|
Toshkеnt axborot tеxnologiyalari
|
bet | 4/5 | Sana | 24.12.2023 | Hajmi | 1,03 Mb. | | #127882 |
Bog'liq Individual loyiha (2) 3 - Bob bo‘yicha xulosa.
Bu bobda MySQL database muhitida yaratilgan ma’lumotlar bazasini PHP muhitiga ulash ishlarini amalga oshirildi. Loyiha yaratish uchun muhit tanlandi. Bular: PHP va MySQL database muhitlari. Ushbu loyiha ishini bajarish mobaynida MySQL muhitida ishlash bo‘yicha ko‘plab ko‘nikmalar hosil bo‘ldi. Bajarish mobaynida bir qancha muammolar ham kelib chiqdi. Ularni bartaraf etgan holda avtomatlashtirilgan tizim ma’lumotlar bazasi oxiriga yetkazildi. Ushbu muammolardan eng muhimlari bu MySQL muhitini interfeysga bog‘lash vaqtida yuzaga keldi. PHP dasturlash muhitida ishlashdi yanada mustahkam bilimga hosil bo‘ldi.
MySQL muhitida ma’lumotlar bazasini yaratib turli xil o‘zgarishlarni ya’ni bazalarni bir-biriga bog‘lash, obyektlar o’rtasidagi aloqa ya’ni norelatsion
ma’lumotlar bazasini qanday tuzish va bu yaratilgan bazada ishlash ko‘nikmalar paydo bo‘ldi. Kelajakda bu muhitlarda ishlash zarurati yuzaga kelsa, bemalol bu muhitlarda proyektlar olib, ishlash imkoniyati tug‘ildi. MySQL ma’lumotlar
ombori mukammal ekanligini bilib oldim. Kelajakda o‘z loyihalarimda albatta foydalanishim kerak degan xulosaga keldim.
XULOSA.
Bugungi kunga kelib yurtimizda informatsion texnologiyalar va axborot
texnologiyalarini rivojlantirish yo‘lida bir talay ishlar amalga oshirilmoqda. Buni birgina bu sohada ishlab chiqilgan qaror, qonun va farmonlar misolida ham
ko‘rishimiz mumkin. Men bu kurs ishini bajarib ko‘pgina bilimlarni o‘rgandim. Bu dastur ishini bajaradigan dasturlar ko‘p. Lekin bu dastur juda ahamiyatli. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki kurs ishini bajarish davomida bir qator bilimlar
egallandi. Bu kurs ishini bajarish davomida men juda katta bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldim. Bu olgan bilim va ko‘nikmalarim kelajakda o‘z kasbimning ustasi bo‘lishimda yordam berishiga ishonchim komil.
Bugun global kompyuter tarmoqlarining tashkil etilishi natijasida dunyoda axborot uzatish va tarqatish sohasida ro‘y bergan keskin o‘zgarishlar sabab bo‘ldi. Xalqaro tahlilchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, jami korporativ axborotning qariyb 30 foizi ma’lumotlar bazasida yo‘nalishlarga bo‘lingan va bo‘linmagan holda elektron shaklda almashilmoqda hamda saqlanmoqda. Shubhasiz, bunday sharoitda elektron hujjat aylanishi yanada tez rivojlanadi. Bu esa axborot almashish tezligini ancha oshirib, uni saqlash joylariga bo‘lgan ehtiyojni jiddiy ravishda kamaytirish imkonini beradi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki bu loyiha ishi Kasalxona ma’lumotlar bazasini tizimi vaqtdan yutish, qisqa vaqt ichida talabini bajarish va ortiqcha sarf xarajatlarni qisqartirish hamda xodimlar ishlarini yengillashtirishdan iborat. Bu kurs ishini bajarish davomida ko‘pgina bilimlarga ega bo‘ldim va mavjud
bilimlarimni boyitdim. MySQL ma’lumotlar bazasida ishlashni o‘rgandim hamda PHP muhitida ishlash ko‘nikmalarimni yanada takomillashtirdim.
O‘ylaymanki ko‘zlangan maqsadga qaysidir ma’noda erisha oldim. Umuman olganda ushbu loyiha ishi men uchun juda foydali ekanligi, kelajakda o‘z kasbimning yetakchi mutahasisi bo‘lishimga zamin yaratadi degan umiddaman.
|
| |