ISHDAN MAQSAD
O‘rama kodini kodlash va dekodlash jarayonlarini misollar asosida ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
QISQACHA NAZARIY MA’LUMOT
O‘ralgan (Rekurrent) kodlar uzluksiz kodlarga mansub bo‘lib, bloklarga ajralmaydi. Bunda kod simvollarini kodlash va dekodlash amallari uzluksiz bajariladi. Bunday kodlar shovqinbardosh kodlashning keng tarqalgan turi hisoblanadi. Qo‘llanilish sohalari:
simsiz aloqa protokollarida;
raqamli yer usti va yer yo‘ldoshi aloqa tizimlarida;
kosmos bilan aloqa sistemalarida qo‘llaniladi.
O‘rama kodlarda kodlash chiziqli o‘rama kodlar koderi xotira registrlarini oldinga siljitish orqali amalga oshiriladi.
№ 11AMALIYOT ISHI
MA’LUMOT UZATISH TARMOQLARINING ISHONCHLILIK KO‘RSATKICHLARINI HISOBLASH
ISHDAN MAQSAD
- Ma’lumot uzatish tarmoqlarining ishonchlilik ko‘rsatkichlarini hisoblash ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
QISQACHA NAZARIY MA’LUMOT
Zamonaviy ma’lumot uzatish tarmoqlari (MUT) ularga qo‘yiladigan talablarning xilma-xilligi bilan tavsiflanadi: iqtisodiy talablar, topologiya (tarmoq rivojlanishini hisobga olgan holda tarkibiy parametrlar), yetkazib berish jarayonining
vaqt-ehtimollik xususiyatlari, ishonchliligi, yasovchanligi,
axborot xavfsizligi, tarmoqni boshqarish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash [1].
MUT uchun muhim talablardan biri ularning ishonchliligini ta’minlash talabidir. Ishonchlilik
talabi shuni anglatadiki, tarmoq barcha belgilangan xususiyatlarni belgilangan chegaralarda saqlab qolgan holda uzoq muddatli ishlashini ta’minlashi kerak. Ushbu muammoni hal qilishning qiyinligi shundaki, zamonaviy MUT murakkabligining doimiy o‘sishi ekspluatatsiya sharoitida ularning texnik holatini ishonchli baholashda sezilarli qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
MUT ishonchliligining asosiy mezoni - bu tizimning o‘zboshimchalik bilan tanlangan vaqtda yaxshi holatda bo‘lish ehtimolini tavsiflovchi tayyorgarlik koeffitsiyenti (K
T)
Qurilmalarning ishonchliligini hisoblash elementlarning ishdan chiqish intensiviligi yig‘indisini topish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Asosan qurilmadagi birgina elementni ishdan chiqishi butun qurilmani ishdan chiqishga olib keladi.
Tayyorgarlik koeffitsiyenti
quyidagicha aniqlanadi
bu yerda: - koeffitsiyent tayyorgarligi;
-MU qurilmaning buzilishgacha ishlash muddati (vaqti);
- MUQ qayta tiklash vaqti.
Shu sababli qurilmalarni ishonchliligini hisoblashda hamma elementlar ketma-ket ulangan deb taxmin qilinadi va ularning ishdan chiqish intensiviligining yig‘indisi topiladi.
Qurilmalarni ishonchliligini oshirishning asosiy yo‘llaridan biri bu qurilmalarni zaxiralashdir. Elementlar yoki qurilmalar zaxiralanganda asosiy elementga yoki qurilmaga parallel ravishda zaxira element yoki qurilma ulanadi. U holda tiklanish intensivligi qo‘shiladi
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak to`rtta amaliy ishni bajarish davomida BCHX kodini kodlash va dekodlash
jarayonlarini amalga oshirish, BCHX kodini kodlash va dekodlash jarayonini Matlab muhitida modellashtirish ko‘nikmasiga ega bo‘lish,ma’lumotlar uzatish tizim va tarmoqlarida mavjud kodlash usullari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish,o`rama kodini kodlash va dekodlash jarayonlarini misollar asosida ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish,ma’lumot uzatish tarmoqlarining ishonchlilik ko‘rsatkichlarini hisoblash ko‘nikmasiga ega bo‘ldik.