|
Rus tili orqali o‘tgan terminlar
|
bet | 4/12 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 249,32 Kb. | | #105262 |
Bog'liq 5-6-7-82. Rus tili orqali o‘tgan terminlar. Yuqorida aytilgan xulosalar ilmiy terming quyidagi tarifni keltiramiz: ilmiy termin bu – o‘zining ma’no (semantik) tuzilishida terminlashtirilayotgan obyektning boshqalarbilan o‘zaro aloqasini yetarli aniqlik bilan aks ettirgan holda amaldagi terminologiya tizimida ma’lum ilmiy darajada tasniflovchi so‘z, turg’un so‘z birikma yoki qisqartmadir. O'ZBEK TILINING IMLO QOIDALARI VA SOHA EGALARINING SAVODXONLIGI Reja: 1. O'zbek tilining yangi imlo qoidalari 2. Unlilar imlosi 3. Asos va qo'shimchalar imlosi 3. Qo'shib yozish va ajratib yozish 4. Ajratib yozish 5. Bosh harflar imlosi 6. Chiziqcha bilan yozish va ko'chirish qoidalari Yozuv har bir xalqning ma'naviy boyligi, yuksak ma-daniyatga erishganligining o'ziga xos ko'rinishi sanaladi. So'zlarning yozilishidagi barqarorlik, qat'iylik millatni yakdiilikka, ma'naviy jipslikka yetaklaydi. Shu ma'noda har bir xalq o'z tilining imlo qoidalarini ishlab chiqadi, uni amali-yotga tatbiq etadi. Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarimiz 1956-yilda tasdiqlangan edi. Davr o'tishi bilan u eskirdi, amaliy ehti-yojlarimizga javob bermay qoldi. Shu bois, 80-yillarning boshlaridayoq uni yangilashga urinishlar boshlandi. O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, mustaqil-likning qo'lga kiritilishi yangi imlo qoidalarini ishlab chi-qish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Lotin yozuviga asoslangan yangi alifboning joriy etilishi esa bu jarayonni yanada tezlashtirib yubordi. Shu maqsadda O'zbekiston Respub-likasi Vazirlar Mahkamasi 1995-yilning 24-avgustida 339-sonli «0'zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash ha-qida» qaror qabul qildi. U 82 banddan iborat bo'lib, quyi-dagi bo'limlarni o'z ichiga oladi. 1. Harflar imlosi: - unlilar imlosi (1—7-bandlar);
- undoshlar imlosi (8—32-bandlar).
- Asos va qo'shimchalar imlosi (33—37-bandlar).
- Qo'shib yozish (38-50-bandlar).
- Chiziqcha bilan yozish (51—56-bandlar).
- Ajratib yozish (57—56-bandlar).
- Bosh harflar imlosi (66—74-bandlar).
- Ko'chirish qoidalari (75—82-bandlar).
|
| |