|
Laboratoriya ishini bajarish uchun vazifalar
|
bet | 15/43 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 2,17 Mb. | | #106190 |
Bog'liq lab (2)Laboratoriya ishini bajarish uchun vazifalar
1. Bir polosali modulyatorni tadqiq qilish.
2. Balans modulyatorni tadqiq qilish.
Uslubiy ko'rsatmalar
1. Bir polosali modulyatorni tadqiq etish. Bir polosali modulyatorni tadqiq etish uchun qo'yidagilarni bajarish kerak.
1.1. Dasturni kompyuter xotirasiga kiriting. Ossillograf kuchaytirgichi yordamida signal amplitudasini 1-katak 1V va signalni yoyish masshtabini 1-katak 0,05 ms qilib o'rnating. Ossillograf 1-kanal kirishini 3-nazorat nuqtasiga ulang.
1.2. Laboratoriya maketining boshqarish blokidagi "Иследование однополосной модуляции" knopkasini bosing.
1.3. ГВЧ (yuqori chastota generatori) chiqishidagi signal amplitudasini Uf=1В va chastotasini f=10 kGs qilib o'rnating. ГНЧ (past chastota generatori) chiqishidagi signal amplitudasini UF=1В va chastotasini F=1кГц qilib o'rnating.
1.4. Laboratoriya maketi boshqaruv blokidagi faza surgichlar yordamida 1 =900 va 2= 900 ni o'rnating. Ostsillograf ekranidagi bir polosali modulyatsiyalangan (BPM) signal vaqt diagrammasini kuzating va chizib oling.
1.5. Tashuvchi signal amplitudasini 1V ga teng holda saqlab, modulyator chiqishidagi BPM signal amplitudasining modulyatsiyalovchi past chastotali signal amplitudasi UF ni har 0,2 В oraliqda 0V dan 1,0 V gacha o'zgartiring va chiqishdagi BPM signal amplitudasi qiymatlarini mos ravishda jadval shaklida yozib boring.
5.1. jadval
uf, b
|
0
|
0,2
|
0,4
|
…….
|
1
|
Uвых,B
|
|
|
|
|
|
O’lchash natijasida olingan qiymatlar asosida Uвых=f(UF) grafigini chizing.
1.6. Past chastotali modulyatsiyalovchi signal Uf amplitudasi UF=const holat uchun BPM chiqishidagi signal amplitudasi Uвых ning, modulyator kirishidagi yuqori chastotali tashuvchi signal amplitudasi Uf ga bog'liqligini tadqiq qilish uchun quyidagilarni bajaring. O'rganilayotgan ish maketi ГВЧ1044 chiqishidagi signal amplitudasini 1V va chastotasini F=1кГц qilib o'rnating. Yuqori chastotali generator (ГНЧ) chiqishidagi signal chastotasini f=10 kGs holda saqlab, uning amplitudasini 0V dan 1,0V gacha, har 0,2V oralig'ida o'zgartirib boring. Ossillograf yordamida chiqish signali amplitudasini o'lchab boring va 5.2.jadvalni to'ldiring.
5.2. jadval
|
| |