• 10 AMALIY MASHG‘ULOT
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti telekomunikatsiya fakulteti




    Download 6,23 Mb.
    bet2/3
    Sana21.05.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #247051
    1   2   3
    Bog'liq
    amaliyotDiyorbek

    ISHDAN MAQSAD
    - Ma’lumotlar uzatish tizim va tarmoqlarida mavjud kodlash usullari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
    QISQACHA NAZARIY MA’LUMOT
    Reed-Solomon (RS) kodi bir karrali xatolarni, shuningdek xatolar paketini tog‘rilashi mumkin. RS kodinig apparatli qismini yaratish oddiy bo‘lgani uchun ushbu kod aloqa texnikalarida keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Ko‘p hollarda RS kodidan kaskadli kodlarni ko‘rishda foydalaniladi. Unda RS kodi tashqi kod sifatida ishlatiladi.
    RS kodi siklik kodlar turkumiga kirganligi bois, siklik kodlarni hamma xossalari ushbu kod uchun ham o‘rinli hisoblanadi.
    Axborotlarni siklik kodlarda kodlashtirish:
    - g/p < 0.5 tengsizlik bajarilganda yasovchi ko‘phad R(x) orqali emas, balki tekshiruvchi ko‘phad yordamida bajariladi;
    - g/p > 0.5 tengsizlik bajarilganda esa yasovchi ko‘phad R(x) orqali amalga oshiriladi.
    Ko‘p holatlarda 2-usulda kodlashtirish amalga oshiriladi. Shu sababli ushbu usulga ko‘proq to‘xtalib o‘tamiz.
    Bu usul orqali kodlashtirishda informatsion ketma-ketlik x razryad chapga suriladi va yasovchi ko‘phad R(x) ga bo‘lish natijasida qoldiq olinadi. Keyin hosil bo‘lgan qoldiq informatsion ketma-ketlikka qo‘shiladi.
    Reed-Solomon kodini yasovchi ko‘phad quyidagi formula orqali aniqlanadi:

    g(x) = (x – a1)(x –a2) ....(x – an) (9.1)


    Ko‘phadning darajasi 2t quyidagi munosabatdan kelib chiqadi:


    n - k = 2t (9.2)


    Algoritm asosida eng avvalo Galua maydoni hisoblanadi. So‘ngra Reed-Solomon kodining parametrlari kiritiladi va Galua maydoni elementlari yordamida kodlashtirish amalga oshiriladi. Kodlashtirish informatsion ketma-ketlikni r razryad chapga surgandan so‘ng, yasovchi polinomga bo‘lingandan hosil bo‘lgan qoldiqni o‘sha informatsion ketma- ketlikka qo‘shish orqali amalga oshiriladi.


    Kodlashtirish algoritmi quyidagi bosqichlardan iborat:
    - O‘zgaruvchilar va belgilashlar kiritiladi;
    Galua maydoni parametrlari m, g(x), d kiritiladi; bu yerda, m - ushbu maydonning kengayish qiymati; g(x)- m kengaytma uchun keltirilmaydigan ko‘phad; d - oddiy element.
    m qiymatga bogliq ravishda Galua maydonining elementlar soni kiritiladi:
    - Galua maydonining elementlarini hisoblash uchun boshlang‘ich shart kiritiladi;
    - “Har bir element oldingi elementni a - oddiy elementga ko‘paytirilganiga teng” degan tamoyil asosida Galua maydoni elementlari hisoblanadi;
    Galua maydonining eng katta elementining darajasi, keltirilmaydigan ko‘phad darajasidan kichik bo‘lishi kerak. Ya’ni dseg a (I) < deg g(x) shart bo’yicha tekshiriladi.

    10 AMALIY MASHG‘ULOT

    O‘RAMA KODINI KODLASH VA DEKODLASH XARAKTERISTIKALARINI HISOBLASH





    Download 6,23 Mb.
    1   2   3




    Download 6,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti telekomunikatsiya fakulteti

    Download 6,23 Mb.