• Mustaqil ish
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filliali




    Download 1,78 Mb.
    bet1/2
    Sana17.12.2023
    Hajmi1,78 Mb.
    #121931
      1   2
    Bog'liq
    G\'ulomjonov Shohruzbek Ma\'lumotlar Bazasi





    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILLIALI
    962-21 GURUH TALABASI
    G’ULOMJONOV SHOHRUZBEK NING
    MA’LUMOTLAR BAZASI FANIDAN BAJARGAN MUSTAQIL ISHI

    Realitsion ma’lumot modeli. Ma’lumotlar bazasida munosabatlar

    Reja


    1. Realitsion ma’lumot modeli

    2. Ma’lumotlar bazasida munosabatlar

    3. Realitsion model mohiyati

    Ma’lumotlarning relyatsion modeli. Relyatsion MB kuchli nazariy fundamentga ega bo‘lib, u matematik munosabatlar (otnosheniya) nazariyasiga asoslangan. Ma‘lumotlarning relyatsion modeli kontseptsiyasi 1970 yilda Ye.F.Kodd tomonidan taklif qilingan bo‘lib, uma‘lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog‘liq bo‘lmasligini ta‘minlash masalasini hal qilish uchun xizmat qiladi.


    Ma‘lumotlarning relyatsion modeli asosida «munosabat» tushunchasi yotib, u inglizcha relation so‘zidan olingan. Ba‘zi bir qoidalarga amal qilgan holda munosabatlarni ikki o‘lchovli jadval ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Jadval har qanday odamga tushunarli va qulaydir.
    Real dunyo ob‘ektlari haqidagi ma‘lumotlarini EHM xotirasida saqlash va ular orasidagi munosabatlarni modellashtirish uchun munosabatlar (jadval) to‘plamidan foydalanish mumkinligini Ye.F.Kodd isbotlab berdi. Masalan, «talaba» mazmunini saqlash uchun TALABA
    munosabatidan foydalaniladi.
    Mashina muhitida ma’lumotlarni tashkil etish ikki pog‘onadan iborat bo‘lib, mantikiy va fizik pog‘onalar bilan xarakterlanadi. Ma’lumotlarni bevosita fizik tashkil etishda ularni mashina "tashuvchisi"da joylashtirish usuli aniqlab olinadi. Zamonaviy amaliy dasturlar vositalarida ma’lumotlarni tashkil etishning bu pog‘onasi avtomatik ravishda foydalanuvchi aralashuvisiz ta’minlanadi. Odatda, foydalanuvchi amaliy dasturlar vositalarining ma’lumotlarni mantiliy tashkil etish xakidagi tushunchalar bilan operatsiyalar bajaradi. Mashina "tashuvchisi"da ma’lumotlarni mantikiy tashkil etish, foydalanilayotgan dasturiy vositalardan va mashina muxitida ma’lumotlar bilan yuritishdan bog‘liq. Ma’lumotlarni tashkil etishning mantikiy usuli foydalanilayotgan ma’lumotlar tuzilishining turi va dasturiy vositalar orkali qullaniladigan modelning shakli aniqlanadi.
    Ma’lumotlarning modeli - bu ma’lumotlar uzaro boglangan tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir. Modelning shakli va unda foydalaniladigan ma’lumotlar tuzilishining turi dasturlash tizimi tilida foydalangan ma’lumotlarni tashkil etish va ishlov berish konsepsiyasini aks ettiradi. Ma’lumki, aynan bir axborotni mashina ichki muhitida joylashtirish uchun ma’lumotlarning turli xil tuzilishlari va modellaridan foydalanish mumkin. Ulardan qaysi birini tanlash axborotlar bazasini yaratayotgan foydalanuvchining zimmasiga yuklatilgan bulib, u ko‘plab omillardan bog‘liq. Bu omillar qatoriga mavjud texnik va dasturiy ta’minotlar, hamda avtomatlashtirilayotgan masalalarning murakkabligi va axborotning xajmi kabilar kiradi. Ma’lumotlar modeli kuyidagi tarkibiy kismdan iborat:
    1.Foydalanuvchining ma’lumotlar bazasiga munosabatini namoyish etishga muljallangan ma’lumotlar tuzilmasi.
    2.Ma’lumotlar tuzilishida bajarilish mumkin bo‘lgan operatsiyalar. Ular ko‘rib chiqilayotgan ma’lumotlar modeli uchun ma’lumotlar tilining asosini tashkil etadi. YAxshi ma’lumotlar tuzilmasining uzigina etarli emas. Ma’lumotlarni aniklash tili (MAT) va ma’lumotlar bilan

    amallar bajarish tilining (MABT) turli operatsiyalari yordamida bu tuzilma bilan ishlash imkoniga ega bulish zarur.


    3.Yaxlitlikni nazorat qilish uchun cheklashlar. Ma’lumotlar modeli uning yaxlitligini saqlash va himoya qilishga imkon beruvchi vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
    Ma’lumotlarning relyasion modeli. Relyasion MB kuchli nazariy fundamentga ega bo‘lib, u matematik munosabatlar (otnosheniya) nazariyasiga asoslangan. Ma’lumotlarning relyasion modeli konsepsiyasi 1970 yilda E.F.Kodd tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u ma’lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog‘liq bo‘lmasligini ta’minlash masalasini hal qilish uchun xizmat qiladi.
    Ma’lumotlarning relyasion modeli asosida «munosabat» tushunchasi yotib, u inglizcha relation so‘zidan olingan. Ba’zi bir qoidalarga amal qilgan holda munosabatlarni ikki o‘lchovli jadval ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Jadval har qanday odamga tushunarli va qulaydir.
    Real dunyo ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarini EHM xotirasida saqlash va ular orasidagi munosabatlarni modellashtirish uchun munosabatlar (jadval) to‘plamidan foydalanish mumkinligini E.F.Kodd isbotlab berdi. Masalan, «talaba» mazmunini saqlash uchun TALABA munosabatidan foydalaniladi.
    Ma’lumotlarning relyasion bazasidagi munosabatlar ustida bajariladigan asosiy operatsiyalar sakkizta bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
    -to‘plamlar ustidagi ananaviy (traditsion) operatsiyalar, ya’ni to‘plamlarning birlashmasi (yig‘indisi), kesishmasi (ko‘paytmasi), to‘ldiruvchisi (ayirmasi), dekart ko‘paytmasi, bo‘lishmasi;
    -maxsus relyasion operatsiyalar, ya’ni proeksiyalash, bog‘lanish (qo‘shilish), birlashtirish (ulab qo‘yish) va tanlash.
    Har bir ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining samaradorligi ushbu operatsiyalarning borligi va ularni bajarish vositalarining qanchalik qulayligi bilan aniqlanadi. Relyasion MBBTda munosabatlar ustida operatsiyalar bajarish uchun mo‘ljallangan tillarini ikki sinfga ajratish mumkin: relyasion algebra tili (RAT) va relyasion hisob tili (RHT).
    RAT relyasion algebraga (Kodd algebrasiga, a-algebraga) asoslangan. Ma’lum tartib munosabatlar ustida operatsiyalarni ketma-ket yozish asosida xohlagan natijaga erishish mumkin. SHuning uchun RATni protsedurali til deyishadi. RHT predikatlarni hisoblab chiqishning klassik usuliga asoslangan. Ular foydalanuvchilarga so‘rovlarni yozish uchun ma’lum qoidalar to‘plamini beradi. Bunday so‘rovlarda faqat xohlagan natija haqidagi axborotlar bo‘ladi xolos. Ushbu so‘rov asosida MBBT yangi munosabatlar hosil qilish yo‘li bilan avtomatik tarzda zarur natijani beradi. SHuning uchun RHTni protseduralimas til deyishadi.
    Ma’lumotlar bazasini loyihalashtirishda relyasion model bilan ishlash ancha noqulayliklarga olib keladi. SHu sabab ma’lumotlar bazasini loyihalashda har xil semantik modellar ham ishlatiladi. Ulardan eng ko‘p tarqalganlaridan biriga - ER modeli deyiladi. Bu model ingilizcha “Entity-relation” deyilib, ma’nosi “Mohiyat-bog‘lanish” demakdir.Bu model 1976 yil Piter CHen tamonidan kiritilgan bo‘lib u o‘ziga bir qator grafik diagrammalarini oluvchi bir necha har xil turdagi komponentalarni birlashtirgan. Piter CHen mohiyatlar to‘plami va ular orasida bog‘lanish sifatida relyasion ma’lumotlar strukturasini interpritatsiya qilishni taklif qildi.
    ER -modelining asosiy komponentalari mohiyat, bog‘lanish va atribut (xossa) bo‘lib hisoblanadi.
    Mohiyat -bu ma’lumotlari ma’lumotlar bazasida saqlanishi kerak bo‘lgan biror real yoki tasavvur qilingan ob’ektdir. ER modeli diagrammasida mohiyat odatda to‘rtburchak shaklida tasvirlanib, uning ichiga mohiyat nomi qo‘yiladi.
    Axborot – bu ishlov berilgan ma‟lumotdir. Aniqrog‟i tashkiliy, aniq, sifatli va foydali ma‟lumotlardir. Undan tashqari axborot hujjatlari audio ko`rinishida, tasvir va video ko`rinishda bo`lishi mumkin. Masalan, muloqot aloqasi (ya‟ni yozilgan ovoz) elektron xat shaklida, do`stga, oila a‟zolariga ularni eshitish uchun yuborilgan bo`lishi mumkin. Yana bir misol, do`stlar raqamli kamerada olingan fotorasmni Veb sahifada ko`rishi mumkin. Veb kamerada real vaqt rejimida video konferentsiya shaklida ko`rib, gaplashish mumin bo`ladi. Kompьyuterlar axborotlarni ma‟lumotlar bazasi asosida ishlov beradi. Masalan, universitetning ma‟lumotlar bazasi deganda, o`quv xonalari, o`quv fanlari, o`quv soatlari, o`qituvchilar va talabalar haqidagi ma‟lumotlarni o`z ichiga oluvchi baza tushuniladi. Talaba darsga kelganda, bazani boshqaruvchi maxsus xodim kompьyuterga bir nechta elementlar kiritib, uni darsga kirishiga ruxsat beradi. Maxsus xodim undan tashqari talabaning fototasvirini kompьyuterga kiritish uchun raqamli kameradan ham foydalanadi. Bu talaba haqidagi rasm va boshqa ma‟lumotlar kompьyuterning asosiy xotira qurimasi qattiq disk (HHD)da saqlanadi. Keyin esa kompьyuter yangi ishlov berilgan talaba haqidagi ma‟lumotni chop etish uchun printerga yuboradi . Talabaning ID raqami shaxsini tasdiqlovchi hujjati yakunlangandan keyin ma‟lumotlar bazasini boshqarish dasturiy ta‟minoti yordamida diskning magnit yo`lagida kodirovka qilinadi.
    Ushbu dastur ma‟lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) deyiladi. Ushbu dasturda ma‟lumotlarni qo`shish, modifikatsiya qilish, bazadan ularni o`chirish, ma‟luotlar bazasi bo`yicha shakl (forma) va hisobot (otchet) tayyorlash mumkin bo`ladi. Bu dasturning yangi versiyalari va ularning afzallik jihatlarini quyida keltirib o`tilgan. Relyatsion (lotin tilidagi relatio-munosabat so`zidan olingan) modelda ma‟lumotlarni saklash uni tashkil etuvchi kismlari orasidagi munosabatlarga asoslangan. eng sodda xolda u ikki ulchovli massiv yoki jadvaldan iborat buladi. Murakkab axborot modellari ana shunday jadvallarning o`zaro bog‟langan to`plamidan iborat.
    Ma'lumotlarning relyatsion modeli konsepsiyasi 1970-yilda E. F. Kodd tomonidan taklif qilingan bo'lib, u ma'lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog'liq bo'lmasligini ta'minlash masalasini hal qilish uchun xizmat qiladi
    Ma'lumotlarning relyatsion modeli asosida "munosabat" tushunchasi yotib, u inglizcha "relation" so'zidan olingan. Ba'zi bir qoidalarga amal qilgan holda munosabatlarni ikki o'lchovli jadval ko'rinishida tasvirlash mumkin. Jadval har qanday odamga tushunarli va qulaydir.

    Real dunyo obyektlari haqidagi ma'lumotlarni kompyuter xotirasida saqlash va ular orasidagi aloqalarni modellashtirish uchun munosabatlar (jadval) to'plamidan foydalanish mumkin- ligini E. F. Kodd isbotlab berdi.


    2.3.1. Mohiyatlar klassifikatsiyasi


    Mohiyatlarning uchta asosiy turi aniqlangan:


    sterjenli; assotsiativ;


    tavsifiy.


    Shuningdek, assotsiativ mohiyatning qism sinfi bo'lgan belgilash ham mavjud. Sterjenli mohiyat (Sterjen) bu mustaqil mohiyat (to'liq


    ta'rifi quyida ko'rsatilgan).


    Assotsiativ mohiyat (Assotsiatsiya) bu "ko'pga-ko'p" ("birga-ko'p" va hokazo) ko'rinishidagi bog'lanishlar, ya'ni ikki yoki undan ortiq mohiyatlar yoki mohiyatlar nusxasi orasidagi bog'lanishlardir. Assotsiatsiyalar to'laqonli mohiyatlar sifatida ko'rib chiqiladi:

    ✓ ular boshqa assotsiatsiyalarda ham qatnashishi mumkin va sterjenli mohiyat kabi belgilanishlarda ham qatnasha oladi;


    ✓ ular o'z xususiyatlariga ega bo'lishi mumkin, ya'ni ular nafaqat aloqani ko'rsatishda kerak bo'ladigan kalit atributla- riga ega bo'lib qolmasdan, balki aloqani tavsiflovchi istal- gancha boshqa atributlar soniga ega bo'lishi mumkin. Masalan, "Nikoh" quyidagi kalit atributlarni o'z ichiga ola- di: "Kod E", "Kod A" va "Erkak tabel raqami", "Ayol tabel raqami", shuningdek aniqlovchi atributlar - "Guvohlik raqami" "Qaydnoma muddati", "Qaydnoma manzili", "Nikoh uyi kitobidagi qaydnoma raqami" va hokazo.


    Tavsifiy mohiyat (Xarakteristika) bu ikki mohiyat orasidagi "ko'pga-bir" yoki "birga-bir" bog'lanish turi (Assosatsiyaning xususiy holi). Tavsifnomaning yagona maqsadi ba'zi boshqa mohiyatni tasvirlash yoki aniqlashdan iborat. Ularga zarurat tug'ilishining sababi haqiqiy dunyodagi mohiyat ba'zan ko'p ma'noli xususiyatga ega. Erkak bir necha ayolga, kitob bir necha qayta tahrir tavsifiga (to'g'rilangan, to'ldirilg 'ldirilgan, qayta ishlangan)


    ega bo'lishi mumkin va hokazo.


    Tavsifnoma mohiyati butunlay tavsiflanayotgan mohiyatga bog'liqdir: agar eri olamdan o'tsa ayollar xotinlik mavqeyini yo'qotadi. Tavsifnomani yozish uchun IMT umumiy hollarda quyidagi


    ko'rinishga ega bo'lgan yangi gapdan foydalanadi: Tavsifnoma (atribut 1, atribut 2....) (Tavsiflanayotgan mohiyatlar ro'yxati).
    ER-diagramma tilida tavsifnoma trapetsiya shaklida ko'rsa-
    tiladi:
    Belgilab olinadigan mohiyat yoki belgilash bu ikki mohi- yat orasidagi "ko'pga-bir" yoki "birga-bir" bog'lanish turidir va u tavsifnomadan belgilangan mohiyatga bog'lik emasliligi bilan farq qiladi.
    Xodimlarni turli tashkilotlar bo'limiga qabul qilish bilan bo'g'liq misolni ko'rib chiqamiz. Agar qat'iy qoidalar bo'lmaganda xodim bir vaqtda bir nechta bo'limda qayd qilinishi yoki hech qaysi bo'limda qayd qilinmasligi mumkin edi.

    Hisobga olish:


    Bo'limlar (bo'lim raqami, boʻlim nomi,...)


    Xizmatchilar (tabel raqami, familiyasi,......)


    Qaydnoma [Bo'limlarM, XizmatchilarN] (bo'lim raqami, boʻlim nomi, tabel raqami, qaydnoma muddati).


    Shunga qaramasdan, agar har bir xodim biror bir bo'limga kiritilishi shart bo'lsa, ta'rifni xodimlar belgisi bilan yaratish mumkin:
    Bo'limlar (bo'lim raqami, boʻlim nomi,...);
    Xizmatchilar (tabel raqami, familiyasi, boʻlim raqami, qayd- noma muddati) [bo'limlar].
    Ushbu misolda xodimlar mustaqil mavjuddir (agar bo'lim yo'q qilinsa, bu shu bo'limdagi xodimlar ham yo'qotilishi kerak degani emas). Shuning uchun ular bo'lim tavsifnomalari boʻlishi va belgilash deb atalishi mumkin emas.
    Belgilar takrorlanuvchi qiymatli, katta hajmdagi matnli atributlarni saqlash uchun foydalaniladi: talabalar o'rganayotgan fanlar, "kodifikatorlar", tashkilotlar nomi va ularning bo'limlari, mahsulotlar ro'yxati va hokazo.

    Ko'rinishidan belgilash ta'rifi tavsif ta'rifidan faqat qavslari bilan farq qiladi, belgilangan mohiyatlar katta qavsda emas, balki


    kvadrat qavslarda yoziladi: BELGILASH(atribut 1, atribut2,...) [BELGILANGAN MOHIYATLAR RO'YXATI].
    ER-diagrammalar tilida belgilash paralellopiped bilan ko'rsatiladi:
    Belgilashlar va tavsifnomalar butunlay mustaqil mohiatlar emas, chunki ular "belgilanadigan" va "tavsiflanadigan" boshqa mohiyat borligini taxmin qiladi. Shunga qaramasdan ular baribir mohiyatlar xususiy holatini koʻrsatadi va albatta xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin. Ular assotsiatsiyalar va belgilarda qat- nashishi mumkin hamda o'zlarining (ancha past darajadagi)
    xususiy tavsifnomalariga ega bo'lishi mumkin. Tavsifno- malarning barcha nusxalari tavsiflanayotgan mohiyatning biror- bir nusxasi bilan albatta bog'lanishi kerak.

    Endi sterjenli mohiyatni na assotsiatsiya, na belgi, na tavsifnoma bo'lmagan mohiyat sifatida qayta ko'rib chiqamiz. Bunday mohiyatlar boshqa mohiyatlarni bildirsa ham, ular mustaqil ravishda mavjud.


    Kalit - bu talab etilayotgan mohiyat nusxasini topishda yor- dam beradigan atributlarning minimal to'plami. Minimal deyi- lishining sababi shundaki, agar to'plamdagi istalgan biror-bir atribut yo'qotilsa, qolgan atributlar yordamida mohiyatni iden- tifikatsiyalash mumkin emas. Har bir mohiyat hech bo'lmagan- da bitta kalitni tasvirlaydi. Ulardan biri birinchi kalitni qabul qiladi. Birinchi kalitni tanlashda faqat minimal sonli atributlar- dan tashkil topgan maydon nazarda tutuladi. Bundan tashqari kalitni ishlatishda uzun matnli va qiymatli maydonni olish tavsiya etilmaydi (butun sonli atributlarni ishlatish foydaliroq- dir). Talabalar identifikatsiyasi uchun unikal (qaytarilmaydigan, yagona ma'nosida) nomer boʻlgan imtihon daftarchasi nomerini yoki familiyasini, guruh nomerini va boshqa qo'shimcha atribut- larni ishlatish mumkin. Lekin bunday hollarda ikkita bitta familiyali talaba chiqib qolishi ham mumkin.

    Birinchi kalit sterjenli mohiyat bo'lishligi ruxsat etilmaydi (birinchi kalitda qatnashuvchi har qanday atribut). Aks holda qarama-qarshi holat yuz beradi. Shu sabab unikal birinchi kalit- ni tashkil qilish va ta'minlash kerak.


    Agar C mohiyati ikkita A va B mohiyatni bog'lasa, u holda A va B mohiyatlar birinchi kalitga mos tashqi kalitni tashkil


    etishi kerak. Agar B mohiyat ikkinchi A mohiyatni belgilasa, u holda A


    mohiyat birinchi kalitga mos tashqi kalitni tashkil etishi kerak.


    Har qanday o'zaro bog'lanishlarda bo'lgan mohiyatlarni bel- gilash uchun (sterjenli, xarakteristik, belgilash, assotsiatsiya kabi) yangi birlashtirilgan termin: "Maqsad" yoki "Maqsadli mohi- yat" ishlatiladi.


    Mustaqil ish


    Trikotaj kiyimlar savdosi malumotlar bazasini yaratish.


    Erkaklar kiyimi bazasi uchun struktura:



    INSERT INTO erkaklar_kiyimi


    (T_r,Nomi,Razmeri,Brendi,Davlati,Narxi)
    VALUES
    ("1","Shim","32","Polo","AQSH","380000"),(2,"Ko’ylak","40","Adidas",”Xitoy","180000"),(3,"Galstuk","XXL","Cobono","Uzbeksitan","50000"),(4,"Kostyum","42","Istanbul","Turkiya","700000"),(5,"Futbolka","44",”Loro Piano","AQSH","150000")
    Natija:

    Davlati AQSH ga tegishli tegishli kiyimlarni chiqarish kodi:


    SELECT *
    FROM erkaklar_kiyimi


    WHERE Davlati = “AQSH”



    Narxi 200000 so’mdan qimmat tovarlarni chiqarish kodi:





    Download 1,78 Mb.
      1   2




    Download 1,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filliali

    Download 1,78 Mb.