6-LABORATORNAYA ISHI
DISKRET MODULYATSIYALANGAN SIGNALLARNI
TADQIQ ETISH
Ishdan maqsad: Amplitudasi chastotasi va fazasi diskret signal bilan modulyatsiya (manipulyatsiya) langanАМп, ЧМп, ФМп va ФНМп (fazasi nisbatan manipulyatsiya) langan signallar vaqt va spektr diagrammalarini tadqiq etish.
Uslubiy ko‘rsatmalar
1.1. Kompyuter xotirasiga dasturni kiriting. Ossillograf kanal kuchaytirgichi yordamida har ikki kanal uchun 1 katak 1V va signal yoyilishini 1 katak 0,25 ms qilib o‘rnating.
1.2. «Выбор кода» darchasida: 1-3 ish joyidagilar 1-kodni; 4-6 ish joylarida 1-kod; 7-9 ish joylarida 3-kod va 10-13 ish joylarida 4-kodlarni o‘rnating. Ossillograf ekranidan kodlar vaqt diagrammalarini chizib oling.
1.3. "Выбор вида модуляции" darshasida «амплитудная»ni o‘rnating va ossillograf ekranidagi tasvirni chizib oling.
1.4. ЧMп, ФMп va ФНMп signallar vaqt diagrammalarini chizib olish uchun 3-bandni, darchalarda "частотная", "фазовая" va «относительно фазовая» holatlar uchun qaytaring.
1.5. 1-kodni tanlang va «показать спектр сигнала» yozuvi yonidagi «ДА» tugmasini bosing. «Выбор вида сигнала» darchasida «код №1» ni tanlang va ekrandagi signal spektr diagrammalarini chizib oling.
1.6. AMп, ЧМп, ФMп va НФMп signallar uchun 5-bandni navbati bilan qaytaring va ossillograf ekranidagi signal spektri diagrammalarini chizib oling.
1.7. Chastotalar tartib raqamini 1 dan 20 gacha o‘zgartirib, signal chastotasini Gerslarda va amplitudasini Voltlarda o‘rnatib 6.1. jadvalni to‘ldiring.
6.1 jadval
Modulasiya turlari
|
1-kod
|
1-kod uchun АМп
|
1-kod uchun ЧМп
|
1-kod uchun ФМп
|
1-kod uchun ОФМп
|
Chastota tartib raqami
|
Chastota
|
Amplituda
|
Chastota
|
Amplituda
|
Chastota
|
Amplituda
|
Chastota
|
Amplituda
|
Chastota
|
Amplituda
|
1
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
.
.
.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
19
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
20
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Hisobot tarkibi
1. 1-bandni bajarish natijasida olingan ossillogrammalar.
2. 3, 4 bandni bajarish natijasida olingan AMп, ЧМп, ФMп va НФMп signallar vaqt diagrammalari.
3. 1-kod uchun olingan AMп, ЧМп, ФMп va НФMп signallar spektrogrammalari.
4. 6.1- jadval.
5. AMп, ЧМп, ФMп va НФMп signallar vaqt va spektral diagrammalarini solishtirish natijasida qilingan hulosalar.
Nazorat savollari
1. Furye qatorini trigonometrik va kompleks ko‘rinishida yozing.
2. Furye to‘g‘ri va teskari o‘zgartirishini umumiy ko‘rinishda yozing.
3. Yakka to‘g‘ri burchakli impuls spektrini chizing.
4. Yakka to‘g‘ri burchakli impuls spektriga impuls davomiyligi qanday ta'sir etadi?
5. To‘g‘ri burchakli davriy impulslar ketma-ketligi spektral diagrammasi chizing.
6. To‘g‘ri burchakli davriy impulslar ketma-ketligida impulslar takrorlanish chastotasini o‘zgartirmasdan, ularning davomiyligi 2, 3. 4 marotaba kichiklashtirilganda uning spektri qanday o‘zgaradi?
7. To‘g‘ri burchakli davriy impulslar ketma-ketligidagi impulslar davomiyligini o‘zgartirmasdan uning takrorlanish chastotasini 2, 3, va 4 marotaba oshirganda uning spektri qanday o‘zgaradi?
8. Garmonik shakldagi tashuvchi signal to‘g‘ri burchakli modulyatsiyalovchi signal bilan modulyatsiya (manipulyatsiya) langandagi holat uchun uning spektral va vaqt diagrammasini chizing. Bunda impuls davriyligi takrorlanish davrining yarmiga teng, ya'ni T/ti q2 ga teng qilib oling. T/ti qQ-(to‘ldirilganlik) koeffitsiyenti deb ataladi.
9. Garmonik shakldagi tashuvchi signal to‘g‘ri burchakli impulslar bilan modulyatsiya (manipulyatsiya) langan holat uchun uning vaqt va spektral diagrammalarini chizing. Bunda T/tiq2 qilib oling.
10. Garmonik shakldagi tashuvchi signal to‘g‘ri burchakli impulslar bilan modulyatsiya (manipulyatsiya) langan holat uchun uning vaqt va spektral diagrammalarini chizing. Bunda ham T/ti q2 qilib oling.
11. FNMp va FMp signallar farqini aytib bering.
7-LABORATORIYA ISHI
UZLUKSIZ SIGNALLARNI VAQT BO'YICHA DISKRETLASH
Ishda uzluksiz signallarni tajriba asosida diskretlash va qayta tiklash jarayonlarini o'rganish maqsad qilib olingan.
7.1. Rasm. Laboratoriya qurilmasining tuzilish sxemasi
|