Hisobni egallab olishdan himoya qilish – foydalanuvchilarning hisoblarini zararli maqsadlarda egallab olishga urinishlarni aniqlash va ulardan himoya qilish uchun maqsadli aniqlash jarayonidan foydalanadi.
RASP – ilovalaringizni ma’lum va nol kunlik hujumlardan himoya qiladi. Imzo yoki o’rganish rejimisiz tez va aniq himoya.
Hujumlar tahlili – barcha mudofaa qatlamlari bo’ylab amaliy razvedka yordamida samarali va aniq xavfsizlik tahdidlarini yumshatish hamda ularga javob berishdir.
Bugungi texnologik jihatdan rivojlangan davrda Kiberxavfsizlikni tahlil qilish va takomillashtirish endi faqatgina insonlar tomonidan amalga oshirilmaydi. Ushbu misli ko’rilmagan muammoga javoban, sun’iy intellektga (AI) asoslangan kiberxavfsizlik vositalari paydo bo’ldi, ular axborot xavfsizligi guruhlariga xakerlik xavfini kamaytirishga va xavfsizlik darajasini yuqori darajada oshirishga yordam beradi.
Sun’iy intellekt va mashinalarni o’rganish (Machine Learning) axborot xavfsizligi sohasidagi eng muhim texnologiyalarga aylandi, chunki ular millionlab hodisalarni tezda tahlil qilish va turli xil tahdidlarni aniqlash qobiliyatiga ega. Zero-day (nol kunlik) zaifliklardan foydalanadigan zararli dasturlardan tortib, fishing hujumiga yoki zararli kodni yuklashga olib kelishi mumkin bo’lgan xavfli xatti-harakatlarni aniqlashga qodir. Ushbu texnologiyalar o’tmishdagi tajribalarga asoslanib, endilikda hujumlarning yangi turlarini aniqlash uchun vaqt o’tishi bilan takomillashib bormoqda.
Sun’iy intellekt va ma’lumotlarni tahlil qilish
Afsuski, hozirgi vaqtda sun’iy intellekt juda mashhur, ammo ko’pincha noto’g’ri ishlatiladigan zamonaviy so’zdir. Hozirda ko’plab kompaniyalar sun’iy intellekt tomoniga o’tish yo’llarini qidirmoqdalar. Ammo bugungi kunda sun’iy intellekt bo’yicha ko’plab takliflar aslida sun’iy intellekt testi talablariga javob bermaydi. Ular ma’lumotlarni tahlil qiladigan va ma’lum natijalarni aniqlashga imkon beradigan texnologiyalardan foydalanishsa-da, bu AI emas. Sof AI vazifalarni avtomatlashtirish uchun kognitiv qobiliyatlarni ko’paytirishdan iborat.
Sun’iy intellekt tizimlari iterativ va dinamikdir. Ular ko’proq ma’lumotlarni tahlil qilish davomida aqlli bo’lib, tajribadan “o’rganadilar” va borgan sari qobiliyatli va avtonom bo’lib boradilar.
Boshqa tomondan, ma’lumotlarni tahlil qilish (DA) – bu ixtisoslashgan tizimlar va dasturiy ta’minot yordamida ulardagi ma’lumotlar to’g’risida xulosa chiqarish uchun katta ma’lumotlar to’plamlarini o’rganadigan statik jarayon hisoblanadi.
|