• 1. Terminlarning semantik yo‘l hisobiga boyishi.
  • Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning yasalishi




    Download 249,32 Kb.
    bet3/12
    Sana25.11.2023
    Hajmi249,32 Kb.
    #105262
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    5-6-7-8

    Terminlar yasashning bu usuli boshqalardan shunisi bilan farq qiladiki, boshqa hollarda yangi tushunchani ifodlash uchun m qaytadan yangi shakl (ya’ni elimentlari yangicha birlashtirilgan so‘z ) yaratilsa, bu yerda yangi mazmun ma’no eski shakliga (ya’ni oldin mavjud bo‘lgan tayyor so‘z olinadi) joylashtiriladi. Ma’noni o‘zgartirish yo‘li bilan termin yasashning o‘ziga xos tomoni shundaki, terminlashtirilayotgan obyekt (ya’ni nom berish kerak bo‘lgan perdmet yoki hodisa) xar doim nomi termin sifatida qo‘llanilayotgan perdmet yoki hodisa bilan qandaydir umumiylikka ega bo‘ladi. Bu umumiylik ularning tashqi ko‘rinishi yoki bajaradigan vazifasi o‘rtasidagi o‘hshashlik va shu kabilarda nomoyon bo‘lishi mumkin. Mavjud predmetning nomini yangisiga faqatgina bu perdmetlar tug‘risidagi tushunchalar aniq, ularni o‘zaro bog‘laydigan umumiy jihatga ega bo‘lgan holatdagina ko‘chirish mumkin xolos, aks holda buni amalga oshirib bo‘lmaydi.

    Professor U.Tursunov asarlarida o‘zbek tili terminologik tizimining ichki va tashqi manbalar hisobiga rivojlanishi haqida ma’lumot beradi. Har bir tilda bo‘lganidek, o‘zbek tilida ham u yoki bu tushunchani ifodalash uchun bir qancha usullardan foydalanadilar. Ular quyidagilardan iborat:

    1. Terminlarning semantik yo‘l hisobiga boyishi.

    2. Terminlarning morfologik usul bilan yasalishi.

    3. Terminlarning sintaktik yo‘l bilan yasalishi. Qator terminologik sistemalarda semantik yo‘l bilan termin yasashdan unumli foydalanib keladilar.

    1. Arab va fors-tojik so‘zlari. Arab va fors-tojik tillariga mansub bo‘lgan so‘zlar yordamida termin yasash ko‘proq davlatni boshqarish, ta’lim-tarbiya va fan, madaniy qurilish sohalariga oid bo‘lib, ular XX asrning boshlaridan uning 90- yillarigacha yaratilgan, ularning umumiy miqdori, deyarli, bir nuqtada saqlandi. XX asrning 90-yillaridan so‘ng islomiy leksikaning hajmi ko‘paydi. Chunonchi nur, hujayra, davlat, huquq, moliya mudofaa, sanoat, ittifoq, millat, ma’rifat, maorif, doira, markaz, nisbat, isbot, san`at kabilar arab tilidan; barg, dastgoh, ohang, rang, poydevor kabilar fors-tojik tilidan kirgan so‘zlardan hosil bo‘lgan terminlar sanaladi.


    Download 249,32 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 249,32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning yasalishi

    Download 249,32 Kb.