Hodisalarga javob berish – sun’iy intellektga asoslangan tizimlar xavfsizlikka oid ogohlantirishlarga ustuvor ahamiyat berish va ularga javob berish, hodisalarga tezkor javob berish va zaifliklarni yumshatish va oldini olish uchun yaxshilangan konteksni taqdim etishi mumkin.
Sun’iy intellektning dastlabki tarafdorlari
Google: Gmail 18 yil oldin ishga tushirilgandan beri elektron pochta xabarlarini filtrlash uchun mashinani o’rganish usullaridan foydalanmoqda. Bugungi kunda mashinani o’rganish deyarli barcha xizmatlarida, ayniqsa deep learning’da qo’llaniladi, bu algoritmlarga o’rganish va evolyutsiya jarayonida yanada mustaqil bo’lish va o’zini o’zi boshqarish imkonini beradi.
“Ilgari biz shunday dunyoda yashar edik, u yerda sizda qancha ko’p ma’lumot bo’lsa, shuncha ko’p muammolarga duch kelar edinggiz. Endi esa deep learning bilan, ma’lumotlar qanchalik ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi bo’ladi.” deydi Googlening suiiste’mol qilish bo’yicha tadqiqot guruhi rahbari Eli Bershteyn.
IBM / Watson: IBM jamoasi “bilimlarni mustahkamlash” vazifalari va mashinani o’rganishga asoslangan tahdidlarni aniqlash uchun o’zining Watson kognitiv o’rganish platformasidan tobora ko’proq foydalanmoqda.
“Bugungi kunda xavfsizlikni boshqarish markazida amalga oshirilayotgan ishlarning aksariyati odatiy yoki takrorlanadigan ishdir, shuning uchun agar biz uning bir qismini mashinani o’rganish bilan avtomatlashtira olsak nima bo’ladi?”– deydi Koos Lodeveyks, IBM Security kompaniyasining xavfsizlik operatsiyalari va ularga javob berish bo’yicha vitse-prezidenti va texnik direktori.
Juniper Networks: tarmoq hamjamiyati zamonaviy tarmoqlarning barqaror bo’lmagan iqtisodiyot muammolarini hal qilish uchun ilg’or g’oyalarni xohlaydi. Juniper ushbu muammoning yechimini ishlab chiqarishga tayyor, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq o’zini o’zi boshqarish tarmog’i Self-Driving Network sifatida ko’radi.
“Dunyo avtonom tarmoqlarga tayyor. Sun’iy intellekt, mashinani o’rganish va maqsadga asoslangan tarmoqlardagi yutuqlar bizni avtomatlashtirish avtonomiyaga yo’l ochadigan ostonaga olib keldi.” Kevin Xatchins, strategiya va mahsulotlarni boshqarish bo’yicha katta vitse-prezident.
Balbix Breach Control platformasi (hozirda Balbix Security Cloud deb nomlanadi) Real vaqt rejimida xavflarni doimiy ravishda bashorat qilish, xavfga asoslangan zaifliklarni boshqarish va buzilishlarni oldindan nazorat qilish uchun sun’iy intellektga asoslangan kuzatuvlar va tahlillardan foydalanadi. Platforma kiberxavfsizlik guruhlarini ishonchli xavfsizlik tizimini saqlab qolish uchun bajarishi kerak bo’lgan ko’plab vazifalarni bajarishda samaraliroq qilishga yordam beradi.
Xulosa
So’nggi yillarda sun’iy intellekt axborot xavfsizligi bo’yicha mutaxassislarning sa’y-harakatlarini kuchaytirish uchun zarur texnologiyaga aylandi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan, sun’iy intellekt xavflarni aniqlashi va birinchi o’ringa qo’yishi, tarmoqdagi har qanday zararli dasturni darhol aniqlashi, hodisalarga javob berishi va bosqinlarni boshlanishidan oldin aniqlashi mumkin.
|