|
«O`ZBEK TILINING MA’NODOSH SO`ZLAR O`QUV LUG`ATI»
|
bet | 9/12 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 249,32 Kb. | | #105262 |
Bog'liq 5-6-7-8«O`ZBEK TILINING MA’NODOSH SO`ZLAR O`QUV LUG`ATI» «O`zbek tilining ma’nodosh so`zlar o`quv lug`ati» – maktab o`quvchilari uchun mo`ljallangan. Lug`at O.Shukurov va B.Boymatovalar tomonidan tuzilib, 2007-yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, unda sinonimik qatordagi bosh so`z hamda o`zlashma so`zlar aniqlangan. Lug`atda bosh so`z qoraytirib berilgan, lekin ular sinonimik qatorning turli o`rinlaridan joy olgan. «O`ZBEK TILINING ORFOEPIK LUG`ATI» O`zbek tilshunosligida hozirga qadar M.Sodiqova, U.Usmonovalarning «O`zbek tilining orfoepik lug`ati» 1977- yilda va O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti tomonidan «O`zbek adabiy talaffuz lug`ati» 1984- yilda nashr qilingan. Birinchi lug`atda o`zbek tilida faol qo`llanadigan 8000 ga yaqin so`z, ikkinchisida esa 20 000 dan ortiq so`z va so`z shaklining adabiy-me’yoriy talaffuzi belgilab berilgan, ba’zi so`z va grammatik shaklning talaffuzidagi noto`g`ri ko`rinishi inkor qilinib, uning to`g`ri aytilishi ko`rsatilgan. «O`ZBEK TILINING SO`ZLAR DARAJALANISHI O`QUV LUG`ATI» «O`zbek tilining so`zlar darajalanishi o`quv lug`ati» – maktab o`quvchilari uchun mo`ljallangan. Lug`at Sh.Bobojonov va I.Islomov tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, so`zning darajalanish qatori tuzilib, ma’nolari izohlangan. Misol: Jamol-chehra-yuz-bet-aft-turq-bashara (ijobiy bo`yoqning kamayib, salbiy bo`yoqning ortib borishiga ko`ra). Darcha-eshik-darvoza (atalmish hajmining oshib borishiga ko`ra). «O`ZBEK TILINING ZID MA’NOLI SO`ZLAR O`QUV IZOHLI LUG`ATI» «O`zbek tilining zid ma’noli so`zlar o`quv izohli lug`ati» maktab o`quvchilari uchun mo`ljallangan. Lug`at U.To`rayeva va D.Shodmonova tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, 1300 ga yaqin antonimik juftlikni qamrab oladi. Tuzuvchilar zid ma’noli so`zlarni strukturasiga ko`ra quyidagicha tasniflashgan:
|
| |