Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ish




Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana09.12.2023
Hajmi0,96 Mb.
#114440
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ish

Oflayn rejimni sozlash 
Ushbu oynada tegishli kalit yordamida siz tarmoqdan tashqaridagi fayl va papkalarga 
kirishni ochishingiz yoki yopishingiz mumkin. Siz uchta variantdan birini tanlashingiz 
mumkin: 
• 
Tarmoq tashqarisida faqat foydalanuvchi tomonidan belgilangan fayllar va 


dasturlar mavjud; 
• 
Ushbu umumiy papkadagi fayllar va dasturlarga tarmoqdan tashqarida kirish 
mumkin emas; 
• 
Tarmoqdan tashqarida foydalanuvchi tomonidan ochilgan barcha fayllar va 
dasturlar avtomatik ravishda mavjud. 
Odatiy bo‘lib, ushbu kalit Offlinega o‘rnatiladi, faqat foydalanuvchi tomonidan 
belgilangan fayllar va dasturlar mavjud.
Operatsion tizim xavfsizlik komponentlari. 
Windows muxitida boshqarish uchun MMC (Microsoft Management Console 
–Microsoft boshqaruv konsoli) vositasi ishlatiladi. MMC ni ishga tushirish uchun 
buyruq satrida mmc ni terish kerak. MMS asosan Windows tizimida barcha vositalarni 
boshqarish uchun interfeyslarni ta’minlaydigan vositalarni chaqirish uchun mo‘ljallangan. 
MMS da xavfsizlikning lokal parametrlarini o‘rnatish uchun buyruq satrida secpol.msc ni 
kitirish kerak. 
Windows 7 da qayd yozuvi siyosatining xavfsizlik parametrlari o‘z ichiga 
quyidagilarni oladi: 
1. 
Parollar siyosati 
2. 
Qayd yozuvi blokirovkasi siyosati 
Qayd yozuvi siyosatining mazkur xavfsizlik parmetrlari operatsion tizimini xavfsizligini 
ta’minlash uchun asosiy parametrlaridan biri xisoblanadi. 
1. 
“Политика паролей” – “Parollar siyosati” . Parollar xavfsizligi siyosatini 
rejalashtirish va o‘tkazish xavfsizlikning kalit parametrlaridan biri bo‘lib xisoblanadi. Parollar 
xavfsizlik siyosatini sozlamasa va uni qo‘llamasa, foydalanuvchilar o‘zgartirishni talab 
qilmaydigan kuchsiz parollarni kiritib qo‘yishlari mumkin. Bunday xollarda parollarni 
elementar terish orqali katta imkoniyat va muvoffaqiyatlarga erishish mumkin. 


bu bo‘limda quyidagi parametrlar ko‘rib chiqiladi: 
“Требовать, чтобы пароли не повторялись” – “Parollarni takrorlanmasligini 
talab qilish”. Foydalanuvchining qayd yozuvi tomonidan qo‘yiladigan yangi parollar sonini 
aniqlaydi, shundan so‘ng eski parollarni ishlatish mumkin bo‘ladi. Bu qiymat 0 dan 24 
oraliqda bo‘ladi. 
Mazkur siyosat bitta eski parolni qayta-qayta ishlatishni taqiqlash bilan ma’murlarga 
xavfsizlik darajasini oshirishga imkon beradi. 
Parollarni 
samarali 
o‘zgaruvchanligiga 
erishish 
uchun 
“Минимальная 
продолжительность пароля” – “Parolning minimal muddati” parametrini sozlashda, 
parollarni darxol o‘zgartirishga ruxsat bermang. 
“Максимальный срок действия пароля” – “Parolning maksimal muddati”. Parolni 
tizim foydalanuvchidan uni o‘zgartirishni talab qilgungacha bo‘lgan muddatda (kunlarda) 
ishlatish imkonini beradi. 1 dan 999 kun oralig‘ida qiymat berish yoki barcha 
cheklanishlarni olib tashlab 0 qiymat berish mumkin. 
“Минимальная продолжительность пароля” – “Parolning minimal muddati”. 
Parolni foydalanuvchi uni o‘zgartirguncha bo‘lgan muddatda (kunlarda) ishlatish imkonini 
beradi. 1 dan 999 kun oralig‘ida qiymat berish yoki darxol o‘zgartirishga ruxsat berish 
uchun 0 qiymat berish mumkin. 
Parolning minimal muddati parolning maksimal muddati qiymatidan kichik bo‘lishi 
shart. 
“Требовать, чтобы пароль не повторялся” – “Parolni takrorlanmasligini talab 
qilish” parametri samarali ishlashi uchun parolning minimal muddatini noldan farqli songa 
o‘zgartirish kerak, aks xolda foydalanuvchi ko‘zda tutgan barcha eski parollarini terish yo‘li 
bilan keraklisini topib olishi mumkin. Ma’mur foydalanuvchiga parol berishi va tizimga 
kirgandan so‘ng uni o‘zgartirishini talab qilishi uchun bu parametr standart buyicha (po 
umolchaniyu) nol qiymatda turadi. Agar majburiy takrorlanmaydigan parollar soni 0 


qiymatga ega bo‘lsa, u xolda foydalanuvchi yangi parolni terishi kerak emas bo‘ladi. 
SHuning uchun takrorlanmaydigan parollar soni standart buyicha 1 ga teng. 

Download 0,96 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ish

Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish