• 9. Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish me’zonlari 9.1. “Algoritmlarni loyihalash” fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni
  • Dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti




    Download 42.91 Kb.
    bet5/8
    Sana27.05.2022
    Hajmi42.91 Kb.
    #22083
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    2 5309934008677699179
    algoritmlarni loyihalash mustaqil ish 031 19 Ubaydullaev Ismoiljon, Mustaqil ish, komp tarmoqlari, 9-sinf test, 8-mart, 2 amaliy ish, 8-2, Pochta va logistika injeneriyasida ilg\'or texnologiyalar SILABUS.docx, mehmonhona menejment[1], ахборот технологиялари, AMALIY DARS TAHLILI 1, Ðàáîòà ñ õóäîæåñòâåííûì òåêñòîì íà çàíÿòèÿõ ïî íåìåöêîìó ÿçûêó, RAQAMLI MULTIMEDIYA AXBOROTLARINI QAYTA ISHLASH OQUV AMALIYOTI, Doc2
    8. Dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti

    Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy usullari, pedagog axborot-kommunikasiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan.



    • ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik materiallardan;

    • laboratoriya mashg‘ulotlarida, zamonaviy kompyuter sinflaridan va ular orqali “Qt Creator” – dasturlash muhitidan foydalanish ko‘zda tutilgan.



    9. Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish me’zonlari


    9.1. “Algoritmlarni loyihalash” fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni

    Semestr davomida ikki qismdan iborat oraliq baholash (OB) va bir marta yakuniy baholash (YB) o‘tkaziladi. OB ning 1-qismi semestrning 8-haftasida, 2-qismi esa 15-haftasida o‘tkaziladi. OB ning har bir qismi fan bo‘yicha sillabusda ko‘rsatilgan mavzularning ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlari materiallari hamda mustaqil ish topshiriqlarini qamrab oladi.


    OB ning har ikkala qismi ham bir xil shaklga ega bo‘lib, bu shakl o‘zida 4 ta qismni, ya’ni, 2 ta nazariy savollarni, 20 ta test savollarini hamda dastur tuzishga mo‘ljallangan 1 ta masalani mujassamlashtirgan va yozma javob berishga asoslangan.
    OB ning har bir qismi uchun har haftada talabaga mustaqil ish topshiriqlar beriladi. Uning bajarilishi o‘qituvchi tomonidan har hafta nazorat qilib borilib, foizli (60%-100%) tizimda baholanib boriladi va oraliq nazorat ishidan oldin umumlashtiriladi. Umumlashgan foizlardagi baholar haftalar bo‘yicha foizlardagi baholarning o‘rta arifmetigiga teng. OB qismlari bo‘yicha mustaqil topshiriqlardan qo‘yilgan foizlardagi ballarning o‘rtacha qiymatlarining o‘rta arifmetigi hamda ikkala nazorat ishlarining o‘rta arifmetigi bo‘yicha o‘rta arifmetik qiymat hisoblanib, talabaning OB dan olgan foizlardagi bali sifatida guruh jurnaliga va fan bo‘yicha talabalarning o‘zlashtirish qaydnomasiga yozib qo‘yiladi.
    OB uchun talabaga jami 50 ball ajratiladi. Agar talabaning OB bo‘yicha umumiy natijasi 60% dan (ya’ni 30 balldan) kam bo‘lsa, u fan bo‘yicha yakuniy nazorat ishiga kiritilmaydi.
    YBning shakli va muddati ma’muriyat tomonidan belgilanadi va YB jarayonlarida ushbu fan bo‘yicha mashg‘ulot olib borgan o‘qituvchilar ishtirok etmaydi.
    YB ni o‘tkazuvchilar tarkibi ham ma’muriyat tomonidan tanlanadi va unda YB dan “qoniqarsiz” baho olgan talaba OB bo‘yicha bahosi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, fan bo‘yicha akademik qarzdor hisoblanadi.
    Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirishini baholashda quyidagi namunaviy mezonlardan kelib chiqish tavsiya etiladi:

    Download 42.91 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 42.91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti

    Download 42.91 Kb.