• 2) termin-konkret narsa-predmet, ashyo hamda mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir;
  • Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning yasalishi




    Download 249,32 Kb.
    bet2/12
    Sana25.11.2023
    Hajmi249,32 Kb.
    #105262
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    5-6-7-8

    10. Funksional terminologiya – zamonaviy terminlarning turli matnlardagi, professional muloqot holatlarida, mutaxassislarni tayyorlashdagi vazifalari, shu bilan birga nutqda va kompyuter tizimida terminlardan foydalanish xossalarini o‘rganadi.

    “Termin” umum iste’moldagi so‘zdan quyidagi belgilarga ko‘ra farqlanadi:

    1) termin-umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lmish ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir;

    2) termin-konkret narsa-predmet, ashyo hamda mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir;

    3) termin uchun muayyan ta’rif zaruriydirki, uning yordamida tegishli tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, farqlovchi belgilarini ravshanroq ko‘rsatish mumkin. O‘zbek tili lug‘aviy tarkibining asosini tashkil etuvchi asli o‘zbekcha, forstojikcha, arabcha leksemalardan iborat iqtisodiy terminlar sinonimiyasini darslik va qo‘llanmalarda, lug‘atlarda va boshqa manbalarda bot-bot uchratib turish mumkin. Masalan: bitim-shartnoma boshqarma-mahkama daromad-kirim foydaxo‘r-chayqovchi mezon-o‘lchov-belgi nazoratchi-tekshiruvchi pul-aqcha qarzdor-nasiyador xarajat-chiqim xaridor-buyurtmachi xaridor-mijoz ustama-qo‘shimcha uyushma-birlashma sarmoya-mablag sarf-xarajat-chiqim chorakor-koranda.

    Leksema yasash sohasida tilning ichki rivojlanish qonunlari yaqqol ko‘rinasi. Uning rivojlanishi va takomillashuvi bilan bog’liq holda yangidan vujudga kelayotgan modellar hamda so‘z yasash usullari buningisbotidir. Hozirgi zamon ingliz tilida anashunday usullardan biri – so‘zlarni o‘zaro qo‘shib so‘z yasash turlisha nomlanadi. Ba’zi adabiyotlarda “morfologik – sintaktik usul bilan so‘z yasash”, “Grammatik uslub bilan so‘z yasash” deb berilsa, ayrimlarida “leksik – sintaktik uslub bilan so‘z yasash” atamasi qo‘llaniladi. O‘zbek tilshunosligida aynan shu usul bilan yangi termin hosil qilishni “sintaktik usul bilan termin yasash” deb yuritiladi. Oddiy so‘zlar ma’nosini o‘zgartirish yo‘li bilan yangi termin yasash ko‘pgina tillarda xalqaro sohalarda lug‘at boyligini oshirishga imkon beradi. Xalqaro terminlarning kattagina miqdori umumadabiy til so‘zlarining, ijtimoiy va iqtisodiy tarmoqlardan olingan terminlarning ma’nolarini o‘zgartirish yo‘li bilan boyitilgan.


    Download 249,32 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 249,32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning yasalishi

    Download 249,32 Kb.