Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ish




Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana09.12.2023
Hajmi0,96 Mb.
#114440
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ish

“Минимальная длина пароля” – “Parolning minimal uzunligi”. 
Foydalanuvchi qayd yozuvi paroli tashkil topishi mumkin bo‘lgan eng kam belgilar 
sonini aniqlaydi. 1 dan 14 oralig‘ida belgilar qiymatini yoki uni nolga teng qilib, parol 
ishlatishni bekor qilish mumkin. 
“Пароль должен соответствовать требованиям сложности” – “Parol 
murakkablik talabiga javob berishi shart”. Parol murakkablik talabiga javob berishi yoki 
bermasligini aniqlaydi. 
Agar bu siyosat o‘rnatilgan bo‘lsa, u xolda parol quyidagi minimal talablarga javob 
berishi shart: 
• 
Parol foydalanuvchi qayd yozuvi nomini yoki uni qismini o‘z ichiga olmasligi shart; 
• 
Parol oltita belgidan kam bo‘lmasligi zarur; 
• 
Parolda quyidagi to‘rtta toifalardan uchtasidagi belgilar ishtirok etishi kerak: 

Lotin alifbosidagi A dan Z gacha bosh harflar; 

Lotin alifbosidagi kichik harflar a dan z gacha; 

O‘nlik sonlari ( 0 dan 9 gacha); 

Alifbo-raqamli majmuaga kirmaydigan belgilar (misol uchun, !, $, #, 
%). 
Bu talablarni bajarilishi parolni yaratishda yoki o‘zgartirishda tekshiriladi. 
Standart buyicha: “Отключен” – “o‘chirilgan”. 
“Сохраняйте пароли всех пользователей в домене с помощью обратного 
шифрования” – “Barcha foydalanuvchilar parolini qaytuvchi shifrlashni ishlatib domenda 
saqlash”. Parolni qaytuvchi shifrlashni ishlatib saqlashni kerak yoki kerak emasligini 
aniqlaydi. 
Bu siyosat haqiqiylikni aniqlash uchun foydalanuvchi parolini bilish zarur bo‘lgan, 
bayonnomalarni ishlatuvchi ilovalarni (приложение) quvvatlashni ta’minlaydi. Parollarni 
qaytuvchi shifrlab saqlash usuli – bu baribir ularni xuddi ochiq matnda saqlagan bilan bir 
xil. Shuning uchun mazkur siyosatni kamdan-kam xolatlarda, agar qo‘llanma talabi parolni 
ximoyasidan muhimroq bo‘lgan xollarda ishlatish mumkin. 
Standart buyicha: “отключен” – “o‘chirilgan”. 
“Политика блокировки учетной записи” – “Qayd yozuvini 
«blokirovka» qilish siyosati”. Bu qachon va qancha muddatga qayd yozuvi blokirovka 
bo‘lishini ko‘rsatadi. Maksimal xavfsizlik uchun bular aniq o‘rnatilgan bo‘lishi kerak, aks 
xolda potensial buzg‘unchi to‘liq erkinlikka ega bo‘lib, xoxlagan vaqtgacha parolni terib 
ko‘rishi mumkin. 
Bu bo‘limda quyidagi parametrlar ko‘rib chiqiladi: 


“Блокировка аккаунта на время....“ – “ .... muddatga qayd yozuvini blokirovka 
qilish”. Qayd yozuvi avtomatik ravishda blokirovka echilguncha blokirovka xolatida bo‘lish 
muddati (daqiqalar soni). Bu parametr 1 dan 99 999 gacha qiymatni qabul qiladi. Agar 0 
qiymati o‘rnatilsa, u xolda qayd yozuvi ma’mur blokirovkani echmaguncha blokirovka 
xolatida bo‘ladi. 
Agar blokirovkaning chegaraviy qiymati aniqlangan bo‘lsa, u xolda mazkur blokirovka 
oralig‘i boshlang‘ich (nol) xolatga qaytish oralig‘idan katta yoki teng bo‘lishi kerak. 
Standart buyicha: “не определен” – “aniqlanmagan”, chunki mazkur parametr 
“Пороговое значение блокировки” – “Blokirovkaning chegaraviy qiymati” parametri 
kiritilgandagina ma’noga ega bo‘ladi. 
“Пороговое значение блока” – “Blokirovkaning chegaraviy qiymati”. Tizimga 
kirishning muvaffaqiyatsiz urinishlar sonini aniqlaydi, shundan so‘ng foydalanuvchining 
qayd yozuvi blokirovka qilinadi. Blokirovka qilingan qayd yozuvini ma’mur tomonidan 
blokirovka olib tashlanguncha yoki blokirovka vaqti tugagunga qadar ishlatib bo‘lmaydi. 1 
dan 999 gacha qiymat berish yoki 0 qiymat berib qayd yozuvi blokirovkasini taqiqlab 
qo‘yish mumkin. 
CTRL+ALT+DEL tugmalari yoki ekran ko‘rinishi yordamida blokirovka qilingan ishchi 
stansiyaga yoki bir qator serverlarga uzluksiz ravishda noto‘g‘ri parollarni kiritish tizimga 
kirishning muvoffaqiyatsiz urinishi bo‘lib xisoblanmaydi. Standart buyicha: “otklyuchen” – 
“o‘chirilgan” 

Download 0,96 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ish

Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish