|
Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning yasalishi
|
bet | 1/12 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 249,32 Kb. | | #105262 |
Bog'liq 5-6-7-8 Terminlarning ifoda plani so‘zga (hujayra, to‘qima) yoki turg‘un birikmaga (o‘q ildiz, popuk ildiz) teng bo‘ladi. A.A.Potebnya “keyingi ma’no” deb atagan va “u tilshunoslikning o‘rganish obyektiga kirmaydi, uni boshqa fanlar o‘rganadi” deb ko‘rsatilgan terminologik leksika uzoq davrlargacha alohida nominativ birlik, atama sifatida tilshunoslikda tadqiq qilinmadi. Tilshunoslik fani rivojlanib, o‘z tadqiqot doirasini kengaytirgan sayin terminlarni o‘rganish uning eng muhim va tarkibiy qismlaridan biriga aylandi. Hozirgi paytda atamashunoslik bir qancha tadqiqot yo‘nalishlariga bo‘linadi: 1. Nazariy terminologiya – maxsus leksika (termin)larning rivojlanish vaqo‘llanish qonuniyatlarini o‘rganadi. 2. Amaliy terminologiya – terminlarning amaliy prinsiplari, terminlar va terminologiyaning kamchiliklarini yo‘qotish bo‘yicha tavsiyalar, ularning qo‘llanilishi, yaratilishi va tarjimasiga doir vositalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. 3. Umumiy terminologiya – maxsus leksika (termin)larning umumiy xossalari, muammolarini o‘rganadi. 4. Xususiy terminologiya – ma’lum bir tilning aynan bir sohasiga mansub bo‘lgan terminlarni o‘rganadi. 5. Tipologik terminologiya – alohida terminologiyalarni qiyoslab o‘rganib, umumiy va alohida terminologiyaning xossalarini belgilaydilar. 6. Chog‘ishtirma terminologiya – turli tillardagi umumiy va maxsus terminologiyani chog‘ishtirib o‘rganadi va xossalarini keltirib chiqaradi. 7. Semasiologik terminologiya – maxsus leksemalarning semantika bilan bog‘liq muammolarini, semantik birliklarning o‘zgarishi, polisemiya, sinonimiya, antonimiya, giponimiya kabilarni tadqiq qiladi. 8. Onomastik terminologiya – nomlashning maxsus leksemalarini, ularningnomlanish jarayoni, nomlashning optimal shaklini tanlashni tadqiq etadi. 9. Tarixiy terminologiya – terminologiya tarixini o‘rganib, terminlarning kelib chiqishi, shakllanish jarayonini tahlil etadi. Shu orqali terminlar tartibga solinadi. Shu yo‘nalishning natijalariga asoslangan holda tilshunoslikda yangi mustaqil fan – antropolingvistika ajralib chiqdi.
|
| |