng muhim omillari. Tajriba shuni ko‘rsatadiki,
tashkilotda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni muvaffaqiyatli
joriy qilish uchun quyidagi omillar hal qiluvchi hisoblanadi:
- axborot xavfsizligi maqsadlari, siyosatlari va muolajalarining biznes
maqsadlariga muvofiqligi;
- xavfsizlik tizimini joriy qilish, madadlash, monitoringini o‘tkazish va
modernizasiya qilishga yondashishning korporativ madaniyat bilan muvofiqligi;
- rahbariyat tomonidan real qo‘llab-quvvatlash va manfaatdorlik;
- xavfsizlik talablarini, xavflarni baholash va xavflarni boshqarishni aniq
tushunish;
- tashkilot rahbarlari va xodimlari tomonidan axborot xavfsizligining
samarali marketingini o‘tkazish, shuningdek, axborot xavfsizligining choralarini
qo‘llash zaruratini tushunishni ta’minlash;
- axborot xavfsizligi siyosatiga tegishli yo‘riqnomalar, tavsiyalarni va
tegishli standartlarni barcha xodimlar va subpudratchilarga berish;
- axborot xavfsizligini boshqarish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish
sharti;
- o‘qitish va tayyorlashning zarur darajasini ta’minlash;
- axborot xavfsizligi mojarolarini boshqarishning samarali jarayonini
tasdiqlash;
- o‘lchanadigan ko‘rsatkichlarning axborot xavfsizligini boshqarishning
samaradorliligini va uni yaxshilash bo‘yicha bajaruvchilardan tushgan takliflarni
baholash uchun foydalaniladigan har tomonlama va balanslangan tizimi.
Tashkilotga tegishli qo‘llanmalarni ishlab chiqish. Ushbu standart
tashkilotning muayyan ehtiyojlari uchun qo‘llanmalar ishlab chiqish uchun tayanch
nuqta sifatida baholanishi kerak. Ushbu standartda keltirilgan yo‘riqnomalar va
tadbirlarning hammasi ham qo‘llashga yaroqli bo‘lavermaydi.
Bundan tashqari, ushbu standartga kiritilmagan qo‘shimcha choralar kerak
57
bo‘lib qolishi mumkin. Bu holda auditorlar va biznes bo‘yicha sheriklar tomonidan
o‘tkaziladigan muvofiqlik tekshiruvini engillashtiradigan, bir vaqtda bir necha
tomondan qilingan havolalarning saqlanishi foydali bo‘lishi mumkin.
|